📚She'rlarim📚
201 subscribers
166 photos
139 videos
2 files
83 links
Osmonlardan baland...
Dengizlardan chuqur...
Orzularim bor...
Kun keladi barchasiga erishaman
In sha Alloh❤️

@nigoraqurboniyozova
Download Telegram
🥀SEN KETASAN🥀

QUTLUGʻ MUROD...

🎤NIGORA NURIDDINOVNA..
Sen duo qilayapsan-u, ammo u qabul boʼlmayapti deb oʼylaysan!
Non olish uchun bir Novvoyning oldiga borasan. (Nonning pishishini) kutib turar ekansan Novvoy bilan suhbatlashib qolasan.
Va sen xush suhbatligingdan novvoyga yoqib qolasan…
Novvoy boshqa mijozlarining istagini berib, ularni tezda-tezda joʼnatadi.
Bu orada sen istaganingni ololmayotganing uchun siqila boshlaysan. Аmmo bilmaysanki Novvoy senga endi pishayotgan, chiroyli nonlardan bermoqchi ekanligini...

-
@nigoraqurboniyozova
🥀KELGIN OTA 🥀

NIGORA NURIDDINOVNA..

🎤NIGORA NURIDDINOVNA..

@nigoraqurboniyozova
Surat

Sensiz menga na hayot butun,
Na shodlikga bosilar chanqoq.
Har boqishda bo'lib men maftun,
Yo'llaringa bo'lyabman mushtoq.

Har nafasda alangli o't bor,
Senla erur baxtiyorligim.
Mendan sovish bilmagin zinhor,
Faqat o'zing mening borligim.

Boqdim yana suratga shaydo,
Shamol misol uchdi bu xayol.
Bo'lsa edi yonimda paydo,
Yetishtirsa bizlarni visol.

MUALLIF
NIGORA NURIDDINOVNA
@nigoraqurboniyozova
PAG'A BULUT

Ko'kdagi pag'a bulut,
Oy ruxsorin yashirma.
Xayollar bo'lsa unut,
Yomg'iringni toshirma.

Quyosh zarrin nuridan,
Bahramand bo'lsin barcha.
Yuzlarida tushirma,
Oppoq bulutdan parcha.

Dalalar senga mushtoq,
Yomg'iring bo'lsin yo'ldosh.
O'nib o'sgan maysalar,
Yerga bo'lsin ko'kaldosh.

Yomg'iringa oshiqman,
Mana menga kelaqol.
Dengizlardan toshiqman,
Sho'r ko'z yoshni yuva qol.

Ko'kdagi pag'a bulut,
Rizqni bergin ziyoda.
Sarg'aygan o'lkalarni,
Aylanib chiq piyoda.

MUALLIF
NIGORA NURIDDINOVNA
@nigoraqurboniyozova
🌿 Bir yomg‘ir tomchisi soatiga 800 km tezlik bilan tushadi. Fizika qonunlariga ko‘ra, tomchi kelib boshimizni yorib, tovonimizdan chiqishi kerak. Lekin har bir yomg‘ir tomchisi sochimizni silaydi go‘yo.

Bu Allohning rahmati bo‘lmay, nima unda?!

Yomg‘ir ostida hamma ehtiyojingizni so‘rab-so‘rab oling! Zero, yomg‘ir yog‘ayotgan payt qilingan duolar mustajobdur...

Kuningiz hayrli oʻtsin, qadrligim ))


@nigoraqurboniyozova 🍀
Asalomu alaykum aziz va mexribon obunachilarim mana bugun kanalimiz ochilganiga bir yil boʻldi bugun kanalimizni ochilgan kuni bir yil davomida biz bilan birga boʻlganlarga kottadan kotta raxmat yangidan yangi she'rlarimizni yana yozaveramiz Inshaalah kanalimiz yana davomiy boʻlaveradi.
Barchangizga raxmat😊
Bizdan oʻzoqlashmang eng chiroyli she'rlarimiz faqat siz uchun🍃🍃🍃🍃🍃
Forwarded from 📚She'rlarim📚 (G Baxtiyorovna...)
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
TASALLI......

Qalbimni qaziydi qandaydir bir so'z,
Guyoki qalbim va tilim noahil.
Uzoq manzillarga termo'lgancha ko'z,
Dunyoning ishini deydi u bahil.

Jur'atim yetmaydi gapirmoq mushkul,
Nahot bu gapingiz jonimdan o'tdi.
Mayli bu to'yg'ular yonib bo'lsin kul,
To'kilgan ko'zyoshlar manzilga yetdi.

Nami qurimagan hali bu tuproq,
O'ziga tortadi qancha ko'z yoshni.
O'ylasam har safar bosadi titroq,
Qilmishi yig'latdi hattoki toshni.

Dart kelsa kulishning o'zi matonat,
Ojiz qalblarga shodlik bo'lsin yot.
Joning ham omonat, umir omonat,
Bir yerda turmaydi tinchimas hayot.

Nahotki shodlikga bo'lmaysan iqror,
Mo'ngli qalblarga elt, muxabbatdan baxsh.
Yaxshi insonlarning yonida dedor,
Qismat bitigiga o'yasan sen naqsh.

Qalbmda bo'lmasin birorta dag'al,
Chigaldir har safar hayotning yo'li.
Bo'sh turgan varaqqa axtarib g'azal,
Faqat bu qalamim berar TASALLI.

MUALLIF

NIGORA NURIDDINOVNA...
@nigoraqurboniyozova...
YOʻLDADIRMAN.....

Hayot yoʻli saxiymas har vaqt,
Sinalasan sinovlar toʻkin.
Endi baxtdan boʻlganda karaxt,
Mashaqqatlar ortilar tekin.

Moʻshkul erur baxtning yoʻlidan,
Chetga chiqmay oldinga ketmoq.
Ayib topar oʻng va soʻlingdan,
Oson emas manzilga yetmoq.

Ketmoqdamiz manzillar tomon,
Kimdir baxtga yetib baxt xursand.
Sinovlardan ahvoli yomon,
Yomonliklar bermoqdami pand.

Yana kimdir bu manzillarda,
Qolib ketdi turib muallaq.
Uchragan har suqmoqlarga,
Qilmishi ila boʻlmoqdami gʻarq.

Balki bordir sinov beoʻlchov,
Shukurim bor har bir kunimga.
Toʻsolmaydi yoʻlim hech ham gʻov,
Ketmoqdaman oʻz manzilimga.

MUALLIF.....🖊🖊

NIGORA NURIDDINOVNA...

@nigoraqurboniyozova...🌿🌿
#Кун_хақиқати

Бугун қиш тугади, эртага баҳор...
Азизлар, сезяпсизми, фасллар каби умримиз хам ўтиб бормоқда. Вақт шавқатсиз, у хеч ким ва хеч нарсани кутиб турмайди. Яқинларингиз, қадрдонларингиз билан ўтган хуш дамларни ғанимат билинг, хаммамиз фасллар каби бир - биримизга омонатмиз...


𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 | @nigoraqurboniyozova🍃🌸🍃
Ilk bahorni qorlar bilan qarshi oldik , Barchaga bahor muborak❤️