📚She'rlarim📚
171 subscribers
183 photos
152 videos
2 files
91 links
Osmonlardan baland...
Dengizlardan chuqur...
Orzularim bor...
Kun keladi barchasiga erishaman
In sha Alloh❤️

@nigoraqurboniyozova
Download Telegram
Assalomu alaykum yaxshimisizlar barcha obunachilarimiz ancha kunlik ijodiy chekinishdan soʻng biz yana ijodga qaytik va sizlarga bizda yangi #Pirimyera sheʼr albatta kanalimizga bir ozdan soʻng joylaymiz bizni kanalda biz bilan qolganlarga kottakon rahmat yurakda silar har doim ❤️

Hurmat bilan

Nigora Nuriddinovna

@nigoraqurboniyozova
YAXSHIYAM SIZ BORSIZ ONA...

Baxt kelganda oldingidek kulolmadim,
Dadajonim dedoriga toʻyolmadim.
Tashvish kelsa dadam borku deyolmadim,
Peshonamda ne borligin bilmam ona.

Qiyomat doʻst deganlarim sotib ketdi,
Kulib kulib toʻxmat toshin otib ketdi.
Nima qilay sabr-u kosam toʻlib bitdi,
Dustingman deb aldab ketdi bugun ona.

Yuragimni egovlaydi ming bir savol,
Nahot oʻzim surolmayman erkin hayol.
Yashayabman bir ojiza men ham ayol,
Bugun bir oz gaplashaylik keling ona.

Dardim surang dardim aytay qalbda gap koʻp,
Necha yillar yigʻilgandir boʻlib toʻp toʻp.
Tovonimga qadalyabdi qandaydir choʻp,
Kel yonimga, gʻaming ne deb soʻrang ona.


Iymanib men yoningizga borolmadim,
Menku sizdan dardingizni soʻrolmadim.
Yigʻlaganda koʻzingizga qarolmadim,
Bu hayotda yaxshiyam siz borsiz ona.

MUALLIF...📜

NIGORA NURIDDINOVNA

@nigoraqurboniyozova🍀🍀

#Pirimyera 🎙
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Juma Muborak 😊🕋🕋🫀
@nigoraqurboniyozova
KITOBXONLAR QAYERDASIZLAR👀

Sizlar uchun 2 kunlik konkurs boshladik 2 kun ichida ajoyib kitoblardan birini yutib oling

Sovg'alar👇

🏆 1-o'rin "Atom odatlar", "Martin Iden", "Javdarzordagi xaloskor", "Choʻqintirgan ota"

🏆 2-o'rin "Andisha va gʻurur", "Sevgi san'ati"

🏆 3-o'rin Stiven King "Mergan", "Tom Soyerning boshidan kechirganlari"

🏆 4-o'rin Asli Sanjar "Haram"

boshlandi: 14-sentabr
tugaydi: 16-sentabr soat 23:00

https://t.me/Muhsinjonshaxsiy_bot?start=7156533004
ЯХШИЯМ СИЗ БОРСИЗ ОНА...

Бахт келганда олдингидек кулолмадим,
Дадажоним дедорига тўёлмадим.
Ташвиш келса дадам борку деёлмадим,
Пешонамда не борлигин билмам она.

Қиёмат дўст деганларим сотиб кетди,
Кулиб кулиб тўхмат тошин отиб кетди.
Нима қилай сабр-у косам тўлиб битди,
Дустингман деб алдаб кетди бугун она.

Юрагимни эговлайди минг бир савол,
Наҳот ўзим суролмайман эркин ҳаёл.
Яшаябман бир ожиза мен ҳам аёл,
Бугун бир оз гаплашайлик келинг она.

Дардим суранг дардим айтай қалбда гап кўп,
Неча йиллар йиғилгандир бўлиб тўп тўп.
Товонимга қадалябди қандайдир чўп,
Кел ёнимга, ғаминг не деб сўранг она.


Ийманиб мен ёнингизга боролмадим,
Менку сиздан дардингизни сўролмадим.
Йиғлаганда кўзингизга қаролмадим,
Бу ҳаётда яхшиям сиз борсиз она.

МУАЛЛИФ...📜

НИГОРА НУРИДДИНОВНА

@nigoraqurboniyozova🍀🍀

#Pirimyera 🎙
"Ba'zilarning qalbi xuddi ko'zguga o'xshaydi. Ularning xotirasidagi har qanday qiyofa, qalbida jo'sh urgan har qanaqa his-tuyg'u ko'zgudagi aks misol darrov o'chib ketadi. Menimcha, ular juda baxtli..."

©Gi de Mopassan
" Marjon shodasi "


@borimzshudir
Forwarded from Borimzshudir (Muhammadali Diyor o'g'li)
Kechirdim, kim meni etdi xor, abgor,
Kechdim, gar kimdadir mening haqqim bor.
Rabbim, ikki dunyo biror bandangga
Meni sabab qilib yetkazma ozor!

©️Mirzo Kenjabek
Bir kishi dedi: Dunyo qanday yomonki, xatto goʻzal gullarda ham tikon bor...

Ikkinchi kishi dedi: Dunyo qanday goʻzalki xatto tikonlarning ham guli bor...

Xammasi dunyoga qanday koʻz bilan boqishingizga bogʻliq...


@nigoraqurboniyozova
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔔1 октябрь – Ўқитувчи ва мураббийлар куни! 🎉

Ушбу кун муносабати билан юртимиздаги барча ўқитувчи ва мураббийларни чин дилдан самимий муборакбод этамиз!

Aзиз Устозлар, илм йўлидаги шижоатингиз, метин иродангиз, тоғдек сабрингиз, билим уммонидаги сабоғингиз доимо сарбаланд бўлсин! Сиҳат-саломатлик, оилавий хотиржамлик, тинчлик ва фаровон ҳаёт ҳамиша ҳамроҳингиз бўлсин!

Касб байрамингиз муборак бўлсин ҳурматли устозлар! 👩🏻‍🏫👨🏻‍🏫

@nigoraqurboniyozova
1 октябрь – Ўқитувчи ва мураббийлар куни! 🎉

Байрамингиз муборак, азиз устозлар!

Илк бора қўлларга тутқазиб қалам,
Теран фикратларга қўйишган тамал.
Кимнингдир қалбида зарра бўлса ҳам
Бир илм ўргатмоқ – энг эзгу амал.
Озодлик, ободлик устоз туфайли,
Дилхушлик, дилшодлик устоз туфайли.

Зиёсиз юраклар – қоронғи, хира,
Қалбларда шам бўлиб, порлагувчи зот,
Гар устоз йўқ эрса, дунёда сира
Буюк алломалар бўлмасди бунёд.
Беруний, Бухорий устоз туфайли,
Нақшбанд, Навоий устоз туфайли.

Кенг бу дунёларни ҳайратга сола,
Босиб ўтмиш буюк адолат йўлин.
Соҳибқирон топди чин ихлос ила
Устози пойидан мангуга қўним.
Шижоат, жасорат устоз туфайли,
Куч-қудрат, маҳорат устоз туфайли.

Ватанни севмоқни ўргатган бизга,
Юракка нақш этган иймон сўзини.
Отадек меҳрибон ҳар ўғил-қизга,
Кўзга суринг устоз босган изини.
Эҳтиром, эътибор устоз туфайли,
Дунёда неки бор – устоз туфайли.

@SSENARIYLAR
USTOZ

Shunchaki varaqlab qo'yganda kitob,
Birorta harifni tanimasdik biz.
Ilimning eshigin ochdilar shu tob,
Bizga mehringizni bergan ustoz siz.

Ilk bor hayajondan titraganda qo'l,
Mahkam tutgan o'zingiz faqat.
Ko'makchi bo'ldingiz topishimda yo'l,
Zahmatlar chekdingiz qildingiz toqat.

Bugun qoshingizda boshim egaman,
Chekkan zahmatlar u bilmlar uchun.
Eng go'zal so'zlarni dilga tugaman,
Albatta ko'rasiz ilmingiz kuchin.


Bu she'r birinchi o'qituvchim Bo'riyeva Dilbar domlaga bag'ishlanadi. Shu munosabatdan 10-Oktiyabir kuni kelyotgan to'g'ilgan kuni bilan chin yurakdan tabriklayman.

MUALLIF

NIGORA NURIDDINOVNA.

@nigoraqurboniyozova
НОЗИККИНАМ,НОЗЛИ НИГОРА!

Сен малаксан,ҳеч о‘хшаши ё‘қ,
Рад етмагин,мен бир бечора.
Юрагимга теккизгансан о‘қ...
Нозиккинам, нозли Нигора!

Кулгучингдан о‘зим о‘ргилай,
Табассуминг соҳиби бо‘лай.
Маликам бо‘л,бахтларга ко‘май,
Нозиккинам,нозли Нигора!

Қалбинг го‘зал,юзингда акси,
Қарог‘ингда оловнинг рақси.
Ёлг‘из сени севаман, рости...
Нозиккина,нозли Нигора!

Сени ко‘рсам,бахтдан учаман,
Алам кишанимни ечаман.
Дийдор малҳамингдан ичаман,
Нозиккинам, нозли Нигора!

Висолингга етказсин,Худо
Ахир,сенга руҳим мубтало.
Ко‘йингда зор,бо‘лмайин,адо...
Нозиккинам, нозли Нигора!

Ишқимизни достон етайлик,
Бахтнинг кафтларидан тутайлик.
Армон нелигин унутайлик,
Нозиккинам, нозли Нигора!

АҲМЕДОВА НАСИБА БЕРДИМУРОДОВНА
11.09.2024йил
23:29

@nigoraqurboniyozova
Assalamu alaykum

Jumaning fayz-u barokati hammamizga bõlsin
Adabiyot bo‘yicha 2024-yilgi Nobel mukofotini janubiy koreyalik yozuvchi Han Kang qoʻlga kiritdi.

Han Kangtarixiy jarohatlarga qarshi turadigan va inson hayotining nozikligini fosh etuvchi shiddatli sheʼriy nasri uchun” mukofotga loyiq koʻrildi.


@borimzshudir
Agar bizning hayotimiz hurriyat va xalq baxt-saodati uchun qurbonlik sifatida kerak boʻlsa, biz oʻlimni ham xursandchilik bilan qarshi olamiz.

Behbudiy

Ancha vaqtdan beri jadidlar faoliyatini oʻrganish bilan bandman. Koshki umrlari bevaqt xazon boʻlmaganda edi, biz ilm-maʼrifat taraqqiyotidan yuz yil ilgarilab ketgan boʻlar edik. 😢
🇺🇿 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni

Til — millatning o‘zligi, g‘ururi, iftixori, qalbi demakdir. Xalqning eng nodir xazinasi, mamlakat tamaddunining xolis guvohi ham ona tili hisoblanadi.