📚She'rlarim📚
171 subscribers
183 photos
152 videos
2 files
91 links
Osmonlardan baland...
Dengizlardan chuqur...
Orzularim bor...
Kun keladi barchasiga erishaman
In sha Alloh❤️

@nigoraqurboniyozova
Download Telegram
Forwarded from 💞Diydor Shirin💞
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Келаси РАМАЗОНДА Хожи ота ХОЖИ Она булишликни тиладим сизларга.

💝𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 | 💞@DIYDOR_SHIRIN💞

🌷Каналга Обуна Бўлинг🌹
https://t.me/joinchat/FL9uAS2V87M3ZDE6
Forwarded from 𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫 𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Assalomu aleykum va Rаxmatullohi va barokatuh xayrli fayzli barokatli tong . Xayit bayrami barchelaga mubore bòsin. Allohim barchelani muborak oyda tutgan ròzalarizzi qabul qilib ajr savobini ziyoda qilsin. Ikki dunyo saodati kalitini bersin. Bayramni kòtarinki ruxda yaxshi kayfiyatda pazitiv kayfiyatda kutib oling. Yana bir bor bayram mubore bòsin òzim nomimdan va oila azolarim nomidan barcha musulmonlani bayram bilan chin yurakdan tabrikliman.

NGORA NURIDDINOVNA
@nigoraqurboniyozova
ONANING YURAGI KOʻTAROLMAYDI...

Mayli tashvishlaring boʻlsa ham qat qat,
Qolmagan boʻlsa ham sabir va toqat.
Yomon soʻz gapirding unutma faqat,
Onaning yuragi koʻtarolmaydi.

Xurlatib qoʻymagin qarigan chogʻi,
Gullarga toʻlsinda qalbining bogʻi.
Unutma sen dursan suyangan togʻi,
Onaning yuragi koʻtarolmaydi.

Mol u davlatlaring barchasi bekor,
Koʻchadan topganing qalbinga ozor.
Xafa boʻlsang boʻl aytaman oshkor,
Onaning yuragi koʻtarolmaydi.

Uyinga kelsalar koʻlib qarshi ol,
Xasta boʻlganida yonlarida qol.
Unutma dunyoda ona vafodor,
Onaning yuragi koʻtarolmaydi.

Sen uchun borini berdi bexisob,
Sal boqsang onangdan soʻrama xisob.
Sahifa qaytadi hayot bu kitob,
Onaning yuragi koʻtarolmaydi.

MUALLIF..🖊🖊🖊
NIGORA NURIDDINOVNA

@nigoraqurboniyozova...
FERUZA ismli qizlarimizning talablariga binoan yozilgan she'r.

FERUZA

Ishq deb dalli devonaman,
Izlaringda ovvoraman.
Yonginangda giryonaman,
Oshiq qilding Feruza.

Sevdim deya aytolmayman,
Endi ortga qaytolmayman.
Sen siz nafas ololmayman
Oshiq qilding Feruza.

Osgin soching tolasiga,
Ikki qoshing qorasiga.
Yanoqlaring lolasiga
Oshiq qilding Feruza.

Jayron kabi koʻzlaring bor,
Qalbing menga kelmasin tor.
Bir umrga boʻlgin sen yor,
Oshiq qilding Feruza.

NIGORA NURIDDINOVNA

@nigoraqurboniyozova.....
Forwarded from БЕК
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ассалому алайкум хайрли кун яхши кайфият кунингиз файзли баракали ўтсин!
YOʻQLIGINGIZ DOIM OʻKSITDI OTA!!!!



Yonimda emasiz siz bugun
ota,
Ishlarimdan doim izlaydi
xato,
Ketgim kelayapti yiroq bu
samo
Sizning yoqligingiz oʻksitdi
ota.


Sogʻinch azobida yigʻlaydi
koʻzlar,
Oʻzimni ojizday sanab xar
safar,
Koʻnglimni ogʻritar tigʻdayin s
soʻzlar,
Sizning yoʻqligingiz oʻksitdi
ota.


Qalb yigʻlar oʻzimni ovutganda
xam,
Tanam magʻrur turar ichim toʻla
gʻam,
Sogʻinchingiz koʻzni qilayapti
nam,
Sizni yoʻqligingiz oʻksitdi
ota.


Kam emas kimsadan oʻgʻil
qizingiz,
Bizga taskin edi, xar bir
soʻzingiz,
Ruxingiz shod etar doim
oʻgʻlingiz,
Sizni yoʻqligingiz oʻksitdi
ota.


Davradan tortaman oʻzimni
doim,
Bilaman bu ishim boʻlyapti
xato,
Siz yoʻqsiz xayotda nimadirim
kam,
Sizni yoʻqligingiz oʻksitdi
ota.


Otam bor deb yurmadim
magʻrur,
Qilib qoʻymay oʻylamay
xato,
Sizdan qolgan meros bor
gʻurur,
Sizni yoʻqligingiz oʻksitdi
ota.



Nurali
Kanalimiz sizlarga yoqadimi
Anonymous Quiz
97%
ha albatta❤️
3%
yoʻq
YANA YIGʻLASH UCHUN....

Yana yigʻlash uchun topib baxona,
Shu bir soʻz uchun ham dilni gʻashladim.
Sogʻinsam netayin har doimgidek,
Bedor bir xonada koʻzni yoshladim.

Bilmaysiz har kecha aldaydi tushlar,
Umuman qolmadi sabir va toqat.
Tutqich bermaganday usha oq qushlar,
Shunchaki kulganim koʻrgansiz faqat.

Kulsam ana kuldi deysiza, attang
Yuzim kuladi yu qalbim yigʻlaydi.
Negadir bugun ahvolim yomon,
Sogʻingan insonim buni bilsaydi.

Bazan xavas qilib kapalaklarga
Umrimni bir kunga orzu etarman.
Ularning bir kun deb yashashlariga,
Balki shu tariqa sizga yetarman.

Dada, hayotimning ketmas bahori
Aylandi barchasi kuzgi xazonga.
Endi yoʻq ishongan qalbning madori,
Nahot dedor qoldi , endi mahsharga.

MUALLIF....
NIGORA NURIDDINOVNA..

@nigoraqurboniyozova....
Ассалому алайкум, Фариштали, қалби пок қадрли инсонлар!
Ҳайрли тонг! Ҳаёт деб аталмиш олий неъматни яна бир қайтарилмас тонгини соғлик ва  саломатликда қабул қилиб олдингизми? Яратганнинг ўзи ушбу кунда сизларга омад, қалбингизга хотиржамлик, ҳалоли покдан даромад, орзу-истакларингизни ижобат қилсин. Яқинларингиз меҳрида бўлинг, оилавий барқарорлик, тўкин-сочинлик, файзу -барака тилаб қоламан.... Ўзингизни эҳтиёт қилинглар...Аллохга омонатсизлар.... Хушкайфият сизларни кун буйи  тарк этмасин.....
Бугунги кунингиз хайрли барокатли ва савобли амалларга бой булсин
.....
@nigoraqurboniyozova
Audio
FERUZA ismli qizlarimizning talablariga binoan yozilgan she'r.

FERUZA

Ishq deb dalli devonaman,
Izlaringda ovvoraman.
Yonginangda giryonaman,
Oshiq qilding Feruza.

Sevdim deya aytolmayman,
Endi ortga qaytolmayman.
Sen siz nafas ololmayman
Oshiq qilding Feruza.

Osgin soching tolasiga,
Ikki qoshing qorasiga.
Yanoqlaring lolasiga
Oshiq qilding Feruza.

Jayron kabi koʻzlaring bor,
Qalbing menga kelmasin tor.
Bir umrga boʻlgin sen yor,
Oshiq qilding Feruza.

NIGORA NURIDDINOVNA
Rustamu Doston🎤
Forwarded from Shox
. КЕТГИМ КЕЛМАЯПТИ ОНАЖОН...
~ ~ ~ ~ ~ ~ ~ ~ ~ ~ ~ ~ ~ ~ ~ ~ ~ ~ ~ ~ ~ ~ ~ ~ ~ ~
(Севимли ҳофизим-Охунжон Мадалиев
хотирасига.)

Бир мунгли куй қўйгандим бошлаб-
Қистовига олди яна жон...
Фарғонамни кўзларин ёшлаб-
"Кетгим келмаяпти Онажон!"...

Не ғамларни кўрмади бошим.
Қолганига етмади дошим...
Ўттиз етти ёшга етганда ёшим-
"Кетгим келмаяпти Онажон!"...

Яшайверар шодлик билан ғам-
"Бу дунёда мен бўлмасам ҳам"...
Бўғзимда бир сўз бор куйласам-
"Кетгим келмаяпти Онажон!"...

Қўшиқларим "Измига солгай"-
Олтиариқда оҳларим қолгай...
Ортга қараб кўзларим толгай-
"Кетгим келмаяпти Онажон!"...

Овунганим ёлғиз тор эди.
"Қора сочим мудом қор" эди...
Сизга айтар гапим бор эди-
"Кетгим келмаяпти Онажон!"...

Умрим ўтди-бир зум, нафасдек.
Менга ором бермоқ эмасдек...
О, "Унутмоқ осон эмас", лек-
"Кетгим келмаяпти Онажон!"...


16.04.2024-й. Элшод БОБОҚУЛОВ.


𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 | 🎤 NIGORA HAKIMOVNA IJODIY SHERLAR VA IJODKORLAR KANALI🎤
🥀🥀🥀🥀🥀🥀🥀🥀🥀🥀🥀🥀

YANA YIGʻLASH UCHUN.....

🎤NIGORA NURIDDINOVNA..

🥀🥀🥀🥀🥀🥀🥀🥀🥀🥀🥀
𝙏𝙊𝙉𝙂𝙉𝙊𝙈𝘼...

𝙈𝙪𝙣𝙖𝙫𝙫𝙖𝙧 𝙩𝙤𝙣𝙜 𝙦𝙪𝙩𝙡𝙪𝙜ʻ 𝙗𝙤ʻ𝙡𝙨𝙞𝙣!
𝘼𝙡𝙡𝙤𝙝𝙞𝙢 𝙨𝙞𝙯𝙣𝙞 𝙥𝙖𝙣𝙤𝙝𝙞𝙙𝙖 𝙖𝙨𝙧𝙖𝙨𝙞𝙣!

𝙓𝙪𝙧𝙨𝙝𝙞𝙙𝙖𝙗𝙤𝙣𝙪 𝘽𝙚𝙧𝙙𝙞𝙮𝙤𝙧𝙤𝙫𝙖
🎙𝙅𝙖𝙝𝙤𝙣𝙜𝙞𝙧 𝘿𝙖𝙫𝙡𝙖𝙩𝙤𝙫

𝙆𝙖𝙣𝙖𝙡𝙞𝙢𝙞𝙯𝙜𝙖 𝙤𝙗𝙪𝙣𝙖 𝙗𝙤ʻ𝙡𝙞𝙣𝙜!
👇👇👇
Channel photo updated
📚МЕН ЎЛСАМ


Мен ўлсам дунёнинг парвойи палак
Инсонлар эсласа уч кун эслайди
Фақат шоиргинам ёки болам деб
Қабримдан кетолмай онам йиғлайди


Мен ўлсам кўпаяр сохта кўз ёшлар
Тобутим ғаним хам дўст хам ушлайди
Фақат қалтироқ қўлда титраб суратим
Қабримдан кетолмай онам йиғлади


Мен ўлсам гўрковнинг ошиғи олчи
Тўғрида бир инсон рисқин топади
Фақат ўшандахам кўнгли ғамхонам
Қабримни қучоқлаб онам йиғлайди


Мен ўлсам тушунмас ўғил қизларим
Хали кичкинада қора кўзларим
Фақат айрилиққа кўнмай қуёшим
Қабрим қучоқлаб онам йиғлайди


Мен ўлсам ёдидан ўчирар акам
Дунё ташвишига кўмилган укам
Фақат йиллар ўтиб умри сўнги хам
Дийдорим соғиниб онам йиғлайди




Мен ўлсам видолашув сўзим шу бўлар
Шоирнинг хаёти шамга ўхшайди
Дардлардан ёниб ёниб бир куни ўчсам
Қабримни қучоқлаб онам йиғлайди



ДАВРОН ШОИР

🕐23.04.2024


https://t.me/Davron_SHOIR_ijodi