📚She'rlarim📚
193 subscribers
178 photos
149 videos
2 files
89 links
Osmonlardan baland...
Dengizlardan chuqur...
Orzularim bor...
Kun keladi barchasiga erishaman
In sha Alloh❤️

@nigoraqurboniyozova
Download Telegram
TASALLI......

Qalbimni qaziydi qandaydir bir so'z,
Guyoki qalbim va tilim noahil.
Uzoq manzillarga termo'lgancha ko'z,
Dunyoning ishini deydi u bahil.

Jur'atim yetmaydi gapirmoq mushkul,
Nahot bu gapingiz jonimdan o'tdi.
Mayli bu to'yg'ular yonib bo'lsin kul,
To'kilgan ko'zyoshlar manzilga yetdi.

Nami qurimagan hali bu tuproq,
O'ziga tortadi qancha ko'z yoshni.
O'ylasam har safar bosadi titroq,
Qilmishi yig'latdi hattoki toshni.

Dart kelsa kulishning o'zi matonat,
Ojiz qalblarga shodlik bo'lsin yot.
Joning ham omonat, umir omonat,
Bir yerda turmaydi tinchimas hayot.

Nahotki shodlikga bo'lmaysan iqror,
Mo'ngli qalblarga elt, muxabbatdan baxsh.
Yaxshi insonlarning yonida dedor,
Qismat bitigiga o'yasan sen naqsh.

Qalbmda bo'lmasin birorta dag'al,
Chigaldir har safar hayotning yo'li.
Bo'sh turgan varaqqa axtarib g'azal,
Faqat bu qalamim berar TASALLI.

MUALLIF

NIGORA NURIDDINOVNA...
@nigoraqurboniyozova...
YOʻLDADIRMAN.....

Hayot yoʻli saxiymas har vaqt,
Sinalasan sinovlar toʻkin.
Endi baxtdan boʻlganda karaxt,
Mashaqqatlar ortilar tekin.

Moʻshkul erur baxtning yoʻlidan,
Chetga chiqmay oldinga ketmoq.
Ayib topar oʻng va soʻlingdan,
Oson emas manzilga yetmoq.

Ketmoqdamiz manzillar tomon,
Kimdir baxtga yetib baxt xursand.
Sinovlardan ahvoli yomon,
Yomonliklar bermoqdami pand.

Yana kimdir bu manzillarda,
Qolib ketdi turib muallaq.
Uchragan har suqmoqlarga,
Qilmishi ila boʻlmoqdami gʻarq.

Balki bordir sinov beoʻlchov,
Shukurim bor har bir kunimga.
Toʻsolmaydi yoʻlim hech ham gʻov,
Ketmoqdaman oʻz manzilimga.

MUALLIF.....🖊🖊

NIGORA NURIDDINOVNA...

@nigoraqurboniyozova...🌿🌿
#Кун_хақиқати

Бугун қиш тугади, эртага баҳор...
Азизлар, сезяпсизми, фасллар каби умримиз хам ўтиб бормоқда. Вақт шавқатсиз, у хеч ким ва хеч нарсани кутиб турмайди. Яқинларингиз, қадрдонларингиз билан ўтган хуш дамларни ғанимат билинг, хаммамиз фасллар каби бир - биримизга омонатмиз...


𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 | @nigoraqurboniyozova🍃🌸🍃
Ilk bahorni qorlar bilan qarshi oldik , Barchaga bahor muborak❤️
OQ LIBOSING YARASHIBDI KELINCHAK.

Bahor misol yasanibsan jilvakor,
Ne oshiqlar qoldi sendan umidvor.
Chalinadi yana yana oʻsha tor,
Oq libosing yarashibdi kelinchak.

Ketar chogʻing koʻzlaringa yosh olma,
Mexirni ol qoʻllaringa tosh olma.
Hizmat qilib ostonangda hech tolma,
Oq libosing yarashibdi kelinchak.

MUALLIF......🖊🖊

NIGORA NURIDDINOVNA....

@nigoraqurboniyozova🌿🌿🌿
Forwarded from 📚She'rlarim📚 (😎¿?¿?¿?¿?¿?¿?😎)
XAYOLIMDAN KETMAS ERTAKLAR.

Xayolimdan ketmaydi bir zum,
Yoshlikdagi o'sha ertaklar.
Zolushkaning aravasiga,
Soqchi edi kaltakesaklar.

Xayolimdan ketmaydi bir zum,
Bobom aytgan o'sha ur to'qmoq.
Chol oldinga yurgani sari,
Uchrardi yo'lida so'qmoq.

Xayolimdan ketmaydi bir zum,
Oygul bilan yana Baxtiyor.
Ikkisining o'rtalarida,
Chin muxabbat , poklik ramzi bor.

Xayolimdan ketmaydi bir zum,
Quyon qo'vlab yetolmas bo'ri.
Kim bilibdi deysiza ayting ,
Malikaga aylandi cho'ri.

Xayolimdan ketmaydi bir zum,
Bobur tinglar ajoyib kuyni.
Uylarida shodon baxtiyor,
Qilar edi sichqonlar to'yni.

Xayolimdan ketmaydi bir zum,
Yoshlikdagi barcha ertaklar.
Go'zal erur barcha barchasi,
Yaxshilikga, ezgulikga ular yetaklar.

MUALLIF
NIGORA NURIDDINOVNA.

@nigoraqurboniyozova
Forwarded from 📚She'rlarim📚 (G Baxtiyorovna...)
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
AYOL MEHRI

Oftobdan rang olgan uning yuzlari,
Dengizga tutashgan hatto ko'zlari.
Ma'no va hikmatga boydir so'zlari,
Ayolning mehridan yashnaydi ko'ngil.

Butun bir tabiat sehriga maftun,
Kundan kun duoda ortarkan husun.
Unga ozor berib bo'lmaydi tushun,
Ayolning mehridan yashnaydi ko'ngil.

Unga kerak emas oltindan qafas,
Tabiat bag'rida oladi nafas.
Unga shunday baxt ber qilishsin havas,
Ayolning mehridan yashnaydi ko'ngil.

G'unchadan rang olgan tabassumli lab,
Mehirga to'ladir ko'ksidagi qalb.
Yig'latmasin hech ham yonidagi alp,
Ayolning mehridan yashnaydi ko'ngil.

Boriga shukur qilar yo'g'iga toqat,
Qo'llari duoda kunda ibodat.
Bu so'zni aslo unutma faqat,
Ayolning mehridan yashnaydi ko'ngil.

MUALLIF

NIGORA NURIDDINOVNA

@nigoraqurboniyozova🍃
Assalomu alaykum aziz va mexribon goʻzal opa singillarim , onajonlarim , buvijonlarim barchangizni 8-mart 🌷bayram bilan chin yurakdan tabriklayman 🥰baxtimizga doimo sogʻ salomat boʻlingizlar.❤️
Hurmat bilan🌿

Nigora Nuriddinovna....
Forwarded from Behruz .
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Никто не вечен...
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Gulobat
SETORA.....

Siz soʻrang yuragim olib beraman,
Ishq deya olovda yonib kuyaman.
Qizlar ichra eng goʻzal qiz,
Setora men sizni yaxshi kuraman.

Usha xusningizning menman shaydosi,
Shirin soʻzingizning boʻldim adosi.
Eshiting yangraydi qalbim nidosi,
Setora men sizni yaxshi kuraman.

Shamolda oʻynaydi tola sochingiz,
Kamonga oʻxshaydi sizning qoshingiz.
Baxtning ummonida toʻlib toshingiz,
Setora men sizni yaxshi kuraman.

MUALLIF ....🖊🖊
NIGORA NURIDDINOVNA...
@nigoraqurboniyozova..🌿
Forwarded from Акмал Орипов
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ramazonga ham oz qoldi
Sizlar ham intizor  kutyapsizlarmi🥹

@nigoraqurboniyozova
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Mazlum odam...☝️💔
Odamlarni koʻnglini ogʻritishdan extiyot boling...🥀
@nigoraqurboniyozova
ALLOHIMGA OSHIQMIZ BIZLAR❤️

Duolarga ochib qoʻlimiz,
Ravon boʻlsin deya yoʻlimiz.
Egib sajda tomon boshimiz,
ALLOHIMGA OSHIQMIZ BIZLAR❤️🕋

Ranjitsangiz arzimiz tayyor,
Demang bizni chaqimchi ayyor.
Bilsangiz gar qalbda iymon bor,
ALLOHIMGA OSHIQMIZ BIZLAR🕋❤️

Farzimizdir bizlarning zakot,
Farishtalar boʻladi qanot.
Bir Allohdan soʻraylik najot,
ALLOHIMGA OSHIQMIZ BIZLAR🕋❤️

Bir kun kelib minamiz yogʻoch,
Kerak emas bizga tillo toj.
Bizning goʻzal orzuimiz haj,
ALLOHIMGA OSHIQMIZ BIZLAR🕋❤️

MUALLIF__🖊🖊

NIGORA NURIDDINOVNA......

@nigoraqurboniyozova🍃🍃🍃🍃

Barcha Mumin Musulmonlarga Ramazon Muborak...
YANA SIZNI SOGʻINDI BAHOR...

Yana sizni sogʻindi bahor,
Sizni izlar boʻlib shoshqaloq.
Yana sizni sogʻindi bahor,
Soʻzlarimga solmaydi quloq.
Osmonlardan nomingiz chorlab
Qayda? -- deydi,
Qani? Zulfiya.
Topolmasa rashkdan u yonib ,
Tun qoʻyniga quradi uya.
Yana kezib soʻkunat jimlik,
Oʻriklarga gullarni taqqan.
Mayus ovoz hursinishla der,
Menga usha shoira yoqqan.
Yana sizni sogʻindi bahor,
Oʻchmadi hech sevgi oʻchogʻi.
Shundan buyon uning qalbi tor,
Toʻlmayabdi siz siz qoʻchogʻi...

MUALLIF ....🖊🖊🖊

NIGORA NURIDDINOVNA....

@nigoraqurboniyozova...🌷🌷