Surayyo Nosirovna
1 subscriber
1 photo
1 video
Onalar, logopedlar va pedagoglar uchun bilim va tajriba.
Diagnostika, mashg‘ulotlar, real holatlar va professional qarashlar.
Download Telegram
Channel created
Assalomu alaykum.
Mening ismim Surayyo Nosirovna. Man — logoped, surdopedagog sensor integratsiya yo‘nalishi bòyicha amaliyotchi mutaxassisman.

Bu sohani shunchaki kasb sifatida tanlamaganman.
Men har kuni gapirmayotgan, tushunmayotgandek tuyulayotgan, tez charchaydigan yoki asabiy bolalar bilan ishlayman.
Va eng muhimi — ularning xavotirga to‘la onalari bilan.
Ko‘p yillar davomida shuni ko‘rdimki:

bola bilan ishlashdan oldin, avvalo onaga tushuntirish, tinchlantirish va yo‘l ko‘rsatish kerak.

Men:
• “Kutamiz” deb vaqt boy berishga qarshiman
• Bolani bosim bilan “o‘rgatish” tarafdori emasman
• Nutqni faqat til emas, butun tana va asab tizimi bilan rivojlantirish kerak, deb hisoblayman

Shu kanalni ochishimdan maqsad:
— onalarga murakkab terminlarsiz tushuntirish
— “yolg‘iz emassiz” degan hissini berish
— va eng asosiysi, to‘g‘ri va o‘z vaqtida yordam berish

Agar sizni:
▪️ bola nutqining kechikishi
▪️ sensor muammolar
▪️ regressiya
▪️ autizm belgilariga o‘xshash holatlar
▪️ yoki shunchaki “ichim bezovta” degan ona yuragi qiynayotgan bo‘lsa

👉 demak, bu kanal aynan siz uchun.

Birga tushunamiz.
Birga yo‘l topamiz.
Va bolangizni imkon qadar to‘liq ochamiz 🤍
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Til mashqlarini qilyapmiz, lekin bola baribir gapirmayapti…”

Buning sababi ko‘pincha sensor integratsiya yetarli ishlamayotganida bo‘ladi.

⸻

Asosiy tushuncha

🧠 Nutq — faqat til emas.
Nutq paydo bo‘lishi uchun miya:
• tanani his qilishi
• harakatni boshqarishi
• tovushni ajrata olishi
• diqqatni ushlay olishi

bularning barchasi sensor integratsiya orqali amalga oshadi.