Bo‘g‘imlarning “g‘ichirlashi” yoki “qarsillashi” (tibbiy atama bilan “crepitus” ) nima sababdan yuzaga keladi degan savol hammani qiziqtiradi deb o'ylayman ?
🧠 1. Bo‘g‘imlar qanday tuzilgan?
Bo‘g‘im — bu ikkita suyak uchini bog‘laydigan murakkab tuzilma. Uning ichida:
Suyak uchi – tog‘ay bilan qoplangan (silliq yuzaga ega);
Bo‘g‘im suyuqligi (sinovial suyuqlik) – bo‘g‘imni moylab, ishqalanishni kamaytiradi;
Bo‘g‘im kapsulasi va bog‘lamlar – uni o‘rab turadi.
2. G‘ichirlashning eng keng tarqalgan sababi — gaz pufakchalari portlashi
Bu hodisa kavitatsiya deyiladi.
Bo‘g‘im harakat qilganda (masalan, barmoqni cho‘zganda yoki tizzani bukganda), bo‘g‘im ichidagi bosim pasayadi.
Sinovial suyuqlik tarkibidagi gazlar (CO₂, N₂, O₂) bosim pasayishi bilan mayda pufakchalar hosil qiladi.
Shu pufakchalar bir zumda portlaganda — “qars” degan ovoz eshitiladi.
Bu zararsiz fiziologik jarayon, odatda hech qanday kasallik belgisi emas.
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatgan:
MRT (magnit-rezonans tomografiya) orqali bo‘g‘imni kuzatganda, ovoz paytida aynan pufakcha portlash aniqlangan.
3. Agar harakat paytida har safar g‘ichirlasa yoki og‘riq bo‘lsa?
Bu holatda sabab boshqacha bo‘lishi mumkin:
a) Tog‘ay yemirilishi (artroz, osteoartrit)
b) Bog‘lamlar yoki paylarning sirpanishi
c) Bo‘g‘im ichidagi havo yoki suyuqlik notekisligi
4. Qachon bu xavfli bo‘lishi mumkin?
Agar g‘ichirlash bilan birga:
og‘riq, shish, yoki bo‘g‘im harakatchanligi cheklanishi bo‘lsa;
ertalab “qotib qolish” hissi bo‘lsa —
bu bo‘g‘im yallig‘lanishlari (artrit, artroz) belgilari bo‘lishi mumkin.
Sizga yoqqan bo'lsa layk bosishni unutmang !
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11❤5🤝1
⭕️⭕️⭕️ Assaalomu aleykum kanalimiz a'zolari bugun 47 yoshli davolagan bemorimiz haqida gaplashamiz.Bemor 47 yoshda erkak kishi ,bizga to'satdan qon bosimi oshishi,chap qo'l va oyoqda uvushish ,yurak sohasida og'riq ,havo yetmaslik shikoyati bilan kelishdi.Chuqur tekshirganimizda bemorda uchta jiddiy kasallik bir vaqtda aniqlandi bular (Yurakda infarkt,Bosh miyada o'sma va Insult ) holatlari bir vaqtning o'zida.Bu judayam achinarli holat.Biz ularni 10 kun davomida insult va infarkt kasalliklarini davoladik,endi rejali ravishda Bosh miyadagi o'smani oldirish maqsadida Neyroxirurgga yo'naltirdik. Hozirda umumiy ahvoli stabil yaxshi. Oliasini boqish uchun ishga chiqishga ulgurdi. Bu keysni yozishimdan maqsad kasallikni ilk belgilarida davolansa ham shifokor va ham bemor uchun judayam foydali bo'ladi.Bu kasalliklarni davolashdan ko'ra uni oldini olish arzon va sifatli bo'ladi. Keyingi natijalarini albatta sizlar bilan bo'lishaman.
1👍13😱3🔥2💯1
Forwarded from Ibrat Med Clinic Offical
Болаларда тез-тез шамоллаш ва Аденоид — сабаблари ва давоси
Кўпчилик ота-она бу ҳолатни оддий шамоллаш деб ўйлайди, лекин аслида бу боланинг нафас олишига, уйқусига, эшитишига ва ривожланишига таъсир қилувчи жиддий ЛОР муаммоси бўлиши мумкин.
📹 Видео: https://youtu.be/hE_IWch2obg?si=u6AtHgqzUARbPik7
Кўпчилик ота-она бу ҳолатни оддий шамоллаш деб ўйлайди, лекин аслида бу боланинг нафас олишига, уйқусига, эшитишига ва ривожланишига таъсир қилувчи жиддий ЛОР муаммоси бўлиши мумкин.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥2👏2
Odamni jismonan davolash uchun uxlatish, ruhan davolash uchun uyg‘otish kerak!
© Lev Tolstoy
❤7💯6🤝1
Men haqimdagi gap-so'zlar bilan ishim yo'q. Men qilishim kerak bo'lgan ishni qilaman. Hech narsaga umid qilmayman va hamma narsani boricha qabul qilaman. Shunda hayot ancha yengillashadi.
Biz yashayotgan dunyoda dafn marosimi marhumlardan muhimroq, nikoh bazmi muhabbatdan muhimroq, tashqi ko'rinish esa qalbdan muhim. Biz yashayotgan "sirtdan baholash madaniyati" ichki mazmun mohiyatini pisand qilmaydi.
© Entoni Xopkins
Manba : @foydali_moliya

💯18🔥5🤝4❤2👍2👏1
10 dekabrdan boshlab ijtimoiy tarmoq kompaniyalarining Avstraliyadagi 16 yoshga to‘lmaganlar bu kompaniyalarning platformalarida akkaunt ochmasligi va mavjud akkauntlar o‘chirilishi yoki bloklanishi uchun "oqilona choralar" ko‘rishi rasman kuchga kirdi. Agar shu holatlar aniqlansa o'sha kompaniyaga nisbatan 33mln dollardan oshiqroq jarima qo'llaniladi.
Avstraliya hukumatiga ko‘ra, ushbu taqiq – ko‘plab ota-onalar qo‘llab-quvvatlayotgan dunyodagi ilk joriy etilayotgan siyosat – bolalarni ijtimoiy tarmoqlarda uchraydigan "bosim va xavf-xatarlar"dan himoya qilishga qaratilgan.
Bizga ham shu qarorni tezroq joriy qilish tarafdoriman .Hukumatimiz rahbarlaridan shuni so'rab qolardim!
https://nevrolog-sattorov.taplink.ws

1👍7❤3💯3🤝1
DOKTORLAR ORASIDA BURNOUT — JIM O‘LDIRUVCHI MUAMMO
Xo'sh Burnout nima?
Burnout — bu uzoq davom etadigan va haddan tashqari stress tufayli yuzaga keladigan hissiy, jismoniy va ruhiy holdan toyish holati. Bu siz o‘zingizni bosim ostida, hissiy jihatdan holdan toygan va doimiy talablarni bajarishga qodir emasdek his qilganingizda yuz beradi. Stress davom etaversa, sizni avval bu rolga kirishga undagan qiziqish va motivatsiya yo‘qolishni boshlaydi.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) 2019-yildan burnoutni kasbiy hodisa (occupational phenomenon) sifatida tan olgan.
📊 Tadqiqotlarga ko‘ra:
▫️Shifokorlarning 35–60% da burnout alomatlari mavjud
▫️Rezident va yosh shifokorlar orasida — 60% dan yuqori
▫️Eng yuqori xavf guruhlari:
▫️ Reanimatsiya
▫️Shoshilinch yordam
▫️ Nevrologiya
▫️Psixiatriya
▫️Onkologiya
▫️Oilaviy shifokorlar
Burnoutning 3 asosiy belgisi:
1️⃣Emotsional holdan toyish
Endi bemorga kuchim qolmadi
2️⃣ Depersonalizatsiya
Bemorga odam sifatida emas, “obyekt” sifatida qaray boshlash
3️⃣ Kasbiy qoniqmaslik
Men foydasizman, ishimning mazmuni yo‘q go'yoki
✔️Shuning uchun bo'lsa kerak doktorlar orasida Infarkt va Insult kasalligi juda ham ko'p uchraydi.
Aslini olganda doktorlarning har bir kuni judayam istirobli va g'amga to'la o'tadi.Shuning uchun ayrim paytlar doktorlar ishidan sovub ketish holatlarini kuzatib turamiz.Bu butun dunyoda tez -tez kuzatilishi mumkin bo'lgan holatlardan biri hisoblanadi.
P.S : Xulosam shuki yuqoridagi hissiy, jismoniy va ruhiy zo'riqishdan qat'iy nazar o'z kasbini sitqidildan bajarayotgan va o'z ustida ishlab rivojlanayotgan barcha doktorlarga allohimdan kuch-quvvat so'rab qolaman.
Bizni kuzatishda davom eting.

1❤10👍5👏4
Forwarded from Bek Olimjon (Bek Olimjon)
Bir qiziq holat bo'ldi.
Birinchi bemorim soat 08:30 da, men 08:35 ga yetib kelaman. Bemor kelib tekshiruvllardan o'tib chiqqunicha men bemorni qabul qilishga tayyor bo'laman.
Kelsam bemor eshik oldida turipti. Klinika ochilmagan. Bugun klinikani ochish kerak bo'lgan yordamchi ishga kelmagan.
Tel qildim, javob bermadi. SMS yozdim, javob yo'q.
Eshikni ochib, bemorni tekshiruvdan o'tkazishni boshladim.
Yordamchim tel qildi. Qo'rqqanligi va havotirda ekanligi ovozidan sezilib turipti. Kelayotganini aytdi.
Men chindan havotir oldim. Har narsa bo'lgan bo'lishi mumkin. Halokatga uchragan bo’lsachi?
Kelganida uyalgani yuzidan yaqqol sezilib turar edi.
Uxlab qolganini aytdi va qaytarilmasligini aytib uzr so'radi.
Bu ishxonada birinchi marta bo'layotgan voqea. U meni so'kadi deb o'ylagan ekan.
Tabiiyki birinchi reaksiyam bajarilishi kerak bo'lgan ish bajarilmaganiga jahlim chiqqani bo'ldi. Qattiqroq gapirishim kerak deb o'yladim.
Ammo bir mentorim doim "choose kindness" deydi. Ya'ni "mehribon bo'lishni tanla".
Hech qanday so'kmagan, g'azablanmagan holda tel qilganimda boshimdan o'tgan fikrlarni aytdim unga.
"Uxlab qolganing bugun sodir bo'lishi mumkin bo'lgan eng yaxshi narsa. Bundan battari ham bo'lishi mumkin edi. Men halokatga uchragansan yoki nimadir shu darajada jiddiy bo'lganki, xabar berishga ham ulgurmagansan. Hammamizda bo'ladi bunday holat. Uxlab qolish bor narsa. Endi ishlashimiz kerak."
Inson yuzidagi hayron qolish va yengillik shunday ko'rinib turar edi.
Mehr muhim.
Choose kindness!
Bek Olimjon
16.09.25
Kongsvinger,
Norvegiya

👍16💯5🥰1🤝1
Qon suyultiruvchilar nega oshqozonni og‘ritadi?
Ko‘pchilik bemorlar aspirin, klopidogrel, rivaroksaban, apiksaban, varfarin kabi qon suyultiruvchi dorilarni ichganda:
oshqozon og‘rig‘i
ko‘ngil aynishi
kuyish hissi
ba’zan qora najas yoki qon aralash qusish kabi belgilarni sezadi.
Bu tasodif emas, buning aniq ilmiy sabablari bor.
Aspirin va NSAIDlar: oshqozon shilliq qavatini himoyasiz qoldiradi
Aspirin (ASA) — eng ko‘p ishlatiladigan antitrombotsitar dori.
Aspirin uzoq muddat ichilganda GI (oshqozon-ichak) asoratlari yuqori ekanini tasdiqlaydi.
Antikoagulyantlar: yara bo‘lsa – qon ketishni kuchaytiradi
Varfarin, rivaroksaban, apiksaban, dabigatran
Bu dorilar:
oshqozonni to‘g‘ridan-to‘g‘ri zararlamaydi
LEKIN oshqozonda kichik yaralar yoki yashirin yara bo‘lsa, qon ketishini kuchaytiradi
Natijada:
og‘riq kuchayadi
gastrit klinik belgi beradi
yashirin oshqozon-ichakdan qon ketish yuz beradi
Noto‘g‘ri qabul qilish — eng katta xato
Ko‘p uchraydigan xatolar:
dorini och qoringa ichish
suv o‘rniga choy yoki qahva bilan ichish
dozani oshirib yuborish
bir vaqtda bir nechta qon suyultiruvchi ichish
Kimlarda xavf yuqori?
Quyidagi bemorlarda oshqozon asoratlari ko‘proq uchraydi:
60 yoshdan katta
gastrit yoki yara tarixi bor
Helicobacter pylori infeksiyasi bor
steroid yoki NSAID qabul qilayotganlar
spirtli ichimlik iste’mol qiluvchilar
Xalqaro standartlar nima tavsiya qiladi?
Yuqori xavfli bemorlarga PPI (omeprazol, pantoprazol) bilan birga berish
Eng past samarali dozani tanlash
Zarur bo‘lmasa ikki xil qon suyultiruvchi qo‘shmaslik
Oshqozon shikoyati bo‘lsa — darhol shifokorga murojaat qilish
Xulosa:
Qon suyultiruvchi dorilar:
hayotni saqlab qoladi
LEKIN noto‘g‘ri qabul qilinsa, oshqozon uchun xavfli
🧠 Dorilarni o‘zboshimchalik bilan emas, shifokor nazorati ostida qabul qilish — eng to‘g‘ri yo‘l.

👍7❤4💯1🤝1
IPOXONDRIYA -Bu o'zini og'ir kasal deb hisoblash (Xalq tilida)
Ipoxondriya — Insonda jiddiy kasallik bor degan qo‘rquv bo‘ladi, lekin tibbiy tekshiruvlar normal chiqadi.
Sabablari
Kuchli stress va travma
Oldingi og‘ir kasallik tajribasi
Depressiya va bezovtalik buzilishlari
Internetda simptomlarni ko‘p qidirish (“cyberchondria”)
Kechishi
Surunkali kechadi
Belgilar kuchayib–pasayib turadi
Ko‘p shifokor almashtirish, tahlillarni qayta-qayta topshirish
Belgilari
Tanadagi oddiy sezgilarni og‘ir kasallik deb talqin qilish
Tahlillar normal bo‘lsa ham ishonmaslik
Kasallik haqida doimiy o‘ylash
Tashvish, uyqusizlik, ish faoliyatining pasayishi
Davosi
✅ Kognitiv–xulqiy terapiya — 1-darajali usul
✅ Antidepressantlar (zarurat bo‘lsa)
❌ Keraksiz tahlillarni cheklash
Profilaktika
Stressni boshqarish
Internetdagi tibbiy axborotni filtrlash
Bitta shifokor bilan doimiy aloqa
Psixologik savodxonlikni oshirish
Tez-tez doktorlarga murojaat qilib turadigan tanishingizga yuborib qo'ying !

👍6💯4❤2🔥2🆒1
YIL SARHISOBI VA KEYINGI REJALAR !
Assalomu aleykum men uchun qadrli bo'lgan kanalim a'zolari mana 2025 -yil ham tugab bormoqda odatdagidek yil sarhisobini qilib ,keyingi yilgi rejalarim haqida bo'lishmoqchiman.
2025-yilda
- Nevrologiya bo'yicha 2 ta online va 1ta offline kursni muvaffaqiyatli tugatdim.
- 1000dan ortiq bemorlar dardiga shifo topishiga sababchi bo'ldim.
- Faolyat olib borayotgan klinikamni Marketing jamoamiz bilan xalqaro darajaga olib chiqish uchun katta qadamlar tashladik.
- Uydagilarim uchun Istanbulga 1haftalik dam olish vaucherini sovg'a qildim( judayam hayajonli ).
- Ayrim sabablar bilan Huquqiy jihatdan ilm va ko'nikmalarimni ancha oshirdim albatta bu ham yaxshilikka.
- Judayam ko'p tanish bilishlar orttirdim(Hokimyat,Soliq,Prokrotura,IIB,Taniqli Blogerlar)bu ham muhim albatta.
- Oilam bilan har yakshanbada sayohat qilishni yo'lga qo'ydim( albatta bu juda ko'p mablag' talab qilmaydi kuchli xohish talab qiladi).
- Sport bilan shug'ullanishimni odatga aylantirdim .
- Bir nechta online chellengelarda qatnashdim (telefondan uzoqroq boʻlish,1000lab istigʻfor aytish ,sport bilan shugʻullanish ,ehson qilish va boshqalar)
2026-yilda
- Nevrologiya bo'yicha kamida 1 marta xalqaro darajada malaka oshirish.
- Nevrologik kasalliklarni davolashda sun'iy intellektni tadbiq qilib davolashni yo'lga qo'yish(zamon talabi).
- Yo'nalishim bo'yicha kamida 20ta yangi kitob o'qib tugatib va amaliyotga tatbiq qilish.
- Klinikamizni Turkiyani birorta yetakchi klinikasi bilan memarandum imzolab hamkorlikni yo'lga qo'yish( amaliyot va tajribalar almashib).
- Kamida 5 ta chet davlatiga oilaviy sayohat qilish .
- Buvimni Umra safariga yuborish.
- Ota-onamizni bu yil ham safarga yuborish.
- Bitta tilni o'rganish (arabcha ) .
- Sportni davomiy va tartibli davom ettirish.
- Shaxsiy brendni rivojlantirish (Telegram,Instagram,Youtube tarmoqlarini) zamon talabi bu ham.
Oxirgi 5-6 oy davomida hayotim judayam stressga boy bo'ldi.Hammasi albatta yaxshilikka.Judayam ko'p xulosalar oldim bundan.2025da qilingan xatolarimni takrorlamaslik uchun maksimal harakat qilaman.
Xulosalarim shuki har bir inson atrofini yoki boshqalarni o'zgartirishdan ko'ra ,avvalombor o'z ustida ishlab fokusini o'zi xohlagan yo'nalishga qaratsa albatta natijalar o'z-o'zidan keladi.
Yangi yilni Yangi energiya bilan kutib oluvchi siz bilgan Nevrolog Sattorov bo'ldi !
BIZ BILAN QOLING !

1👍19❤4🔥4👏2🥰1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❌❌❌❌❌Har doim takrorlayman bolalaringizni telefondan uzoqlashtiring ,mana oqibatini ko'ring!
Barcha ota-onalarga yuborib qo'ying !
https://t.me/nevrologsattorov
Barcha ota-onalarga yuborib qo'ying !
https://t.me/nevrologsattorov
😱3💯3❤2👍2
Agar faolyatim haqida yaxshi ,yomon kommentlar boʻlsa sizlardan kutib qolaman,bu bizni faolyatimizga ta’sir kuchiga ega ,e’tiborsiz qoldirmisiz degan umiddaman,oldindan katta rahmat!
🔥6🥰2