Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🍜 Toshkentdagi eng zo‘r kuksini tanlaymiz!
6 ta joydan kuksi tatib ko‘rdik. Qiziq, har doim ham eng qimmati eng mazalisi bo‘ladimi?
Qaysi kuksi g‘olib chiqqanini bilish uchun videoni oxirigacha ko‘ring.
Degustatsiyada qatnashganlar:
1️⃣ Chenson — 37 500 so‘m
2️⃣ Yapona Mama — 39 000 so‘m
3️⃣ KeyTown — 55 000 so‘m
4️⃣ Elephant — 40 000 so‘m
5️⃣ Miso — 55 000 so‘m
6️⃣ Wok — 49 000 so‘m
Yana nimani sinab ko‘raylik? Izohlarda yozing 👇
nechpul — Oʻzbekistonda nima, qayerda va qancha turishini bilamiz. Obuna boʻling!
6 ta joydan kuksi tatib ko‘rdik. Qiziq, har doim ham eng qimmati eng mazalisi bo‘ladimi?
Qaysi kuksi g‘olib chiqqanini bilish uchun videoni oxirigacha ko‘ring.
Degustatsiyada qatnashganlar:
Yana nimani sinab ko‘raylik? Izohlarda yozing 👇
nechpul — Oʻzbekistonda nima, qayerda va qancha turishini bilamiz. Obuna boʻling!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1❤10🔥4👍2😁1💋1
Yoz tugashiga oz qoldi, Mustaqillik bayrami ham oldinda. Hamma dacha olib, shashlik pishirish haqida o‘ylayapti. Lekin aynan shu paytda firibgarlar ishga tushadi. Internetga zo‘r suratlar, arzon narxlar qo‘yishadi, oldindan pul so‘rashadi va g‘oyib bo‘lishadi. Qanday qilib firibgarlarga tushib qolmaslik haqida gaplashamiz.
Narxiga aldanib qolmang. Avval boshqa e’lonlarga ham qarang. OLX, DachaBor’dagi shunga o‘xshagan uylar qanday narxda taklif qilinayotganini solishtirib chiqing. Agar biror dacha narxi boshqalarnikidan ancha arzon bo‘lsa — ehtiyot bo‘ling. Bu “super narx” degani ko‘pincha feyk bo‘lib chiqadi.
Rasmni internetda tekshirib ko‘ring. Google yoki Yandex orqali rasmni yuklab qidiring. Agar ayni surat boshqa shahar yoki davlatdagi uy e’loni sifatida chiqsa — demak, bu joy aslida mavjud emas. Firibgarlar ko‘pincha internetdan olingan chiroyli rasmlarni ishlatadi.
Izohlar va odamlar nima deyapti — shunga qarang. Facebook’dagi “Потребитель” guruhi yoki mahalliy guruhlarni qarab chiqing. Kimdir ijaraga olganmi, aldanib qolganmi — odatda yozib qoldiradi. Izoh yozgan odamning profiliga ham qarang: agar rasmi yo‘q, do‘sti yo‘q, posti yo‘q bo‘lsa — bu ham soxta profil bo‘lishi mumkin.
Video so‘rashdan uyalmang. Ishonchli odam uyni bemalol video orqali ko‘rsatadi. Hatto Telegram’da “doiracha” videolarni yuboradi. Agar “kameram ishlamayapti” yoki “hozir noqulay” desa — bu shubhali. Bugungi kunda telefoni bor odamda kamera ishlamasligi mumkin emas.
Shubha tug‘ildimi — pul yubormang. Ichingizda nimadir bezovta qildimi — demak, bunga sabab bor. Oldindan to‘lov qilishdan oldin biroz vaqt ajratib yana bir bor tekshirib chiqing. O‘zingizni tinchlantirib, keyin qaror qabul qiling. Ko‘pchilik “tezroq hal qilay” deb shoshadi va pulidan ayriladi.
Shoshilmang. Firibgarlar odatda sizni shoshiltirishga harakat qiladi: “yana 3 kishi band qilmoqchi”, “hozir olmasangiz, kech bo‘ladi”. Ishonmang. 300–500 ming so‘mni yo‘qotganingizdan ko‘ra, yarim soat qo‘shimcha vaqt ajratib, xotirjam tekshirganingiz yaxshi. Bu pulni keyin qaytarish oson bo‘lmaydi. Ichki ishlar xodimlari bu kabi summalarni jiddiy ko‘rib chiqmasligi mumkin.
Siz ham shunaqa e’lonlarni ko‘rganmisiz? Yoki tanish-bilish orqali dacha qidirasizmi?

❤4😡2👍1
Jennifer opaning konsertiga eng arzon chipta — 800 ming so‘m. Lekin o‘sha pulga yana nimalar qilish mumkin:
🔘 Bolalarga maktabga kiyim-kechak olib berish
🔘 Uyda 25 porsiya osh pishirib, hammani to‘ydirish
🔘 2 oyga yetadigan kommunal to‘lovni yopib qo‘yish
Yana nimalarga yetadi deb o‘ylaysiz?👇
Yana nimalarga yetadi deb o‘ylaysiz?👇
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤣45😁22👍19🔥7❤4
Yozda hamma Chorvoq yoki Toshkent dengiziga qarab yo‘lga chiqadi. Lekin har safar bir joyga boraverish ham zerikarli.
Bu safar yo‘nalishni o‘zgartirib, tabiat bag‘rida, odamlar kamroq boradigan, tinch va qiziqarli joylarni ko’rib chiqamiz 👇
www.nchpl.uz/uz/posts/otdih-v-azii
nechpul — Oʻzbekistonda nima, qayerda va qancha turishini bilamiz. Obuna boʻling!
Bu safar yo‘nalishni o‘zgartirib, tabiat bag‘rida, odamlar kamroq boradigan, tinch va qiziqarli joylarni ko’rib chiqamiz 👇
www.nchpl.uz/uz/posts/otdih-v-azii
nechpul — Oʻzbekistonda nima, qayerda va qancha turishini bilamiz. Obuna boʻling!
👍8❤4🔥2😍1
Yozning tugashiga ham 23 kun qoldi. Yana nimalarga ulgurish mumkin
Agar iyun va iyulni uyda va ishda o‘tkazgan bo‘lsangiz, avgustning oxirigacha ulgurishingiz mumkin bo‘lgan 5 ta joyni topdik.
Ochiq havoda piknik uyushtirib, o‘zbek pop-madaniyati yulduzlarini tinglash, ovqatlanish uchun o‘nlab tamaddixonalardan taomlarni tatib ko‘rish.
Qachon: 29-30-avgust
Qayerda: UzExpo Markazi
Narxi: 1-kunlik chipta — 60 000 so‘m, ikki kunlik chipta — 80 000 so‘m. Chiptalarni payme tickets’dan sotib olish mumkin.
Yozning asosiy vazifasini bajarish — ochiq havoda cho‘milish. Siz uchun shaharning eng yaxshi akvaparklari haqida ma’lumot yig‘ganmiz:
🔘 “Тoshkent” akvaparki,
🔘 Аtlantis,
🔘 Aqualand,
🔘 Faqat qizlar kirishi uchun mo‘ljallangan basseynlar.
Narxi: 100 000 so‘mdan 180 000 so‘mgacha. Bolalar uchun 50 000 so‘mdan 100 000 so‘mgacha.
Marvel yulduzi Shon Gann bilan suratga tushish, "Utopiya shou” («Утопия шоу») yutuberi bilan uchrashish, kospleylarni tomosha qilish, merch sotib olish.
Qachon: 10-avgust
Qayerda: Humo Arena
Narxi: kattalar uchun 245 000 so‘mdan boshlanadi, bolalar uchun esa 145 000 so‘m. Dastxat-sessiyalar chiptalari alohida sotiladi. 845 000 so‘mga VIP-chiptani xarid qilish mumkin.
Xuddi Gollivud blokbasteridagi kabi, qush parvozi balandligida daryo panoramasini ko‘rish va Toshkent dengizigacha uchib borish!
Qachon: istalgan sanadan 2 kun oldin, dam olish kunlarisiz
Qayerda: Sirdaryo shahri aeroporti
Narxi: 15 daqiqalik parvoz uchun 1 000 000 so‘m. Bir soat uchun 4 000 000 so‘m
Ochiq osmon ostida film tomosha qilish, keyin esa yulduzlar ostida Toshkent panoramasidan ilhom olish mumkin.
Qachon: har kuni 20:00 dan 00:00 gacha.
Qayerda: Sayoxat ko‘chasi, 2.
Narxi: bir kishi uchun 60 000 so‘mdan 80 000 so‘mgacha.
nechpul — Oʻzbekistonda nima, qayerda va qancha turishini bilamiz. Obuna boʻling!
Agar iyun va iyulni uyda va ishda o‘tkazgan bo‘lsangiz, avgustning oxirigacha ulgurishingiz mumkin bo‘lgan 5 ta joyni topdik.
Mazza Fest’ga borish 🌭
Ochiq havoda piknik uyushtirib, o‘zbek pop-madaniyati yulduzlarini tinglash, ovqatlanish uchun o‘nlab tamaddixonalardan taomlarni tatib ko‘rish.
Qachon: 29-30-avgust
Qayerda: UzExpo Markazi
Narxi: 1-kunlik chipta — 60 000 so‘m, ikki kunlik chipta — 80 000 so‘m. Chiptalarni payme tickets’dan sotib olish mumkin.
Akvaparkda cho‘milish 🌊
Yozning asosiy vazifasini bajarish — ochiq havoda cho‘milish. Siz uchun shaharning eng yaxshi akvaparklari haqida ma’lumot yig‘ganmiz:
Narxi: 100 000 so‘mdan 180 000 so‘mgacha. Bolalar uchun 50 000 so‘mdan 100 000 so‘mgacha.
Comic Con’ga borish 🦸🏻
Marvel yulduzi Shon Gann bilan suratga tushish, "Utopiya shou” («Утопия шоу») yutuberi bilan uchrashish, kospleylarni tomosha qilish, merch sotib olish.
Qachon: 10-avgust
Qayerda: Humo Arena
Narxi: kattalar uchun 245 000 so‘mdan boshlanadi, bolalar uchun esa 145 000 so‘m. Dastxat-sessiyalar chiptalari alohida sotiladi. 845 000 so‘mga VIP-chiptani xarid qilish mumkin.
Sirdaryo uzra uchish 🚁
Xuddi Gollivud blokbasteridagi kabi, qush parvozi balandligida daryo panoramasini ko‘rish va Toshkent dengizigacha uchib borish!
Qachon: istalgan sanadan 2 kun oldin, dam olish kunlarisiz
Qayerda: Sirdaryo shahri aeroporti
Narxi: 15 daqiqalik parvoz uchun 1 000 000 so‘m. Bir soat uchun 4 000 000 so‘m
Bino tomida film tomosha qilish 🎬
Ochiq osmon ostida film tomosha qilish, keyin esa yulduzlar ostida Toshkent panoramasidan ilhom olish mumkin.
Qachon: har kuni 20:00 dan 00:00 gacha.
Qayerda: Sayoxat ko‘chasi, 2.
Narxi: bir kishi uchun 60 000 so‘mdan 80 000 so‘mgacha.
nechpul — Oʻzbekistonda nima, qayerda va qancha turishini bilamiz. Obuna boʻling!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥8❤3❤🔥1👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
G‘alati yoki g‘alatimas: Qo‘ldan mashina sotib olish 🚘
Maslahatlaringiz bilan bo‘lishing!
nechpul — Oʻzbekistonda nima, qayerda va qancha turishini bilamiz. Obuna boʻling!
Maslahatlaringiz bilan bo‘lishing!
nechpul — Oʻzbekistonda nima, qayerda va qancha turishini bilamiz. Obuna boʻling!
🔥7❤2😁1
Mashina olayotganda eng muhimi — pushaymon bo‘lmaslik. Pulingizni shamolga sovurmaslik uchun, oldindan yaxshilab tekshirish shart.
Siz uchun oddiy va tushunarli tekshiruv ro‘yxatini tuzdik — xizmat ko‘rsatishdan tortib, yashirin nosozliklargacha.
O‘qing va bozordan mashina olmoqchi bo‘lgan tanishlaringizga ham yuboring👇
www.nchpl.uz/uz/posts/kak-proverit-mashinu
Siz uchun oddiy va tushunarli tekshiruv ro‘yxatini tuzdik — xizmat ko‘rsatishdan tortib, yashirin nosozliklargacha.
O‘qing va bozordan mashina olmoqchi bo‘lgan tanishlaringizga ham yuboring
www.nchpl.uz/uz/posts/kak-proverit-mashinu
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
www.nchpl.uz
Sotib olishdan oldin mashinani qanday tekshirish kerak
Yashirin muammolarni aniqlashga yordam beradigan oddiy chek list
👍6❤2💯2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Magic City'da 100 ming so'mga… yoki cheksiz Salom Card bilan nimalar qilsa bo'ladi? 🏰
Biz bu savolga ekspertka Dasha bilan tekshirdik: unga oyisi karta berdib “xohlaganingcha dam ol” dedi.
Sizningcha, kim vaqtini qiziqarliroq o‘tkazdi? Va qaysi parkka keyingi obzorni qilaylik? 👇
nechpul — Oʻzbekistonda nima, qayerda va qancha turishini bilamiz. Obuna boʻling!
Biz bu savolga ekspertka Dasha bilan tekshirdik: unga oyisi karta berdib “xohlaganingcha dam ol” dedi.
Sizningcha, kim vaqtini qiziqarliroq o‘tkazdi? Va qaysi parkka keyingi obzorni qilaylik? 👇
nechpul — Oʻzbekistonda nima, qayerda va qancha turishini bilamiz. Obuna boʻling!
3🔥5❤4👍3👎1
Kvartirani ijaraga berishda qanday aldashadi? 🗝
Uy-joy ijarasi oddiy ko‘ringani bilan, bu sohada firibgarlik juda ko‘p uchraydi. Odamlar hamon bitta xil “sxemalarga” qayta-qayta tushib qolishadi. Quyida eng ko‘p uchraydigan hollar haqida gaplashamiz.
Siz chiroyli e’lonni ko‘rdingiz, kvartira ham yoqdi. Lekin rieltor “bu uyga navbat bor” deb, joyni bron qilish uchun oldindan pul so‘raydi. Siz pulni yuborasiz… va shu bilan hammasi tugaydi. Telefoningiz bloklanadi, rieltor yo‘qoladi. Bunday voqea real hayotda ham bo‘lgan: 2022-yilda Toshkentda bir firibgar 15 nafar odamni aldagan. Odamlar unga 500 mingdan 2 million so‘mgacha pul o‘tkazgan, u esa shunchaki yo‘qolgan.
Nima qilish kerak? Kvartirani o‘z ko‘zingiz bilan ko‘rmasdan hech qachon pul bermang. To‘lovni faqat uy egasiga yuboring, iloji bo‘lsa tilxat yozdirib oling yoki pulni egasining kartasiga yuboring.
Yana bir keng tarqalgan vaziyat: ko‘rganda kvartira yaxshi ko‘rinadi, hammasi joyida. Lekin ko‘chib kirganingizda mikroto‘lqinli pech yo‘qolgan, suv o‘chirilgan yoki plintus ostidan qandalalar chiqib qoladi.
Bunday paytda avvalo uy egasi bilan gaplashib ko‘ring. Balki u muammoni bilmagan va uni hal qilishga yoki pulni qaytarishga tayyor bo‘lar. Agar kelisholmasangiz, ikkita yo‘l qoladi: muammoni o‘z hisobingizdan hal qilish yoki sud orqali shartnomani bekor qilib, tovon puli talab qilish qoladi.
Nima qilish kerak? Kvartirani ko‘rishga borganda hamma narsani sinchiklab tekshiring: suvni yoqing, shkaflarni ochib qarang, matras ostini ko‘ring, plintus va mebellarni ko‘zdan kechiring.
Garov puli — ijarada odatiy amaliyot. Odatda bir oylik ijara summasi olinadi va bu uy egasining sug‘urtasi hisoblanadi: agar biror narsani buzsangiz, o‘sha puldan qoplanadi. Lekin ba’zan kvartirani chiroyli holatda qaytarsangiz ham, turli bahonalar bilan pulni berishmaydi. Masalan, “kranni sindirgansiz” yoki “mebelni tirnabsiz” degan gaplar chiqadi.
Agar uyni shartnomasiz ijaraga olgan bo‘lsangiz, garovni qaytarib olish deyarli imkonsiz. Chunki pulni berganingizni isbotlash qiyin bo‘ladi. Shartnoma bo‘lsa, imkoniyat ko‘proq, lekin shunda ham dalillar kerak.
Nima qilish kerak? Kvartiraga kirishdan oldin mebel va texnikaning ro‘yxatini tuzib, uni shartnomaga qo‘shing. Xonani rasm va videoga olib qo‘ying — qaysi jihoz bor, qanday holatda ekanini yozib qo‘ying. Qonun bo‘yicha foto, video va audio dalillar hujjat sifatida qabul qilinadi.
Yana bir yo‘l: shartnomaga garovni asossiz qaytarmaslik haqida band kiritish. Masalan, shunday yozish mumkin:
Bunday band borligi ijaraga beruvchilar bilan halol munosabatda bo‘lishga va kamroq aldanishga yordam beradi.
nechpul — Oʻzbekistonda nima, qayerda va qancha turishini bilamiz. Obuna boʻling!
Uy-joy ijarasi oddiy ko‘ringani bilan, bu sohada firibgarlik juda ko‘p uchraydi. Odamlar hamon bitta xil “sxemalarga” qayta-qayta tushib qolishadi. Quyida eng ko‘p uchraydigan hollar haqida gaplashamiz.
Rieltor “zaklad” bilan yo‘qolib qoldi 💸
Siz chiroyli e’lonni ko‘rdingiz, kvartira ham yoqdi. Lekin rieltor “bu uyga navbat bor” deb, joyni bron qilish uchun oldindan pul so‘raydi. Siz pulni yuborasiz… va shu bilan hammasi tugaydi. Telefoningiz bloklanadi, rieltor yo‘qoladi. Bunday voqea real hayotda ham bo‘lgan: 2022-yilda Toshkentda bir firibgar 15 nafar odamni aldagan. Odamlar unga 500 mingdan 2 million so‘mgacha pul o‘tkazgan, u esa shunchaki yo‘qolgan.
Nima qilish kerak? Kvartirani o‘z ko‘zingiz bilan ko‘rmasdan hech qachon pul bermang. To‘lovni faqat uy egasiga yuboring, iloji bo‘lsa tilxat yozdirib oling yoki pulni egasining kartasiga yuboring.
Kvartirada yashashning iloji bo‘lmadi 🏚
Yana bir keng tarqalgan vaziyat: ko‘rganda kvartira yaxshi ko‘rinadi, hammasi joyida. Lekin ko‘chib kirganingizda mikroto‘lqinli pech yo‘qolgan, suv o‘chirilgan yoki plintus ostidan qandalalar chiqib qoladi.
Bunday paytda avvalo uy egasi bilan gaplashib ko‘ring. Balki u muammoni bilmagan va uni hal qilishga yoki pulni qaytarishga tayyor bo‘lar. Agar kelisholmasangiz, ikkita yo‘l qoladi: muammoni o‘z hisobingizdan hal qilish yoki sud orqali shartnomani bekor qilib, tovon puli talab qilish qoladi.
Nima qilish kerak? Kvartirani ko‘rishga borganda hamma narsani sinchiklab tekshiring: suvni yoqing, shkaflarni ochib qarang, matras ostini ko‘ring, plintus va mebellarni ko‘zdan kechiring.
Kvartiradan ko‘chishda uy egasi garov pulini qaytarmaydi 🛋
Garov puli — ijarada odatiy amaliyot. Odatda bir oylik ijara summasi olinadi va bu uy egasining sug‘urtasi hisoblanadi: agar biror narsani buzsangiz, o‘sha puldan qoplanadi. Lekin ba’zan kvartirani chiroyli holatda qaytarsangiz ham, turli bahonalar bilan pulni berishmaydi. Masalan, “kranni sindirgansiz” yoki “mebelni tirnabsiz” degan gaplar chiqadi.
Agar uyni shartnomasiz ijaraga olgan bo‘lsangiz, garovni qaytarib olish deyarli imkonsiz. Chunki pulni berganingizni isbotlash qiyin bo‘ladi. Shartnoma bo‘lsa, imkoniyat ko‘proq, lekin shunda ham dalillar kerak.
Nima qilish kerak? Kvartiraga kirishdan oldin mebel va texnikaning ro‘yxatini tuzib, uni shartnomaga qo‘shing. Xonani rasm va videoga olib qo‘ying — qaysi jihoz bor, qanday holatda ekanini yozib qo‘ying. Qonun bo‘yicha foto, video va audio dalillar hujjat sifatida qabul qilinadi.
Yana bir yo‘l: shartnomaga garovni asossiz qaytarmaslik haqida band kiritish. Masalan, shunday yozish mumkin:
“Ijara muddati tugagandan so‘ng Ijaraga beruvchi tomonidan garov asossiz ravishda qaytarilmagan taqdirda, Ijaraga beruvchi shartnoma bekor qilingan kundan keyingi kundan boshlab qaytarish muddati o‘tkazib yuborilgan har bir to‘liq kalendar oy uchun Ijaraga oluvchiga garov summasining ikki baravari miqdorida kompensatsiya to‘lash majburiyatini o‘z zimmasiga oladi.
Kompensatsiya Ijaraga beruvchini garovni to‘liq hajmda qaytarish majburiyatidan ozod qilmaydi”
Bunday band borligi ijaraga beruvchilar bilan halol munosabatda bo‘lishga va kamroq aldanishga yordam beradi.
nechpul — Oʻzbekistonda nima, qayerda va qancha turishini bilamiz. Obuna boʻling!
1💯8👍4❤3
nechpul — pul haqidagi media
GIF
Tasavvur qiling: sizga jarima kelib tushdi, lekin qoidani buzmaganingiz aniq. Demak, tizimda xatolik bo‘lgan. Endi nima qilasiz?
Anonymous Poll
21%
Asabni asrab, to‘lab yuboraman
64%
Yo‘q, adolat uchun kurashaman! E’tiroz bildiraman
14%
"GAI"dagi tanishimga qo‘ng‘iroq qilaman
Ba’zan jarima sizga adashib kelishi ham mumkin. Bunday paytda uni e’tiroz qilib bekor qildirish huquqingiz bor 🚙
Buni qanday qilish mumkin?
1️⃣ my.gov.uz orqali onlayn yuborasiz.
2️⃣ Yoki YHXBga shaxsan borasiz, elektron xat orqali ham topshirish mumkin.
E’tibor bering: shikoyatni qaror chiqqan kundan boshlab 10 kun ichida topshirish kerak. Arizangiz ko‘rib chiqilayotgan vaqtida jarimani to‘lash shart emas. Lekin hujjatlar noto‘g‘ri rasmiylashtirilsa, shikoyat rad qilinishi mumkin.
Maqolada qaysi hujjatlar kerak bo‘lishi va shikoyatni qanday to‘g‘ri yozish kerakligi haqida aniq ko‘rsatmalar bor👇
www.nchpl.uz/uz/posts/avtojarima
Buni qanday qilish mumkin?
1️⃣ my.gov.uz orqali onlayn yuborasiz.
2️⃣ Yoki YHXBga shaxsan borasiz, elektron xat orqali ham topshirish mumkin.
E’tibor bering: shikoyatni qaror chiqqan kundan boshlab 10 kun ichida topshirish kerak. Arizangiz ko‘rib chiqilayotgan vaqtida jarimani to‘lash shart emas. Lekin hujjatlar noto‘g‘ri rasmiylashtirilsa, shikoyat rad qilinishi mumkin.
Maqolada qaysi hujjatlar kerak bo‘lishi va shikoyatni qanday to‘g‘ri yozish kerakligi haqida aniq ko‘rsatmalar bor
www.nchpl.uz/uz/posts/avtojarima
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
www.nchpl.uz
O‘zbekistonda avtomobil jarimasiga qanday e’tiroz bildiriladi
Yoki jarima to‘langan bo‘lsa, pulni qaytarish mumkinmi?
❤4👍4💯3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Toshkentda ijaraga 300$ gacha bo‘lgan kvartira qidirib OLX’ga kirdik
Qaysi birini tanlaymiz? 😁
Qaysi birini tanlaymiz? 😁
😁19🤣7👍3🤯2
Kvartira ijaraga olish faqatgina mos variantni topish degani emas.
Ba’zida ijara bosh og‘rig‘iga aylanishi mumkin, ayniqsa hujjatlar tekshirilmasa yoki shartlar aniq belgilanmasa. Biz pulni yo‘qotmaslik va ko‘chada qolmaslik uchun tushunarli yo‘riqnoma tayyorladik.
👉 www.nchpl.uz/uz/posts/arenda?utm_source=tg
Ba’zida ijara bosh og‘rig‘iga aylanishi mumkin, ayniqsa hujjatlar tekshirilmasa yoki shartlar aniq belgilanmasa. Biz pulni yo‘qotmaslik va ko‘chada qolmaslik uchun tushunarli yo‘riqnoma tayyorladik.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
www.nchpl.uz
Kvartirani to‘g‘ri ijaraga olish
Firibgarlarga aldanib qolmaslik va mulk egasining o‘zboshimchaligiga qurbon bo‘lmaslik uchun ehtiyot bo‘ling
❤3👍1🙏1
Ijara uchun kvartirani qayerdan izlash kerak? 👁 👁
Variantlar ko‘p: e’lon saytlaridan, telegram kanallaridan yoki rieltorlar orqali topishingiz mumkin. Har bir usulning o‘ziga yarasha qulayliklari ham, xavflari ham bor.
E’lonlar. Eng mashhur sayt — OLX. Lekin u yerdagi ko‘pchilik e’lonlarni aslida agentlar joylashtiradi. Ular kvartira haqida bo‘rttirib yozishi, narxni ataylab pastroq ko‘rsatishi yoki to‘liq bo‘lmagan ma’lumot berishi mumkin — maqsad shunchaki sizni qo‘ng‘iroq qilishga majbur qilish.
Biroq boshqa variantlar ham bor. Masalan, realting.uz saytida e’lonlar anchagina ko‘p va narxlar ham haqiqatga yaqin ko‘rinadi. Hattoki u yerdagi izohlarda odamlar kvartira topib olgani haqida yozib qoldirishadi — bu esa saytdagi ma’lumotlarga nisbatan ishonch uyg‘otadi.
Telegram kanallar. Bu, uy-joy topishning eng qulay usullaridan biri. Ba’zida to‘g‘ridan-to‘g‘ri mulkdor bilan kelishish va rieltorning komissiyasiga xarajat qilmaslik mumkin. Lekin, bu yerda ham vositachilar ko‘p.
Quyida kvartira qidirish kanallari keltirilgan:
🟢 «KVARTIRA TOSHKENT ARENDA IJARA»;
🟢 «KVARTIRA TOSHKENT ARENDA MAKLER»;
🟢 «Kvartiralar ijarasi | Аренда квартир 24/7»;
Shuningdek, mos variantni kutmasdan, guruh chatlarida, masalan, relokantlar chatida o‘zingiz so‘rov yuborishingiz mumkin — sizga mos variantlar yuboriladi.
Agar o‘zingiz qidirishga vaqt sarflashni istamasangiz, filtrli telegram-botni ulashingiz mumkin: u, sozlamalaringiz asosida variantlarni tanlaydi va e’lonlar chiqishi bilanoq ularni sizga yuboradi. Bu, yaxshi kvartiralarni qo‘ldan boy bermaslikka yordam beradi — ayniqsa, agar siz uy-joy tezda band bo‘ladigan mashhur hududda qidirayotgan bo‘lsangiz.
Vaqtingizni tejashni istasangiz, filtrli telegram-botlardan foydalanishingiz mumkin: ular siz belgilagan mezonlarga qarab e’lonlarni saralab beradi va yangisi chiqishi bilan sizga yuboradi. Ayniqsa, mashhur hududlarda kvartiralar tez band bo‘lib ketadigan paytda bu usul juda asqotadi.
Ko‘chmas mulk agentliklari yoki xususiy rieltorlar. Bunda ehtiyotkorlik muhim. Agar vositachi bilan ishlashni xohlasangiz, professional assotsiatsiyaga a’zo bo‘lgan rieltorga murojaat qiling. Ularning qo‘lida QR-kodli ID-karta bo‘ladi va uning haqiqiyligini tekshirish mumkin. Bu, hech bo‘lmaganda, odam rasmiy ishlayotganini va bitimdan keyin g‘oyib bo‘lib ketmasligini kafolatlaydi.
Hozircha ikkita assotsiatsiya mavjud:
1️⃣ Rieltorlik tashkilotlari uyushmasi saytida a’zolar ro‘yxati bor.
2️⃣ O‘zbekiston rieltorlari gildiyasi: boshlang‘ich sahifada ham gildiya a’zolarining qisqa ro‘yxati mavjud, lekin kengaytirilgan reyestr ochilmaydi; gildiyaga a’zolik yiliga 100 000 so‘mni tashkil etadi va ID-karta olish huquqini beradi.
Xususiy rieltorlar bilan esa yanada ehtiyot bo‘lish kerak, chunki firibgarlik ko‘p hollarda aynan ular orasida uchraydi. Eng yaxshi yo‘l — tanishlaringiz tavsiya qilgan vositachi bilan ishlash. Agar kimdir u orqali kvartira topib rozi bo‘lsa, bu siz uchun ham ma’lum bir kafolat bo‘ladi. Internetdan notanish odamga ishonishdan ko‘ra, tavsiyaga tayanish xavfsizroq.
nechpul — Oʻzbekistonda nima, qayerda va qancha turishini bilamiz. Obuna boʻling!
Variantlar ko‘p: e’lon saytlaridan, telegram kanallaridan yoki rieltorlar orqali topishingiz mumkin. Har bir usulning o‘ziga yarasha qulayliklari ham, xavflari ham bor.
E’lonlar. Eng mashhur sayt — OLX. Lekin u yerdagi ko‘pchilik e’lonlarni aslida agentlar joylashtiradi. Ular kvartira haqida bo‘rttirib yozishi, narxni ataylab pastroq ko‘rsatishi yoki to‘liq bo‘lmagan ma’lumot berishi mumkin — maqsad shunchaki sizni qo‘ng‘iroq qilishga majbur qilish.
Biroq boshqa variantlar ham bor. Masalan, realting.uz saytida e’lonlar anchagina ko‘p va narxlar ham haqiqatga yaqin ko‘rinadi. Hattoki u yerdagi izohlarda odamlar kvartira topib olgani haqida yozib qoldirishadi — bu esa saytdagi ma’lumotlarga nisbatan ishonch uyg‘otadi.
Telegram kanallar. Bu, uy-joy topishning eng qulay usullaridan biri. Ba’zida to‘g‘ridan-to‘g‘ri mulkdor bilan kelishish va rieltorning komissiyasiga xarajat qilmaslik mumkin. Lekin, bu yerda ham vositachilar ko‘p.
Quyida kvartira qidirish kanallari keltirilgan:
Shuningdek, mos variantni kutmasdan, guruh chatlarida, masalan, relokantlar chatida o‘zingiz so‘rov yuborishingiz mumkin — sizga mos variantlar yuboriladi.
Agar o‘zingiz qidirishga vaqt sarflashni istamasangiz, filtrli telegram-botni ulashingiz mumkin: u, sozlamalaringiz asosida variantlarni tanlaydi va e’lonlar chiqishi bilanoq ularni sizga yuboradi. Bu, yaxshi kvartiralarni qo‘ldan boy bermaslikka yordam beradi — ayniqsa, agar siz uy-joy tezda band bo‘ladigan mashhur hududda qidirayotgan bo‘lsangiz.
Vaqtingizni tejashni istasangiz, filtrli telegram-botlardan foydalanishingiz mumkin: ular siz belgilagan mezonlarga qarab e’lonlarni saralab beradi va yangisi chiqishi bilan sizga yuboradi. Ayniqsa, mashhur hududlarda kvartiralar tez band bo‘lib ketadigan paytda bu usul juda asqotadi.
Ko‘chmas mulk agentliklari yoki xususiy rieltorlar. Bunda ehtiyotkorlik muhim. Agar vositachi bilan ishlashni xohlasangiz, professional assotsiatsiyaga a’zo bo‘lgan rieltorga murojaat qiling. Ularning qo‘lida QR-kodli ID-karta bo‘ladi va uning haqiqiyligini tekshirish mumkin. Bu, hech bo‘lmaganda, odam rasmiy ishlayotganini va bitimdan keyin g‘oyib bo‘lib ketmasligini kafolatlaydi.
Hozircha ikkita assotsiatsiya mavjud:
Xususiy rieltorlar bilan esa yanada ehtiyot bo‘lish kerak, chunki firibgarlik ko‘p hollarda aynan ular orasida uchraydi. Eng yaxshi yo‘l — tanishlaringiz tavsiya qilgan vositachi bilan ishlash. Agar kimdir u orqali kvartira topib rozi bo‘lsa, bu siz uchun ham ma’lum bir kafolat bo‘ladi. Internetdan notanish odamga ishonishdan ko‘ra, tavsiyaga tayanish xavfsizroq.
nechpul — Oʻzbekistonda nima, qayerda va qancha turishini bilamiz. Obuna boʻling!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3🔥3👍2
💰💰💰 Eng qimmat joylar – Shayxontohur va Mirobod. Bu tumanlarda bir xonali uy ijarasi o‘rtacha960 va 855 dollar turadi. Yunusobod ham markazga yaqin, lekin biroz arzonroq: bu yerda uy ijarasi o‘rtacha 788 dollar. Taqqoslash uchun, butun Toshkent bo‘yicha bir xonali uy narxi 437 dollar atrofida.
Shunday qilib, markazdagi kvartiralarni ijaraga beradigan mulkdorlar yaxshi daromad qilishlari mumkin.
💰💰 O‘rtacha narxdagi tumanlar orasida Sergeli va Mirzo Ulug‘bek ajralib turadi. Sergelida hozircha narx pastroq – o‘rtacha 678 dollar. Tuman tez rivojlanayotganini hisobga olsak, vaqt o‘tib narxlar oshishi ham mumkin.
Mirzo Ulug‘bekda esa uylarning tanlovi keng va yetib olish qulay. Bu yerda bir xonali kvartira o‘rtacha 676 dollar.
💰 Arzonroq ijara izlayotganlar uchun Yashnobod qulay variant bo‘lishi mumkin. Yashnobodda bir xonali uy 562 dollar atrofida. To‘g‘ri, bu yerda qurilish zich va eski kvartiralar ko‘p uchraydi.
Chilonzorda esa tanlov doim keng va narx yanada past – o‘rtacha 544 dollar.
* realting.uz tadqiqoti ma’lumotlariga asoslanib.
Siz kvartirani ijaraga berasizmi yoki olasizmi? Izohlarda narxlar haqida o‘z fikringizni yozing👇
nechpul — Oʻzbekistonda nima, qayerda va qancha turishini bilamiz. Obuna boʻling!
Shunday qilib, markazdagi kvartiralarni ijaraga beradigan mulkdorlar yaxshi daromad qilishlari mumkin.
💰💰 O‘rtacha narxdagi tumanlar orasida Sergeli va Mirzo Ulug‘bek ajralib turadi. Sergelida hozircha narx pastroq – o‘rtacha 678 dollar. Tuman tez rivojlanayotganini hisobga olsak, vaqt o‘tib narxlar oshishi ham mumkin.
Mirzo Ulug‘bekda esa uylarning tanlovi keng va yetib olish qulay. Bu yerda bir xonali kvartira o‘rtacha 676 dollar.
💰 Arzonroq ijara izlayotganlar uchun Yashnobod qulay variant bo‘lishi mumkin. Yashnobodda bir xonali uy 562 dollar atrofida. To‘g‘ri, bu yerda qurilish zich va eski kvartiralar ko‘p uchraydi.
Chilonzorda esa tanlov doim keng va narx yanada past – o‘rtacha 544 dollar.
* realting.uz tadqiqoti ma’lumotlariga asoslanib.
Siz kvartirani ijaraga berasizmi yoki olasizmi? Izohlarda narxlar haqida o‘z fikringizni yozing

👍3❤2💯1