Navoiy viloyati maktabgacha ta'lim tizimi axborot kanali
952 subscribers
7.1K photos
715 videos
41 files
1.43K links
Navoiy viloyati Maktabgacha ta'lim boshqarmasi e'lonlar va yangiliklar kanali
🌍 Веб сайт: navoimtb.uz
🔷 Facebook: fb.com/navoiyviloyat.maktabgachatb
🌟 Алоқа учун: t.me/navoiymtb_bot
📞Телефон: +998792201281
Download Telegram
#Shaxmat_kunlari
#Tuman_bosqichi

Joriy yil 27-iyun kuni Tomdi tumanida maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari va ishchi-xodimlar o‘rtasida “Shaxmat kunlari” musobaqasining tuman bosqichi o‘tkazildi.
🔹3-davlat MTT tarbiyalanuvchisi B. Zeynedullayev 1-o‘rinni egalladi. 4-davlat MTT tarbiyalanuvchisi A. Shalqarbayev 2-o‘rin deb topildi. 1-davlat MTT tarbiyalanuvchisi Sh. Nurlibayevga 3-o‘rin nasib etdi.
🔹Maktabgacha ta’lim tizimi xodimlari o‘rtasida o‘tkazilgan musobaqa natijalariga ko‘ra, 1-o‘rinni 4-davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi M. Ashirbayeva egalladi.

Qiziltepa tumanidagi 36-davlat MTTda ishchi xodimlar o‘rtasida shaxmat musobaqasining tuman bosqichi o‘tkazildi.
🔹Natijalariga ko‘ra, 1-o‘rinni Tinchlik yoshlari davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat MTT sport yo'riqchisi U. Xosilov, 2-o‘rinni 14-davlat MTT musiqa rahbari T. Zayniyev, 3-o‘rinni 20-davlat MTT sport yo'riqchisi O‘.Hakimova egalladi.

🏆G‘oliblar bo‘limning diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati.
Forwarded from Didaktik qo’llanma
Sizni va O'zbekistonning barcha musulmonlarini ulug’ Qurbon Hayiti ayyomi bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz! Ushbu muqaddas bayram qadimiy insoniylik an'analarini o'zida mujassam etgan bo'lib, bu yaratuvchanlikning asosi bo'lmish rahm-shafqatning namunasidir.
Sizga chin dildan baxt va totuvlik, ma'naviy va jismoniy yuksalish, oilangizda sihat-salomatlik va farovonlik hukm surishi, farovonlik va muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.

O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim agentligi

****
От всего сердца поздравляем Вас и всех мусульман Узбекистана с Великим праздником Курбан хайит! Этот светлый праздник знаменует собой старинную гуманистическую традицию, которая является примером милосердия и созидания.
Искренне желаем счастья, гармонии и духовных сил, крепкого здоровья и благосостояния в семьях, благополучия и успехов.

Агентство дошкольного образования Республики Узбекистан
#Xushxabar

Kuni kecha Samarqand shahrida mental arifmetika bo‘yicha o‘tkazilgan respublika ochiq olimpiadasida Nurota tumanidagi 10-davlat MTT tarbiyalanuvchisi Toshqulov Muhammadali oliy o'rinni qo'lga kiritdi.

U 5-6 yosh toifasida 50 ta misolni 2 minut 47 sekundda bajarib, raqiblarini ortda qoldirdi.

Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#30_iyun_Yoshlar_kuni

⚡️Yoshlar bayrami munosabati bilan Navoiy shahridagi 26-davlat MTT jamoasi tomonidan mazkur videorolik tayyorlandi.

She’r muallifi Latofat Rajabova.

Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.
YOSH SHAXMATCHILAR G‘OLIBLIK UCHUN BELLASHDI

Joriy yilning 5-iyun kuni Navoiy shahridagi “Yoshlar markazi”da maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari o‘rtasida shaxmat musobaqasining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

🔰Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 14-yanvardagi “Shaxmatni yanada rivojlantirish va ommaviylashtirish hamda shaxmatchilarni tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Maktabgacha taʼlim agentligining 2023-yil 19-iyundagi “Maktabgacha taʼlim tizimi xodimlari va maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari oʻrtasida “Shaxmat kunlari”ni oʻtkazib borish toʻgʻrisida”gi 58–sonli buyrug‘i ijrosini ta‘minlash maqsadida o‘tkazilgan musobaqada tuman (shahar) bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 5-7 yoshli 21 nafar tarbiyalanuvchi bellashdi.

Jajji shaxmatchilar 5 tur asosida dona surib, qizgʻin bahslashdi.

O‘yin yakuniy natijalariga ko‘ra:

🙍🏻‍♂️O‘g‘il bola tarbiyalanuvchilar o‘rtasida,

🥇-o‘rin Navoiy shahridagi “Yangi avlod” oilaviy nodavlat MTT tarbiyalanuvchisi Muxsin Komilov;
🥈-o‘rin Navbahor tumanidagi “Aqlli bolalar” oilaviy nodavlat MTT tarbiyalanuvchisi Bahodir Erkinov;
🥉-o‘rin Qiziltepa tumanidagi “Tinchlik yoshlari” davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat MTT tarbiyalanuvchi Ibrohim Asadillayevga nasib etdi.

👩🏻Qiz bola tarbiyalanuvchilar o‘rtasida,

🥇-o‘rin Navoiy shahridagi 31-davlat MTT tarbiyalanuvchisi Xushnoza Murodillayeva;
🥈-o‘rin Xatirchi tumanidagi 7-davlat MTT tarbiyalanuvchisi Gulbahor Raxmatova;
🥉-o‘rin Karmana tumanidagi 15-davlat MTT tarbiyalanuvchisi Elnura Erkinovaga nasib etdi.

🔖Ma’lumot uchun: I o‘rinni qo‘lga kiritgan ishtirokchilar respublika bosqichida viloyatimiz sha’nini himoya qiladi.

🏆G‘olib va sovrindor bolajonlarga boshqarmaning diplom va esdalik sovgʻalari topshirildi.

Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati.