Navoiy viloyati maktabgacha ta'lim tizimi axborot kanali
1.05K subscribers
7.1K photos
715 videos
41 files
1.43K links
Navoiy viloyati Maktabgacha ta'lim boshqarmasi e'lonlar va yangiliklar kanali
🌍 Веб сайт: navoimtb.uz
🔷 Facebook: fb.com/navoiyviloyat.maktabgachatb
🌟 Алоқа учун: t.me/navoiymtb_bot
📞Телефон: +998792201281
Download Telegram
🔆BOLAJONLARNING QUVONCHI CHEKSIZ🔅
Joriy yilning 9 sentyabr kuni Uchquduq tumanidagi “Aytim” MFYdagi mukammal ta’mirlash ishlari yakunlangan 15-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti bolajonlar ixtiyoriga foydalanishga topshirildi.
❇️Maktabgacha ta’lim tashkilotining ochilishida tuman hokimi S. Xamraev, sektor rahbarlari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etib, o‘zlarining samimiy tilaklarini bildirishdi.
❇️Ma’lumot uchun, ushbu tashkilotda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 18 martdagi “2022–2026 yillarda “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qaroriga asosan 2 milliard 742 million 187 ming so‘mlik qurilish, ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.
❇️Ta’lim tashkilotida bolajonlarni har tomonlama barkamol etib tarbiyalash uchun barcha sharoitlar yaratildi. Mashg‘ulot xonalari zarur jihozlar, ko‘rgazmali qurollar, o‘quv qo‘llanmalari bilan ta’minlandi.

Navoiy viloyati Maktabgacha ta’lim boshqarmasi matbuot xizmati.
⭐️150 o‘rinli maktabgacha ta'lim tashkiloti o‘z faoliyatini boshladi

Zarafshon shahridagi Alisher Navoiy mahalla fuqarolar yig‘ida zamonaviy, barcha qulayliklarga ega 11-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti o'z faoliyatini boshladi.
❇️Uning ochilish marosimida viloyat hokimi o‘rinbosari Ya.Dushanov, shahar hokimi N.Raxmanovlar nafaqat shahar, tuman markazlari, balki olis hududlargacha barcha sohalar kabi maktabgacha ta’lim tizimi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar xususida so‘zga yuritshdi.
❇️Mazkur ta’lim tashkilotini qurilish, ta’mirlash ishlari uchun “Obod mahalla” davlat dasturi asosida 2 milliard 900 million so‘m mablag‘ ajratildi. 150 o‘ringa mo‘ljallangan muassasada bolajonlar uchun o‘yin maydonchalari, oshxona, musiqa va mashg‘ulot xonalari mavjud.
⭐️Ma’lumot uchun, shaharda 20 ta davlat, 18 ta nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyat yuritmoqda. 3-7 yoshli bolalar soni 7255 nafarni tashkil etadi. Ularning 97,7 foizi maktabgacha ta’limga qamrab olingan. Yil oxirigacha bu ko‘rsatkich 100 foizga etkazilishi rejalashtirilgan

Navoiy viloyati Maktabgacha ta’lim boshqarmasi matbuot xizmati.
RASMIY MUNOSABAT
✍️Navoiy viloyati Maktabgacha ta’lim boshqarmasi, ayrim ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan “Navoiyda bir bog‘chada 20 nafar bola kasallandi. Holatga yegulik sabab bo‘lishi mumkin” sarlavhali ma’lumotlar yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi.
🔰Karmana tumanidagi 6-sonli davlat MTT (direktori U.D.Zokirova) 1991 yilda loyiha asosida qurilgan bo‘lib, 12 ta kuni uzaytirilgan va 2 ta qisqa guruhlarda jami 331 nafar tarbiyalanuvchilar mavjud.
✳️MTTda 2022 yilning yanvaridan boshlab tarbiyalanuvchilarni ovqatlantirish autsorsing usulida tashkil etilgan bo‘lib, ”KIDS MAXI FOOD NAVOIY” MChJ (rahbari P.Axmedov) tomonidan xizmat ko‘rsatib kelinmoqda.
✳️Dastlabki olingan ma'lumotga ko‘ra, joriy yilning 8-9 sentyabr kunlari turli vaqt oralig‘ida mazkur MTTning turli guruhlaridagi 21 nafar tarbiyalanuvchilarining ota-onalari tomonidan tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli yuqumli kasalliklar bo‘limiga ayrimlarida tana haroratini ko‘tarilishi, qayd qilish va ich ketish kabi shikoyatlar bilan olib kelingan hamda ular tegishli mutaxassislar tomonidan belgilangan tartibda ko‘rikdan o‘tkazilgan va ko‘rik natijalariga ko‘ra, ularning 10 nafariga o‘sha vaqtni o‘zida tegishli tavsiyalar berilib uylariga javob berilgan. Qolgan 11 nafariga esa “oshqozon-ichak faoliyatini funksional buzilishi tashxisi qo‘yilib, shifoxonaga yotqizilgan va ularga belgilangan stadartlar bo‘yicha davo muolajalari olib borilgan. Hozirgi vaqtga kelib, mutaxassislarning tegishli xulosasiga ko‘ra, ularning 10 nafari qoniqarli holatda shifoxonadan chiqarilgan. Qolgan 1 nafari esa davo muolajalarini davom ettirmoqda va ahvoli o‘rtacha yengil.
✳️Shuningdek, hozirda mazkur holat bo‘yicha vakolatli va mas’ul organlar xabardor qilingan bo‘lib, tegishli tartibda o‘rganish va dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Xususan, hozirda viloyat SEO va JSX boshqarmasi va Karmana tumani markazi mas’ul xodimlari tomonidan 6-sonli davlat MTTda7 sentyabr kuni tarbiyalanuvchilarga berilgan (tayyorlangan va pishirilgan) oziq-ovqatlarni sinamalari olinib, ulardan tahlillar olinish uchun tegishli tartibda labaratoriya tekshiruviga berilgan.
✳️Shu holat bo‘yicha tibbiyot xodimlaridan iborat harakatdagi mobil guruh tashkil etilib, MTTga kelmagan tarbiyalanuvchilarning yashash manzillariga borilib, ularning holati o‘rganilib, shikoyati bo‘lgan bolalarga tegishli tibbiy yordam va tavsiyalar ko‘rsatilishi tashkil etilgan.
Mazkur davlat MTTning faoliyati tegishli tartibda 2022 yilning 10 sentyabridan boshlab vaqtincha to‘xtatilgan.
✳️Bundan tashqari, ushbu holat bo‘yicha vakolatli organ tomonidan belgilangan tartibda dastlabki tarzda o‘tkazilgan o‘rganish davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan ”KIDS MAXI FOOD NAVOIY” MChJ rahbari P.Axmedovga nisbatan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.
🔰Ushbu holat yuzasidan qo‘shimcha malumotlar berib boriladi.
✳️Viloyat Maktabgacha ta’lim boshqarmasi maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatiga va ularda sodir etilayotgan turli holatlarga befarq bo‘lmagan ota-onalar hamda jamoatchilik vakillariga o‘z minnatdorchiligini bildiradi va kelgusida ham doimiy hamkorlik ishlarini olib borishga tayyor.

Navoiy viloyati Maktabgacha ta’lim boshqarmasi matbuot xizmati.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Shanxay hamkorlik tashkilotining Samarqand sammiti: o‘zaro bog‘liqlikdagi dunyoda muloqot va hamkorlik" sarlavhali maqolasi e'lon qilindi.

Unda Samarqand shahri Tashkilot sammitiga tayyorligi urg'ulangan.

"Savdo-iqtisodiy va ishlab chiqarish aloqalarining jiddiy uzilishiga olib kelgan uch yillik “pandemiya tanaffusidan” so‘ng SHHT mamlakatlari va xalqlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot zarur", — deyiladi maqolada.

———————-

Статья Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева "Самаркандский саммит ШОС: диалог и сотрудничество во взаимосвязанном мире"

Article by the President of the Republic of Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev "The SCO Samarkand Summit: Dialogue and Cooperation in an Interconnected World"

Maqolani to'liq o‘qish 👇👇👇
https://president.uz/uz/lists/view/5495

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Maktabgacha ta'lim vazirligi tomonidan olib borilayotgan ishlar, erishilayotgan natijalar, yechimini topishi kerak bo'lgan kamchiliklar "Minbar" ko'rsatuvida o'rtaga tashlandi.

Jurnalistlar va blogerlar, soha mutaxassislari ishtirokida kechgan qizg'in munozarani quyidagi ssilka orqali tomosha qilishingiz mumkin.

To'liq video 👇👇👇
https://youtu.be/6-Pb3fBvmPU

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Forwarded from Navoiy | Kun.uz
📸 Yangi bog‘cha ish boshladi

#Zarafshon. Shahardagi Alisher Navoiy mahallasida 150 o‘rinli maktabgacha ta’lim tashkiloti ish boshladi. Tantanali ochilish marosimida Navoiy viloyati hokimi o‘rinbosari Yashin Dushanov, shahar hokimi Nazirbek Rahmonov, sektor rahbarlari, tegishli mas’ullar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishgan.

Bog‘cha «Obod mahalla» dasturi doirasida 2.9 mlrd so‘m mablag‘ evaziga qurilgan. Endilikda bu yerda 30 nafar «Ayollar daftari», «Yoshlar daftari"ga kiritilgan xotin-qizlarning bandligi ta’minlanadi.

➡️ Navoiy xabarlari
⚡️Бугун Мактабгача таълим вазирлигида А.И.Герцен номидаги Россия давлат педагогика университети делегацияси вакиллари ҳамда вазирлик раҳбарияти ўртасида ҳамкорлик учрашуви бўлиб ўтди.

📌Учрашувда А.И.Герцен университетининг Тошкент шаҳридаги филиалининг фаолияти, истиқболдаги вазифалар ва уларнинг ижроси ҳақида сўз борди. Университетнинг умумий ишлар бўйича проректори Рыборецкая Татьяна ўз нутқида самарали ва ўзаро манфаатли алоқаларнинг давомийлигидан умидворлигини билдирди.
——————————————
⚡️Сегодня в Министерстве дошкольного образования состоялась встреча представителей делегации Российского государственного педагогического университета имени А.И.Герцена с руководством Министерства.

📌На встрече обсуждались будущие задачи и их реализации, а также деятельность филиала Университета им. А.И.Герцена в г.Ташкент. В своем выступлении проректор университета по общим вопросам Татьяна Рыборецкая выразила надежду на продолжение эффективных и взаимовыгодных отношений.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube