Navoiy viloyati maktabgacha ta'lim tizimi axborot kanali
893 subscribers
7.1K photos
715 videos
41 files
1.43K links
Navoiy viloyati Maktabgacha ta'lim boshqarmasi e'lonlar va yangiliklar kanali
🌍 Веб сайт: navoimtb.uz
🔷 Facebook: fb.com/navoiyviloyat.maktabgachatb
🌟 Алоқа учун: t.me/navoiymtb_bot
📞Телефон: +998792201281
Download Telegram
Uchquduq tuman MTBga qarashli 1-son DMTTning kichik "Bòģirsoq" guruhi yozgi sog'lomlashtirish mavsumini qiziqarli va maroqli òtkazish uchun "Ertaklar yaxshilikka yetaklar" haftaligida guruh tarbiyalanuvchilari "Bòģirsoq" ertagini sahnalashtirishdi. Bolajonlar ertak qahramonlari obrazini maromiga yitkazib òynab berishdi va bir birlariga yaxshi kayfiyat ulashishdi.
Uchquduq tuman MTBga qarashli 10-sonli DMTTda "Yozgi sog'lomlashtirish" davrini qiziqarli va mazmunli o'tkazish maqsadida 6-"Qisqa muddatli" guruh tarbiyachisi Sh. Ortiqova tomonidan markazlardagi faoliyat olib borildi. Faoliyat jarayonida tarbiyalanuvchilar syujetli-rolli va sahnalashtirish markazida "ertak qahramonlari mehmonda" o'yinini o'ynadilar, sanat markazida applikatsiyadan kitobcha yasadilar va uni bezadilar, qurish-yasash va matematika markazida legolardan kutubxona maketini yasadilar
SAYYOR QABUL o‘tkazildi: Navoiy viloyati Maktabgacha ta’lim boshqarmasi boshlig‘i U.Tillayevning tasdiqlangan rejaga asosan joriy yilning 22-iyul kuni soat 10:00 da Konimex tumani “Yangi qazg’on” OFY Fidokor ovulida joylashgan 15-maktab binosida tuman aholisi uchun jismoniy va yuridik shaxslarning vakillari ishtirokida ommaviy sayyor qabul o‘tkaziladi.
✳️sayyor qabul boshida boshqarma boshlig‘i tomonidan ishtirokchilarga sohada va shu hududda amalga oshirilgan va oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.
✳️Boshqarma boshligʼiga qilingan maktabgacha ta’lim sohasiga oid oʼnga yaqin murojaatlarning ba'zilari joyida ijobiy hal etilgan bo‘lsa, ayrimlariga huquqiy tushuntirishlar berildi hamda qolganlarining ijrosi nazoratga olindi.
✳️Sayyor qabuldan so‘ng, hududdagi yangi tashkil etiladigan hamda davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga va borilib, ularning faoliyati bilan yana bir bor yaqindan tanishib chiqilib, kelgusida qilinishi lozim bo‘lgan ishlar va yuzaga kelgan ayrim muammolarni hal etish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berilib, ijrosi nazoratga olindi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
УЧИНЧИ РЕНЕССАНС ПОЙДЕВОРИ, МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ: КЕЧА ВА БУГУН


Каналимизни кузатиб боринг.
DIQQAT, SAYYOR QABUL!
Navoiy viloyati Maktabgacha ta’lim boshqarmasi boshlig‘i U.Tillayevning viloyat hokimligi tоmоnidan tasdiqlangan rejaga asosan joriy yilning 29-iyul kuni soat 09:00 da Xatirchi tumani “ A.Temur” MFY binosida, soat 12:00 da Xatirchi tumani “Oltinsoy” MFY binosida tuman aholisi uchun jismoniy va yuridik shaxslarning vakillari ishtirokida ommaviy sayyor qabul o‘tkaziladi.
✳️Ushbu qabulda maktabgacha ta’lim tizimiga oid taklif, savol, shikoyat va boshqa murojaatlaringiz bilan ishtirok etishingiz mumkin.
❇️Izoh: Qo‘shimcha ma’lumotlar olish uchun viloyat maktabgacha ta’lim boshqarmasining (79) 220-12-81 vа Xatirchi tumani Maktabgacha ta’lim bo‘limining (79) 545-51-60 telefon raqamlari orqali bog‘lanishingiz mumkin.
Forwarded from Xushnudbek.uz
РАСМАН: фарзандини хусусий боғча ва мактабларга берадиган ота-оналарга солиқ имтиёзи белгиланди

Президент томонидан имзоланган қонунга кўра, солиқ тўловчининг фарзандларига нодавлат мактабгача таълим ташкилотлари ва (ёки) мактаблар кўрсатадиган таълимга оид хизматлар учун ота-она (фарзандликка олувчилар) томонидан ҳар бир фарзанд учун тўланадиган ойига 3 миллион сўмгача бўлган тўловларига йўналтириладиган даромадларига солиқ солинмаслиги белгиланди.

Ёдингизда бўлса, бу мавзу ҳақида бунгача ҳам бир неча бор маълумот бергандим. Аввал айтганимдек, ушбу имтиёз 2022 йил 1 апрелдан кучга киради. Гарчи қонун энди имзоланган бўлса ҳам.

Фақат бунинг учун ота-оналар хусусий боғча ёки мактабга қилган тўловлари ҳақидаги квитанцияларини сақлаб қўйган бўлишлари керак бўлади. Йил охирида улар даромадлар ҳақида декларация билан бирга барча квитанцияларни солиқ идорасига тақдим этишади ва ортиқча тўланган даромад солиғи қисмини битта қилиб қайтариб олишади.

ℹ️ Масалан, ойига 3 млн сўмдан хусусий мактабга тўлов қилинаётган бўлса, йилига жами 36 млн сўм бўлади. Йил тугагач, барча 12 ойлик тўловларни тасдиқловчи қоғоз ёки электрон квитанциялар солиқ органига топширилади. Солиқ органи эса ушбу суммадан 12%лик даромад солиғини, яъни 4 млн 320 минг сўмни сизга қайтариб беради (адашмасам, пластикка тушириш орқали).

🏢 Агар фарзанди учун хусусий боғча ёки мактабга ишхонаси орқали пул ўтказадиган ота-оналар бўлса, унда корхона бухгалтериясига даромад солиғини ушлаб қолиш бўйича ариза беришлари керак бўлади. Уёғига нима қилиш кераклигини бухгалтериянинг ўзи билади. Худди ОТМларга контракт тўлови учун бериладиган имтиёз каби 12% даромад солиғи қисмини ушлаб қолиб, ходимнинг ойлигига қўшиб беришади.

Молия вазирлиги мана бу ерда бу ҳақда батафсил тушунтириш берган.


👉 @xushnudbek 👈
#Tayinlov
O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirining tegishli buyrug'iga asosan G'aybullayeva Dilora O'ktam qizi Uchquduq tumani Maktabgacha ta'lim bo'limi mudiri lavozimiga tayinlandi. Unga qadar D.G'aybullayeva Uchquduq tumanidagi 10-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti direktori lavozimida faoliyat yuritgan.
Viloyat Maktabgacha ta’lim boshqarmasi bo’lim boshlig’i L .Rajabovaning ijod namunalari Maktabgacha ta`lim vazirligi muasisligidagi "Maktabgacha ta`lim metodikasi va nazariyasi" jurnalining yangi sonida chop etildi. Hamkasbimizning ijodiga muvaffaqiyatlar tilaymiz.
Navoiy shahar 21-son DMTTda “Bolalarga Maktabgacha yoshdan ekologik bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish maqsadida Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida “Eko markaz”, “Eko maydoncha”larni tashkil etish” mavzusida shahar miqyosida amaliy seminar – trening o‘tkazildi.
EKOTARBIYA doimo dolzarb

Joriy yilning 29 iyul kuni viloyat Maktabgacha ta’lim boshqarmasi ish rejasiga muvofiq Navbahor tuman maktabgacha ta’lim bo‘limiga qarashli 3-son davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida “Maktabgacha yoshdagi bolalarga ekologik ta’lim-tarbiya berishda “Ekobog’cha”ning ahamiyati” mavzusida o‘quv-amaliy seminari bo‘lib o‘tdi.

Seminarda viloyatdagi barcha tuman va shahar MTBlariga qarashli maktabgacha ta’lim tashkilotlaridan pedagog-xodimlar tashrif buyurib, mazkur mavzu yuzasidan ilg‘or innovatsion texnologiyalarni, metodik tavsiyalarni kuzatib, o‘zaro tajriba almashdilar.