Navoiy viloyati maktabgacha ta'lim tizimi axborot kanali
894 subscribers
7.1K photos
715 videos
41 files
1.43K links
Navoiy viloyati Maktabgacha ta'lim boshqarmasi e'lonlar va yangiliklar kanali
🌍 Веб сайт: navoimtb.uz
🔷 Facebook: fb.com/navoiyviloyat.maktabgachatb
🌟 Алоқа учун: t.me/navoiymtb_bot
📞Телефон: +998792201281
Download Telegram
#navoiyiftixorim

📚"Navoiyni har kim, har kuni o'qishi kerak!"

#Navbahor tumanidagi DMTTlarida hazrat Alisher Navoiy bobomiz tavalludining 581 yilligi munosabati bilan turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etilmoqda. Ularda tarbiyalanuvchilar tomonidan sahna ko‘rinishlari namoyish etilib, g‘azallar va ruboiylar ifodali aytilmoqda

1️⃣ 6-sonli DMTT kichik guruh tarbiyalanuvchilari "Syujetli rolli o‘yinlar markazi" da "Non isi" rivoyatini ijro etishmoqda

2️⃣ 7-Sonli DMTTda bo‘lib o‘tgan navoiyxonlik kechasi

3️⃣13-Sonli DMTT tarbiyalanuvchilari ishtirokidagi "Navoiyga ta'zim" tadbiri

4️⃣ 1-sonli DMTT tarbiyalanuvchilari tomonidan ifodali aytilgan Navoiy g‘azallari

WWW - Telegram - Facebook - YouTube- Instagram
#RASMIY_MUNOSABAT

Navoiy viloyati Maktabgacha ta’lim boshqarmasi ayrim ijtimoiy tarmoqlarda “Bolalar bog‘chasi uchun qo‘yilgan navbatda 40-o‘rindan 45-ga tushib qoldim” sarlavhasi ostida tarqalgan murojaat bo‘yicha quyidagilarni ma’lum qiladi.
Ma’lumki, bolalarni maktabgacha ta’lim tashkilotlari (MTT)ga qabul qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 28-martdagi 244-sonli qarori asosida amalga oshirib kelinmoqda. Bugungi kunda sohada turli korrupsion holatlarning oldini olish maqsadida inson omili ishtirok etmaydigan avtomatlashtirilgan “Maktabgacha ta’limni boshqarish” axborot tizimi joriy etilgan bo‘lib, mazkur axborot tizimiga asosan fuqarolarning farzandilarini MTTga joylashtirishda yoki navbatini shakllantirilishida inson omili ishtiroki butunlay cheklangan. Fuqarolarning davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali farzandlarini MTTlarga joylashtirish uchun yuborilgan arizasiga asosan MTTda bo‘sh o‘rinlar mavjud bo‘lganda yo‘llanma beriladi yoki bo‘sh o‘rinlar mavjud bo‘lmagan taqdirda shu zahotiyoq avtomatik navbat shakllantiriladi.
Shu bilan birga, hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktabrdagi ““Raqamli O‘zbekiston-2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6079-sonli Farmoniga asosan bolalarni MTTlarga qabul qilish bo‘yicha yangi talqindagi “Bolalar bog‘chasi” axborot tizimi ishlab chiqilishi belgilangan. Mazkur axborot tizimini ishlab chiqish hamda texnik qo‘llab-quvvatlash Maktabgacha ta’lim vazirligi huzuridagi Axborot va pedagogika texnologiyalari innovatsion markazi tomonidan amalga oshirib kelinmoqda.
Shunga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining 2022-yil 13-yanvardagi 04-03/03-36-sonli xatiga asosan joriy yilning
17-yanvaridan 1-fevraliga qadar bolalarni MTTga qabul qilish bo‘yicha xizmatlar faoliyati vaqtinchalik to‘xtatilib, yangi talqindagi “Bolalar bog‘chasi” axborot tizimining boshqa elektron axborot tizimlari bilan integratsiya qilish hamda eski talqindagi “Maktabgacha ta’limni boshqarish” axborot tizimidagi mavjud navbat va tarbiyalanuvchilarni yangi tizimga ko‘chirib o‘tkazish ishlari amalga oshirildi. Hozirda ko‘chirib o‘tkazish ishlari hamda integratsiya jarayoni oxirigacha to‘liq yakunlanmaganligi sababli bolalarni MTTga joylashtirish bo‘yicha navbatlarda ayrim texnik nosozliklar yuzaga kelmoqda. Ushbu nosozliklar Maktabgacha ta’lim vazirligi huzuridagi Axborot va pedagogika texnologiyalari innovatsion markazi tomonidan tez orada bartaraf etilishi ko‘zda tutilgan.
Shu sababli, murojaat muallifining navbati 40-o‘rindan 43 ga, keyin 45-o‘ringa tushganligi axborot tizimining texnik nosozligi tufayli yuzaga kelganligini ma’lum qilamiz. “Bolalar bog‘chasi” axborot tizimi to‘liq o‘z faoliyatini tiklab, shu kabi nosozliklar bartaraf etilishi bilan fuqarolar navbatini ko‘rish imkoniyati yaratilganligi bo‘yicha qo‘shimcha xabardor qilinadi.
Viloyat Maktabgacha ta’lim boshqarmasi fuqarolardan yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun uzr so‘raydi va o‘zaro hamkorlik uchun minnatdorchilik bildiradi.

✍️Navoiy viloyati Maktabgacha ta’lim boshqarmasi Matbuot xizmati
#navoiyiftixorim

📚"Navoiyni har kim, har kuni o'qishi kerak!"

Hazrat Alisher Navoiy tavalludining 581 yilligi munosabati bilan Navoiy shahridagi MTTlarida o‘tkazilgan tadbirlardan videolavhalar

1️⃣ 9-sonli DMTT tarbiyalanuvchilari ijrosidagi raqs

2️⃣ 20-sonli DMTTning "Qoqio't" tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchisi Parizoda Serverova

3️⃣ 26-sonli DMTT tarbiyalanuvchilari ishtirokidagi sahna ko‘rinishi

4️⃣ 30-sonli DMTT tarbiyachilari ishtirokidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir

WWW - Telegram - Facebook - YouTube- Instagram
#RASMIY_MUNOSABAT

Navoiy viloyati Maktabgacha ta’lim boshqarmasi ayrim ijtimoiy tarmoqlarda “Karmana tumani 2-maktabga, 3-sonli MTT maktabga tayyorlov guruhi uchun joy ajratilishi kerak bo‘lgan lekin ajratilmayotgani iddao qilinmoqda” sarlavhasi ostida tarqalgan videolavha bo‘yicha quyidagilarni ma’lum qiladi.
Ushbu videolavhadagi holat viloyat Maktabgacha ta’lim boshqarmasi va Karmana tuman maktabgacha ta’lim bo‘limi rahbar va mas’ul xodimlari tomonidan atroflicha o‘rganib chiqildi.
Ta’kidlab o‘tish joizki, ushbu holat bo‘yicha viloyat MTB, Karmana tumani MTB, 3-sonli davlat MTT va Karmana tuman hokimligi rahbar va mas’ullari 2022-yil 7-fevral kuni tushlikkacha xabar topishi bilan yuzaga kelgan masalani zudlik bilan hal etish ishlari joyiga borgan holda boshlab yuborilgan va bu haqda ota-onalarga ham tushuntirilgan.
Haqiqatdan ham Karmana tumanidagi 2-sonli maktabning bitta xonasida 2 smenada 3-sonli MTTga tegishli bo‘lgan 6 yoshli bolalarni majburiy bepul bir yillik tayyorlov guruhlari tashkil etilgan bo‘lib, 7-fevraldan boshlab umumta’lim maktablarida dars jarayonlari onlayn usuldan an’anaviy rejimga o‘tkazilganligi sababli, xonalar taqsimoti bilan bog‘liq vaqtinchalik muammo yuzaga kelgan va shu kunni o‘zida ushbu masala to‘liq hal etilib, shu guruhlar uchun alohida xona ajratib berilgan hamda ta’lim-tarbiya jarayonlari uzliksiz davom ettirilishi ta’minlangan.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatiga e’tiborsiz bo‘lmagan ota-onalar hamda jamoatchilikka o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz va ular bilan doimiy hamkorlikda ishlashga tayyormiz.

✍️Navoiy viloyati MTB matbuot xizmati
Bugun Navoiy viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Normat Tursunov hudud aholisining yashash sharoitlari bilan tanishish, mavjud muammolarni oʼrganish va ularning yechimi boʼyicha tadbirli choralar qabul qilish, ijtimoiy obʼektlarda kuz-qish mavsumiga koʼrilgan tayyorgarlikning hozirgi ahvolini koʼzdan kechirish maqsadida Xatirchi tumanining "Langar" qoʼrgʼonida boʼldi.

Maʼlumot oʼrnida aytish joizki, tuman markazidan 50 kilometr olisda joylashgan ushbu qoʼrgʼon XX asr oʼrtalaridan boshlab mashhurlasha boshlagan – bu yerda geolog olim Habib Аbdullaev volьfram-molibden konini aniqlagan. Shundan soʼng shuhrat qozongan “Langar” turli millat vakillaridan iborat ishchilar va soʼlim tabiat shaydolari boʼlgan sayyohlarning sevimli makoniga aylangan.

N. Tursunov viloyat xalq qabulxonasi va sektor rahbarlari, turli vazirlik va idoralarning viloyat boʼlinmalari masʼullari hamrohligida hududdagi 58-umumtaʼlim maktabida boʼlib, taʼlim jarayonlari, pedagoglar va oʼquvchilarga yaratilgan sharoitlar, musiqa va sport jihozlarining yetarlilik darajasi hamda oʼquv xonalarining isitilishi holatini oʼrgandi.

Shuningdek, 15-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotidagi sharoitlar bilan ham tanishdi. Kichkintoylar viloyat rahbariga oʼzlari yodlagan sheʼrlardan namunalar oʼqib berishdi. N. Tursunov mazkur muassasa tarbiyalanuvchilari uchun tez kunlarda oʼyinchoqlar jamlanmasini yuborishga vaʼda berdi.

- Mamlakatimizning har bir hududida amalga oshirilayotgan islohotlardan bosh maqsad – inson qadrini ulugʼlash, aholi turmush darajasini oshirib, hayotidan rozi boʼlishiga erishishdir, - dedi viloyat rahbari N. Tursunov langarliklar bilan suhbatda. – Bugungi oʼrganishlar boʼyicha alohida qoʼshimcha chora-tadbirlar belgilab, oʼzining maftunkor tabiati, purviqor togʼlari, shifobaxsh suvlariyu turfa nabotot olami bilan har qanday kishining eʼtiborini tortuvchi Langarga avvalgi shuhratini qaytaramiz.

https://t.me/navoiyvmtb
#navoiyiftixorim

📚"Navoiyni har kim, har kuni o'qishi kerak!"

🌺Bugun 9-fevral o‘zbek adabiyoti tarixida yorqin iz qoldirgan, buyuk mutafakkir va davlat arbobi Alisher Navoiy tavalludining qutlug‘ 581 yilligi yurtimiz bo‘ylab cheksiz ehtirom bilan keng nishonlanmoqda.

📚Alisher Navoiy turkiy va forsiy tillarda g‘azallar bitgan. Uning nazmiy asarlari 120 ming baytdan ortiq. 51230 misradan tashkil topgan. "Xamsa” esa shoirning shoh asaridir. "Xazoyin ul-maoniy” (Ma’nolar xazinasi) devoni qariyib 45 ming misradan iborat.

✍️Mir Alisher Navoiy butun umrini nafaqat ijodga, balki xalq farovonligi yo‘lida bunyodkorlik hamda ezgulik va xayr-saxovat ishlariga bag‘ishlagan. Bobokalonimiz faqat Hirotda emas, Xurosonning barcha viloyatlarida ham ko‘plab xayriya uylari, ko‘prik va rabotlar, hovuzlar barpo ettirgani tarixdan bizga ma’lum. Barchamizga yaxshi ayonki, Navoiy o‘z davrida zamondosh shoirlar, olimlar va san’at ahlining moddiy va ma’naviy ko‘makchisi, san’at va adabiyotning haqiqiy homiysi bo‘lganlar.
Telegram
#navoiyiftixorim

📚"Navoiyni har kim, har kuni o'qishi kerak!"

✍️ALISHER NAVOIY HIKMATLARI

🔰 U yerdan bu yerga gap tashuvchilar elning gunohini o’z bo’yniga oluvchilardir. Chaqimchilik hatto chin gap bo’lsa ham ko’ngilsizdir, yolg’on bo’lsa yanada nafratlidir. So’z yetkazuvchining xoh kattasi, xoh kichigi — do’zax o’tining tutanturug’i bil.

* * *

🔰Yolg’onchi odam — unutuvchi; u andisha va ehtiyotdan chetda turuvchi. Har kimning so’zi chin bo’lmasa, rostgo’ylar ko’ngliga u so’z qabul bo’lmas. Yolg’onchi o’zining yolg’on so’ziga bir-ikki marta ishontiradi, keyin nima qiladi? Yolg’onchiligi ma'lum bo’lgach, u rasvo bo’ladi, uning so’ziga xalq ishonchi yo’qoladi. Ko’ngil xazinasining qulfi — til; u xazinaning kalitini — so’z bil.

* * *

🔰Ochiq chehrali odam — ikkiyuzlamachilikdek nuqsondan yiroq bo’ladi... Ochiq yuzidan xaloyiqqa xursandlik; chuchuk so’zidan el-yurtga xurramlik. Odamiylik bilan ko’ngillarga sevimli; insoniylik bilan jonlarga yoqimli. Undan do’st-dushman xotirjam. Bunday kishi umridan baraka topgay.

* * *

🔰Dushman aldoviga uchma; maddoh xushomadini chin dema. Dushmanning g’arazi o’z yomon niyatiga yetmoqdir; maqtovchining maqsadi — xorlik bilan sendan in'om olmoqdir. Agar ikkalasiga iltifot qilmasang va qabul qilishni lozim bilmasang, biri o’z maqsadining ijrosidan to’xtaydi va tadbiri mujmal bo’ladi va ikkinchisining maqtovi hajvga aylanadi.

* * *

🔰Noxush xabarni chin bo’lsa ham do’stingga yetkazma; birovdan ayb ko’rsang yuziga solma. Qo’yaver, o’sha chin xabarni dushman yetkazsin va sen sabr qil, u ayb mojarosini dushmani qilsin.
Aqlli odam yolg’on gapirmas; ammo, barcha rost gapni aytaverish ham to’g’ri emas. Birovning ko’zi g’ilay — nogirondir; ammo, bunga u aybdor emasdir... Birovni nohaq hijolatga solmoq — o’z nodonligini izhor qilmoq va bir ko’ngilni og’ritmoqdir. Bu kabi kishini xafa qiladigan chin so’zdan ko’ra zarurat yuzasidan — o’rni bilan gapirilgan yolg’on yaxshiroqdir.

«Mahbub ul-qulub»dan
#navoiyiftixorim

📚"Navoiyni har kim, har kuni o'qishi kerak!"

🌺Viloyatimizdagi DMTTlarida Alisher Navoiy tavalludining 581 yilligi hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 539 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda.

1️⃣Uchquduq tumanidagi 1-sonli DMTT ning maktabga tayyorlov guruhlari tarbiyalanuvchilari ishtirokida oʻtkazilgan adabiy- badiiy tadbir

2️⃣Uchquduq tumanidagi 2-sonli DMTT ning maktabga tayyorlov guruhlari tarbiyalanuvchilari ishtirokida "Buyuk siymolar mangu barhayot" nomli adabiy- badiiy tadbir

3️⃣Zarafshon shahridagi 13-sonli DMTTda o‘tkzailgan ma’naviy-ma’rifiy tadbir

WWW - Telegram - Facebook - YouTube- Instagram