Navoiy viloyati maktabgacha ta'lim tizimi axborot kanali
894 subscribers
7.1K photos
715 videos
41 files
1.43K links
Navoiy viloyati Maktabgacha ta'lim boshqarmasi e'lonlar va yangiliklar kanali
🌍 Веб сайт: navoimtb.uz
🔷 Facebook: fb.com/navoiyviloyat.maktabgachatb
🌟 Алоқа учун: t.me/navoiymtb_bot
📞Телефон: +998792201281
Download Telegram
#navoiyiftixorim

📚"Navoiyni har kim, har kuni o'qishi kerak!"

1️⃣ Qiziltepa tumanidagi 1-sonli DMTT musiqa rahbari Zilola Rajabova ijrosida “Munojot” ashulasi. Alisher Navoiy g'azali

2️⃣ Uchquduq tumanidagi 10-sonli DMTT tariyalanuvchisi Nazarbek Bahriddinov


WWW - Telegram - Facebook - YouTube- Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#keshbek

2022-yil 1-yanvardan boshlab Soliq mobil ilovasida chek QR-kodini skanerlab 1% keshbekka ega bo‘ling

2022-yil 1-yanvardan
chakana savdo, umumiy ovqatlanish va aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish obyektlarida amalga oshirilgan xarid uchun berilgan onlayn nazorat-kassa texnikasi cheklari QR-kodini Soliq mobil ilovasida skanerlash orqali ro‘yxatdan o‘tkazgan jismoniy shaxslar xarid summasidan 1% keshbekka ega bo‘ladi.

💳Mablag‘ jismoniy shaxslarning bank kartalariga oy yakuni bilan qaytariladi

🧾Avtomobil sotib olganlik, temir yo‘l va avia chipta xaridi, kommunal va aloqa xizmati uchun to‘lovlar amalga oshirilganda olingan xarid cheklari uchun keshbek qaytarilmaydi.

Telegram |Facebook |Youtube|Instagram
#navoiyiftixorim

📚"Navoiyni har kim, har kuni o'qishi kerak!"

1️⃣Uchquduq tumanidagi 11-sonli DMTTda Alisher Navoiy tavalludining 581 yilligi munosabati bilan "Buyuklarga ehtirom" shiori ostida ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo'lib o'tdi.

2️⃣Nurota tumanidagi DXSh asosidagi "Umidli yoshlar maskani" nomli nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotida Alisher Navoiy tavalludining 581 yilligiga bag'ishlab g'azalxonlik kechasi o'tkazildi.

WWW - Telegram - Facebook - YouTube- Instagram
​​#navoiyiftixorim

📚"Navoiyni har kim, har kuni o'qishi kerak!"

❗️Alisher Navoiy haqida 7 ta qiziqarli fakt

Alisher Navoiy o‘z zamonasining buyuk shaxsi, bugungi kunning esa beqiyos siymosi sanaladi.

1️⃣Navoiy ikki taxallus ostida ijod qilgan. U Navoiy taxallusi ostida turkiy tilda ijod qilgan bo‘lsa, forsiy tildagi ijodi Foniy taxallusi bilan tanilgan.

2️⃣Alisher Navoiy ijodkor ziyolilar oilasida tug‘ilgan. Uning bobosi Abu Said shoir bo‘lgan. Ikkinchi bobosi Muhammad Ali esa musiqachi va xattot sifatida tanilgan.

3️⃣Alisher Navoiy turkiy tilni forsiy tili bilan birga ijodga olib kirgan. Unga qadar hech kim turkiy tilda ijod qilmagan.

4️⃣Buyuk Sulaymon Navoiy ijodini yuqori baholagan va o‘z kutubxonasida uning qo‘lyozmalarini va asarlarini saqlagan.

5️⃣2009-yilda Merkuriydagi krater Alisher Navoiy sharafiga nomlangan.

6️⃣Dunyoda Alisher Navoiyga qo‘yilgan bir nechta yodgorlik mavjud: Moskva, Navoiy, O‘sh, Toshkent, Samarqand, Boku, Tokio, Shanxay. Vashingtonda ham Navoiyga yodgorlik o‘rnatish rejalashtirilgan.

7️⃣Alisher Navoiy Naqshbandiyning so‘fiylik tariqatida bo‘lgan. Uning so‘fiylik falsafiy-estetik qarashlari “Lison ut-Tayr” asarida aks etgan.
✍️ALISHER NAVOIY HIKMATLARI

Til shirinligi — ko’ngilga yoqimlidir; muloyimligi esa — foydali. Chuchuk til achchiqqa aylansa ko’pchilikka zarari tegadi; qanddan may tayyorlansa harom bo’ladi. Shirin so’z sof ko’ngillar uchun asal kabi totlidir; bolalar uchun muloyim tabiatli odam — halvofurush kabi sevimlidir.

* * *

Har kimningki so’zi — yolg’on, yolg’onligi bilingach, uyatga qolg’on; yolg’onni chindek gapiruvchi so’z ustamoni — kumushga oltin qoplab sotuvchi zargar. Yolg’on-afsonalar bilan uyqu keltiruvchi yolg’onchi — uyquda alahlovchi. Yolg’on gapiruvchi g’aflatdadir; so’zning bir-biridan farqi ko’pdir, ammo yolg’ondan yomonroq turi yo’qdir.

* * *

Yolg’on gapirish bilan o’z vaqtini o’tkazuvchi odam, bu qilig’i yomon tuyulish o’rniga, kishilami aldagani bilan faxrlanadi ham. Yolg’onchi o’z gapiga go’llik bilan quloq soluvchini topsa, ularga yolg’onni chinga o’tkazsa, murodiga yetgan bo’ladi. Yolg’onchi — haq qoshida gunohkor; xalq oldida sharmanda. Bunday nahsning beor yuzi yomonlikka o’girilgan bo’ladi; bunday nahsga botgan odam qutlug’ uydan nari bo’lg’ay.

* * *

Kimki, yolg’on so’zni birovga to’nkagay, o’z qora yuzini yog’ga bulaydi. Ozgina yolg’on ham ulug’ gunohdir; ozgina zahar ham halok qiluvchidir.


✍️«Mahbub ul-qulub»dan
#navoiyiftixorim

📚"Navoiyni har kim, har kuni o'qishi kerak!"
❗️Alisher Navoiy haqida qiziqarli maʼlumotlar

🔹Turk sultoni Sulaymon Qonuniy (“Muhtasham yuz yil” orqali tanish) Alisher Navoiy ijodiga yuksak ehtirom koʻrsatgan va “Xazoyinul-maoniy”, “Xamsa” singari asarlari qoʻlyozmasini kutubxonasida saqlagan.

🔹Navoiyning etnik mansubligi ustida oʻzbeklar va uygʻurlar tortishib kelishadi.

🔹Navoiy fuqaro uchun oʻz hisobidan madrasa, xonaqoh, kutubxona, shifoxonalar bunyod ettirgan.

🔹Navoiy faylasuf va soʻfiy boʻlgan.

🔹1942-yilda Navoiyning 442-yilligiga bagʻishlab Sovet ittifoqida pochta markalari bosib chiqarilgan.

🔹XVI asrdan XX asr boshlarigacha Alisher Navoiyning asarlari Oʻrta Osiyoning barcha madrasalariga oʻqish darsligi sifatida kiritilgan.

🔹1947-yilda “Alisher Navoiy” filmi suratga olingan. 1980-yilda esa 10 seriyali videofilm ishlangan.

🔹Merkuriydagi kraterlardan biriga Navoiy nomi berilgan.

🔹Moskva, Toshkent, Oʻsh, Baku, Samarqand, Navoiy va Tokio shaharlarida Navoiyga haykal oʻrnatilgan. Olma-Ota, Kiyev, Baku, Ashxobod va yurtimizning koʻplab shaharlaridagi koʻchalar Navoiy nomi bilan ataladi.

🔹2007-yilning aprelida Vashingtonda “Alisher Navoiy va uning Markaziy Osiyo xalqlari madaniy taraqqiyotiga taʼsiri” mavzuida konferensiya oʻtkazildi.

🔹2009-yildan boshlab Astraxanda Alisher Navoiyga bagʻishlab har yili madaniy tadbir oʻtkazib kelinadi.

🔹Navoiyning qoʻlyozmalari Rossiya, Angliya, Turkiya, Eron, AQSH, Oʻzbekiston va boshqa mamlakatlar kutubxonalari hamda muzeylarida saqlanadi.

🔹Deyarli barcha oʻzbek shoirlari ijodida Navoiyga bagʻishlangan sheʼr topish mumkin.
#navoiyiftixorim

📚"Navoiyni har kim, har kuni o'qishi kerak!"

#Navbahor tumanidagi DMTTlarida hazrat Alisher Navoiy bobomiz tavalludining 581 yilligi munosabati bilan turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etilmoqda. Ularda tarbiyalanuvchilar tomonidan sahna ko‘rinishlari namoyish etilib, g‘azallar va ruboiylar ifodali aytilmoqda

1️⃣ 6-sonli DMTT kichik guruh tarbiyalanuvchilari "Syujetli rolli o‘yinlar markazi" da "Non isi" rivoyatini ijro etishmoqda

2️⃣ 7-Sonli DMTTda bo‘lib o‘tgan navoiyxonlik kechasi

3️⃣13-Sonli DMTT tarbiyalanuvchilari ishtirokidagi "Navoiyga ta'zim" tadbiri

4️⃣ 1-sonli DMTT tarbiyalanuvchilari tomonidan ifodali aytilgan Navoiy g‘azallari

WWW - Telegram - Facebook - YouTube- Instagram
#RASMIY_MUNOSABAT

Navoiy viloyati Maktabgacha ta’lim boshqarmasi ayrim ijtimoiy tarmoqlarda “Bolalar bog‘chasi uchun qo‘yilgan navbatda 40-o‘rindan 45-ga tushib qoldim” sarlavhasi ostida tarqalgan murojaat bo‘yicha quyidagilarni ma’lum qiladi.
Ma’lumki, bolalarni maktabgacha ta’lim tashkilotlari (MTT)ga qabul qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 28-martdagi 244-sonli qarori asosida amalga oshirib kelinmoqda. Bugungi kunda sohada turli korrupsion holatlarning oldini olish maqsadida inson omili ishtirok etmaydigan avtomatlashtirilgan “Maktabgacha ta’limni boshqarish” axborot tizimi joriy etilgan bo‘lib, mazkur axborot tizimiga asosan fuqarolarning farzandilarini MTTga joylashtirishda yoki navbatini shakllantirilishida inson omili ishtiroki butunlay cheklangan. Fuqarolarning davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali farzandlarini MTTlarga joylashtirish uchun yuborilgan arizasiga asosan MTTda bo‘sh o‘rinlar mavjud bo‘lganda yo‘llanma beriladi yoki bo‘sh o‘rinlar mavjud bo‘lmagan taqdirda shu zahotiyoq avtomatik navbat shakllantiriladi.
Shu bilan birga, hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktabrdagi ““Raqamli O‘zbekiston-2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6079-sonli Farmoniga asosan bolalarni MTTlarga qabul qilish bo‘yicha yangi talqindagi “Bolalar bog‘chasi” axborot tizimi ishlab chiqilishi belgilangan. Mazkur axborot tizimini ishlab chiqish hamda texnik qo‘llab-quvvatlash Maktabgacha ta’lim vazirligi huzuridagi Axborot va pedagogika texnologiyalari innovatsion markazi tomonidan amalga oshirib kelinmoqda.
Shunga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining 2022-yil 13-yanvardagi 04-03/03-36-sonli xatiga asosan joriy yilning
17-yanvaridan 1-fevraliga qadar bolalarni MTTga qabul qilish bo‘yicha xizmatlar faoliyati vaqtinchalik to‘xtatilib, yangi talqindagi “Bolalar bog‘chasi” axborot tizimining boshqa elektron axborot tizimlari bilan integratsiya qilish hamda eski talqindagi “Maktabgacha ta’limni boshqarish” axborot tizimidagi mavjud navbat va tarbiyalanuvchilarni yangi tizimga ko‘chirib o‘tkazish ishlari amalga oshirildi. Hozirda ko‘chirib o‘tkazish ishlari hamda integratsiya jarayoni oxirigacha to‘liq yakunlanmaganligi sababli bolalarni MTTga joylashtirish bo‘yicha navbatlarda ayrim texnik nosozliklar yuzaga kelmoqda. Ushbu nosozliklar Maktabgacha ta’lim vazirligi huzuridagi Axborot va pedagogika texnologiyalari innovatsion markazi tomonidan tez orada bartaraf etilishi ko‘zda tutilgan.
Shu sababli, murojaat muallifining navbati 40-o‘rindan 43 ga, keyin 45-o‘ringa tushganligi axborot tizimining texnik nosozligi tufayli yuzaga kelganligini ma’lum qilamiz. “Bolalar bog‘chasi” axborot tizimi to‘liq o‘z faoliyatini tiklab, shu kabi nosozliklar bartaraf etilishi bilan fuqarolar navbatini ko‘rish imkoniyati yaratilganligi bo‘yicha qo‘shimcha xabardor qilinadi.
Viloyat Maktabgacha ta’lim boshqarmasi fuqarolardan yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun uzr so‘raydi va o‘zaro hamkorlik uchun minnatdorchilik bildiradi.

✍️Navoiy viloyati Maktabgacha ta’lim boshqarmasi Matbuot xizmati
#navoiyiftixorim

📚"Navoiyni har kim, har kuni o'qishi kerak!"

Hazrat Alisher Navoiy tavalludining 581 yilligi munosabati bilan Navoiy shahridagi MTTlarida o‘tkazilgan tadbirlardan videolavhalar

1️⃣ 9-sonli DMTT tarbiyalanuvchilari ijrosidagi raqs

2️⃣ 20-sonli DMTTning "Qoqio't" tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchisi Parizoda Serverova

3️⃣ 26-sonli DMTT tarbiyalanuvchilari ishtirokidagi sahna ko‘rinishi

4️⃣ 30-sonli DMTT tarbiyachilari ishtirokidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir

WWW - Telegram - Facebook - YouTube- Instagram
#RASMIY_MUNOSABAT

Navoiy viloyati Maktabgacha ta’lim boshqarmasi ayrim ijtimoiy tarmoqlarda “Karmana tumani 2-maktabga, 3-sonli MTT maktabga tayyorlov guruhi uchun joy ajratilishi kerak bo‘lgan lekin ajratilmayotgani iddao qilinmoqda” sarlavhasi ostida tarqalgan videolavha bo‘yicha quyidagilarni ma’lum qiladi.
Ushbu videolavhadagi holat viloyat Maktabgacha ta’lim boshqarmasi va Karmana tuman maktabgacha ta’lim bo‘limi rahbar va mas’ul xodimlari tomonidan atroflicha o‘rganib chiqildi.
Ta’kidlab o‘tish joizki, ushbu holat bo‘yicha viloyat MTB, Karmana tumani MTB, 3-sonli davlat MTT va Karmana tuman hokimligi rahbar va mas’ullari 2022-yil 7-fevral kuni tushlikkacha xabar topishi bilan yuzaga kelgan masalani zudlik bilan hal etish ishlari joyiga borgan holda boshlab yuborilgan va bu haqda ota-onalarga ham tushuntirilgan.
Haqiqatdan ham Karmana tumanidagi 2-sonli maktabning bitta xonasida 2 smenada 3-sonli MTTga tegishli bo‘lgan 6 yoshli bolalarni majburiy bepul bir yillik tayyorlov guruhlari tashkil etilgan bo‘lib, 7-fevraldan boshlab umumta’lim maktablarida dars jarayonlari onlayn usuldan an’anaviy rejimga o‘tkazilganligi sababli, xonalar taqsimoti bilan bog‘liq vaqtinchalik muammo yuzaga kelgan va shu kunni o‘zida ushbu masala to‘liq hal etilib, shu guruhlar uchun alohida xona ajratib berilgan hamda ta’lim-tarbiya jarayonlari uzliksiz davom ettirilishi ta’minlangan.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatiga e’tiborsiz bo‘lmagan ota-onalar hamda jamoatchilikka o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz va ular bilan doimiy hamkorlikda ishlashga tayyormiz.

✍️Navoiy viloyati MTB matbuot xizmati