Navoiy viloyati maktabgacha ta'lim tizimi axborot kanali
953 subscribers
7.1K photos
715 videos
41 files
1.43K links
Navoiy viloyati Maktabgacha ta'lim boshqarmasi e'lonlar va yangiliklar kanali
🌍 Веб сайт: navoimtb.uz
🔷 Facebook: fb.com/navoiyviloyat.maktabgachatb
🌟 Алоқа учун: t.me/navoiymtb_bot
📞Телефон: +998792201281
Download Telegram
#Nurota tumani Gʻafur Gʻulom nomidagi MFYda 10-sonli davlat MTT foydalanishga topshirildi.

📢Tashkilotning ochilish marosimida tuman hokimi o‘rinbosari Sh.Vafoyev hamda hudud faollari ishtirok etishdi.

🏢Mazkur 150 o‘rinli MTT Investisiya dasturi asosida 2 mlrd 575 mln so‘m mablag‘ sarflanib, to‘liq rekonstruksiya qilindi. Hozirda tashkilot davlat ta’lim-tarbiya standartlariga to‘la javob beradi va tarbiyalanuvchilarni maktab ta’limiga sifatli tayyorlash uchun yetarli shart-sharoitlarga ega.

✍️Ma’lumot uchun. Nurota tumanida 84 ta MTT bo‘lib, ulardan 19 tasi davlat, 59 tasi oilaviy va 6 tasi DXSH asosidagi MTTlardir. Hozirda tumandagi 3-7 yoshli bolalarning 69,3 %i maktabgacha ta’lim bilan qamrab olingan. Joriy yil so‘ngiga qadar bu ko‘rsatkichni 72,5 %gacha yetkazish maqsad qilingan.

👆Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 28-dekabrdagi "2021-2023 yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 4936-sonli Qaroriga asosan 2021-yil Investitsiya dasturiga kiritilgan 2 ta yangi davlat MTT qurish hamda 8 ta maktabgacha ta’lim tashkilotlarini rekonstruksiya qilish rejalashtirilgan edi.

👫Hozirgi kunda, belgilangan ushbu vazifalar to‘liq amalga oshirilib, barcha MTTlar foydalanishga topshirilgan. WWW - Telegram - Facebook - YouTube- Instagram
#Navbahor tuman maktabgacha ta'lim bo'limiga qarashli 13-sonli davlat MTTda musiqa rahbari G. O'tkirova tomonidan uslubiy birlashma ish rejasiga asosan " Maktabgacha ta'lim tashkilotida bayram ertaliklari" mavzusida seminar tashkil etildi.

✍️Seminardan maqsad Maktabgacha ta'lim vaziring 2021-yil 12-iyuldagi "Maktabgacha ta'lim tizimida uzluksiz metodik xizmat ko'rsatish ishlarini yanada rivojlantirish to'g'risida"gi 128-sonli buyrug'i ijrosini ta'minlashdan iborat.
WWW - Telegram - Facebook - YouTube- Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎄#Navbahor tumanidagi “Nilufar taraqqiyoti” nodavlat MTTda “Xayr, archajon!” deb nomlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

☃️O‘ziga xos kompazitsion yechimda va obrazlarda sahnalashtirilgan Yangi yil ertagi bolajonlarga manzur bo‘ldi.

📺Tafsilotlar Navoiy TRKning “Diyor 24” informatsion dasturida
WWW - Telegram - Facebook - YouTube- Instagram
Navoiy viloyatidagi vakant lavozimlarga ochiq tanlovlar e’lon qilindi

✍️Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Navoiy viloyati filiali viloyati Maktabgacha ta’lim boshqarmasi bilan hamkorlikda quyidagi vakant lavozimlarga ochiq mustaqil tanlovlar e’lon qiladi:

▪️G‘ozg‘on shahar maktabgacha ta’lim bo‘limi davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini hamda o‘qitishning muqobil shakllarini tashkil etish sho‘basi metodisti;

▪️Qiziltepa tuman maktabgacha ta’lim bo‘limi mudiri;

▪️Navbahor tuman maktabgacha ta’lim bo‘limi mudiri.

Tanlovda ishtirok etish uchun nomzodlar Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali orqali ro‘yxatdan o‘tishlari, vakant bo‘lgan lavozimga so‘ralgan hujjatlarni elektron shaklda taqdim etishlari lozim.

❗️Hujjatlar 2022 yil 10 yanvardan 19 yanvargacha (shu kuni ham) qabul qilinadi.

🔷 Hujjatlarni elektron yuborish tartibi bo‘yicha
videoqo‘llanma

🔷 Yagona identifikatsiya tizimi — id.egov.uz'dan ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoqo‘llanma
#Bilasizmi

🔰 Xodim quyidagi holatlarda ishga qo‘yilmaydi:

majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tishdan bo‘yin tovlaganda;
o‘tkazilgan tekshirishlar natijalari bo‘yicha tibbiy komissiyalar tomonidan berilgan tavsiyalarni bajarmaganda;
karantinli va odam uchun xavfli boshqa yuqumli kasalliklar tarqalishi tahdidi bo‘lganda profilaktik emlashdan o‘tish rad etilganda;
alkogolli ichimlikdan, giyohvandlik yoki toksik modda ta’siridan mastlik holatida.

Xodim ishdan chetlashtirilgan davrda unga ish haqi hisoblanmaydi.‼️

➡️ Xodim g‘ayriqonuniy ravishda ishdan chetlashtirilganda xodimga yetkazilgan zarar ish beruvchi tomonidan qoplab beriladi WWW - Telegram - Facebook - YouTube- Instagram
Forwarded from Didaktik qo’llanma
Мактабгача таълим ташкилотларида карантин қоидаларига қатъий риоя қилинади

Хабарингиз бор, юртимизга коронавируснинг “Omicron” штамми кириб келганида сўнг маълум чекловлар ўрнатилди.

Шу муносабат билан Мактабгача таълим вазирлиги қуйидагиларни маълум қилади:

Давлат мактабгача таълим ташкилотларида “Covid 19”пандемияси даврида мактабгача таълим ташкилотларининг иш фаолиятига қўйиладиган вақтинчалик санитария-гигиеник талаблар»га қатъий риоя этилади;

давлат мактабгача таълим ташкилотларида байрам тадбирлари ўтказилиши вақтинчалик чекланади;

ота-оналар ва ташқаридан меҳмонлар киришига йўл қўйилмайди (зарур вазиятларда сўнгги уч кунлик ПЦР тести ва эмланганлиги ҳақида сертификати бўлиши лозим);

йиғилишлар ўтказилиши чекланади, зарур ҳолларда йиғилишларни видеоконференцалоқа режимида ўтказиш чоралари кўрилади;

мазкур чекловнинг бузилишига йўл қўйилган тақдирда тегишли тартибда жавобгарлик чоралари (ҳайфсан, жарима ва б.қ.) қўлланилади.
#harbiy_vatanparvarlik_oyligi
1️⃣#Zarafshon shahridagi 20-sonli davlat MTTda "Mard askar yoshlarga namuna" mavzusida tadbir bo'lib o'tdi. Unda tashkilot psixologi N.Yodgorova, sport yo'riqchilari D.Babaqulova, A.Ro'ziyeva va pedagog xodimlar bilan hamkorlikda tarbiyalanuvchilar o‘rtasida sport musobaqalari o'tkazildi.

2️⃣#Uchquduq tumanidagi 1-sonli davlat MTT "Kabutar" va "Olmaxon" tayyorlov guruhlari tarbiyalanuvchilari tumandagi harbiy qismlardan biriga sayohatga borishdi.
👫Harbiy qismda tarbiyalanuvchilar askarlarga yaratilgan shart-sharoitlar va harbiy texnikalar bilan yaqindan tanishdi. Tarbiyalanuvchilar harbiylarga atab yod olgan she’rlaridan aytib o‘z qo‘llari bilan yasagan sovg‘alarini taqdim etdi. WWW - Telegram - Facebook - YouTube- Instagram
#harbiy_vatanparvarlik_oyligi

1️⃣#Konimex tumanidagi 5-sonli davlat MTT “Kapalak” kichik guruhi tarbiyalanuvchilraining Vatan himoyachilari kuniga bag'ishlab o'tkazilgan tadbiridan fotolavhalar. Tarbiyachi: U.Arslanova

2️⃣#Navbahor tumanidagi 7-sonli davlat MTTning "Nastarin" guruhida o‘tkazilgan "Men ham askar bo‘laman" nomli bayram dasturidan fotolavhalar WWW - Telegram - Facebook - YouTube- Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#raqamli_texnologiya 🖥Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari xodimlari va tarbiyalanuvchilarini zamonaviy raqamli texnologiyalarni qo‘llagan holda avtomatik hisobga olish tizimini joriy etish bo‘yicha Toshkent shahri Bektemir tumanida FACE ID tajriba sinovi asosida amaliyotga tadbiq etilmoqda. WWW - Telegram - Facebook - YouTube- Instagram
#harbiy_vatanparvarlik_oyligi
1️⃣#Navbahor tumani 2-sonli davlat MTT “Bulbulcha” guruhida tarbiyachi Z.Bakaeva tomonidan Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan rasmlar tanlovi o‘tkazildi.

2️⃣
#Uchquduq tumanidagi 15-sonli davlat MTTning "Tabassum" tayyorlov guruhida bolalarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida markazlarda mashg‘ulotlar olib borildi. WWW - Telegram - Facebook - YouTube- Instagram
💪O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi "Sog`lom turmush tarzini keng targ'ib etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida"gi PF-6099-sonli Farmoni ijrosini ta`minlash hamda Navoiy pedagogika kolleji pedagog-xodimlarining qishki ta`til kunlarini mazmunli o`tkazish maqsadida sportning 🏐voleybol va 🏓stol tennisi turlaridan musobaqa o`tkazildi. WWW - Telegram - Facebook - YouTube- Instagram
#Konimex tumani “Sho‘rko‘l” MFYda yangi oilaviy MTT bolajonlar uchun o‘z eshiklarni ochdi.

Tadbirkor Baxriddin Berdiyev tomonidan tashkil etilgan MTTda mahalladagi 25 nafar bolajonlar ta’lim-tarbiya olishmoqda.
WWW - Telegram - Facebook - YouTube- Instagram