"NAVOIYAZOT" AJ | Rasmiy kanali
5.29K subscribers
14.7K photos
1.08K videos
93 files
4.57K links
Kimyo sanoati mahsulotlarini ishlab chiqaradigan yirik korxona.
Matbuot xizmati bilan aloqa: @Navoiyazot_AJ_Press
Manzil: Navoy shahri, Navoiy-5
Telefon: (+998 436) 229 22 00
Facebook: https://www.facebook.com/profile.php?id=61554202743028
Download Telegram
#bellashuv

🚒Bellashuvning alohida turlari bo‘yicha, ya'ni suvni nishonga tekkizish bo‘yicha 909-sex vakillari J.To‘xtamishov hamda N.Hamrayevlar(7.2 soniya), kichik protivendagi olovni OU-5 o‘t o‘chirgichi bilan o‘chirishda 913-sex xodimi E.Salimov (7.0 soniya), tulumni o‘chirishda ham shu sex drujinasidan O.Erkinov va Z.Aslonovlar (6.0 soniya), katta protivendagi alangani OP-10 o‘t o‘chirgichi bilan ochirishda 107-sex xodimi F.Xidirovlar (3 soniya) yuqori natijalarni ko‘rsatdilar.

🧯Go‘lib va sovrindorlar korxona rahbariyati tomonidan pul mukofotlari bilan taqdirlandilar. Bu kabi musobaqalar ishtirokchilarda nafaqat favqulodda vaziyatlarga doimo tayyor turishni o‘rgatadi, balki jamoani birlashtirib, xavfsizlik texnikasiga hamisha rioya qilishga, nafaqat o‘z salomatligi, balki jamoadoshlari muhofazasini o‘ylab ish tutishga ruhlantiradi.

———————————————————
Веб-сайт | Telegram | Facebook | Instagram
📣 KORRUPSIYA HOLATLARIGA DUCH KELGANDA BIZGA MUROJAAT QILING! 📢

❗️Manfaatlar to‘qnashuvi mehnat faoliyatingizni olib borishda halal bermoqdami? Korrupsiya holatlariga duch kelyapsizmi? Ushbu masalada kimga va qayerga murojaat qilishni bilmayapsizmi? 🛃Korrupsiya bir yoki ikki idoraning sa’y-harakati bilan yo‘q qilib bo‘ladigan illat emas. Qachonki, barcha fuqarolar, jamiyat unga qarshi birgalikda kurashib, uning ildizlarini yo‘q qilishga kirishsagina ijobiy natijaga erishiladi.

“Navoiyazot” AJ Komplayens nazorat boshqarmasi korrupsiyaga qarshi kurashish maqsadida barcha jismoniy va yuridik shaxslarga o‘zlarining bu boradagi savollari hamda murojaatlarini quyidagi maxsus aloqa kanallari orqali yo‘llashlari mumkinligini eslatib o‘tadi.

Telegram messenjeridagi aloqa kanali:👇
https://t.me/complience

☎️ Ishonch telefoni:👇
+998 91 553-77-70

🌀Elektron pochta: 👇
azot-corruptio-stop@umail.uz
📣 СВЯЖИТЕСЬ С НАМИ, ЕСЛИ ВЫ СТОЛКНУЛИСЬ С КОРРУПЦИЕЙ! 📢

❗️ Сталкиваетесь с коррупцией или мешает конфликт интересов при ведении вашей деятельности? Не знаете к кому и куда обратиться по этому вопросу? 🛃Коррупция – это язва, которую нельзя искоренить усилиями одного или двух ведомств. Положительный результат будет достигнут только тогда, когда все граждане и общество вместе будут бороться с ним и начнут уничтожать его корни.

В целях борьбы с коррупцией Управление комплаенс контроля АО «Навоиазот» напоминает всем физическим и юридическим лицам, что они могут направлять свои вопросы и обращения по следующим специальным каналам связи.

Канал в Telegram мессенджере:👇
https://t.me/complience

☎️ Контактный телефон: 👇
+998 91 553-77-70

🌀Электронная почта:👇
azot-corruptio-stop@umail.uz
🛎 YANGRAR BUGUN SO‘NGGI QO‘NGI‘ROQ

“Ilmni qadrlang, ilmga intiling!” shiori ostida bugun Navbahor tumanidagi 20-umumta’lim maktabida so‘nggi qo‘ng‘iroq tadbirlari bo‘lib o‘tdi. Unda “Navoiyazot” AJ faollari ishtirok etib, bitiruvchilarga muhtaram yurtboshimizning tabrigini o‘qib eshittirdilar hamda yakuniga yetgan o‘quv yilida faol bo‘lgan o‘quvchi va ustozlarni taqdirlab, kelgusidagi ishlariga omad tiladilar.

Ma’lumot uchun: Navbahor tumanidagi 20-umumta’lim maktabi 300 nafar o’quvchiga mo’ljallangan bo’lib, bugungi kundagi bitiruvchilari soni 25 nafarni tashkil etadi. O‘tgan 2022-yilda oliy ta’lim muassasalariga kirish ko‘rsatkichi 66%ni tashkil etgan.

———————————————————
Веб-сайт | Telegram | Facebook | Instagram
#MAXSUS_TAKTIK_OQUV_MASHQI

FUQARO MUHOFAZASI BO‘YICHA KO‘RGAZMALI MAXSUS-TAKTIK O‘QUV MASHQI BO‘LIB O‘TDI

Bugun “Navoiyazot” AJning 916-sexida fuqaro muhofazasi bo‘yicha ko‘rgazmali maxsus taktik o‘quv mashqi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda Vaziyatlar vaziri birinchi o`rinbosari Sanjar Zuparov ishtirok etdi.

Korxona ishlab chiqarish obyektlaridagi favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish yuzasidan tashkillashtirilgan ushbu mashg‘ulotda Fuqaro muhofazasi bo‘limi, Tibbiy sanitariya qismi, Harbiylashgan gazdan qutqaruv va yong‘in xavfsizligi otryadlari, Navoiy viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi qutqaruvchilari hamkorlikda harakatlanishdi.

———————————————————
Веб-сайт | Telegram | Facebook | Instagram
#MAXSUS_TAKTIK_OQUV_MASHQI

Senariy bo‘yicha 916-nitrat kislotasi ishlab chiqarish sexining suyuq ammiak bug‘lanish uskunasida zilzila oqibatida sodir bo‘lgan avariyada ammiak bug‘lari sizib chiqish holati bo‘yicha tayyorgarlik sinovdan o‘tkazildi. Gaz sizib chiqishini to‘xtatish uchun favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish tizimining kuch va vositalari, shuningdek, obyektning texnik xodimlari yo‘naltirildi.

Shartli gaz sizib chiqishi mobilizatsiya ishlari va fuqaro muhofazasi xizmatining rejasiga muvofiq bartaraf etildi, jarohatlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatildi, harbiylashtirilgan gazdan qutqaruv otryadi, sanitariya drujinasi, yong‘in-qutqaruv qismining jalb etilgan xodimlari yuqori darajadagi hamkorlik va samaradorlikni, vazifalarini ado etishda mustahkam bilim va mukammal amaliy ko‘nikmalarni namoyish etishdi.

———————————————————
Веб-сайт | Telegram | Facebook | Instagram