"NAVOIYAZOT" AJ | Rasmiy kanali
6.28K subscribers
19.3K photos
1.4K videos
111 files
5.9K links
Kimyo sanoati mahsulotlarini ishlab chiqaradigan yirik korxona.
Matbuot xizmati bilan aloqa: @Navoiyazot_AJ_Press
Manzil: Navoy shahri, Navoiy-5
Telefon: (+998 436) 229 22 00
Facebook: https://www.facebook.com/profile.php?id=61554202743028
Download Telegram
👍👍👍👍👍
#ayollarni_eʼzozlash_oyligi
#milliy_liboslar_kuni

MILLIY LIBOS — IFTIXOR RAMZI

Jamiyatning 915-sexida “Ayollarni e’zozlash oyligi” va milliy liboslar kuni munosabati bilan madaniy tadbir tashkil etildi. Unda xotin-qizlar musiqiy chiqishlari, qadriyatlarga sadoqat ifodasini ijro, mahorat, an’analarga hurmat orqali namoyish etdilar.

Bayramona bezatilgan maskanda milliy ayyom shukuhini his etish mumkin bo‘ldi. Baxtiyor nigohlarda faoliyatdan mamnunlik, go‘zal, tinch yurtda yashashdek imkoniyatdan iftixor hissini anglash qiyin emas. Bayramlarga salomat yetkazsin, degan ezgu niyat mehr-oqibatni yanada mustahkamladi.

📱Kanalga ulanish:
https://t.me/navoiyazot_uz

Bizni kuzatib boring⬇️
🌐Web-site 🌐instagram |🌐facebook|🌐youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5🔥5👍4
👍👍👍👍👍
#mehnat_muhofazasi

MEHNAT MUHOFAZASI — SALOMATLIK VA HAYОT XAVFSIZLIGI

🔴Mehnat muhofazasi amal qilish lozim bo‘lgan qoidalar majmuigina emas, balki inson hayotini asrash, sog‘lom mehnat sharoitini yaratish va korxona faoliyati samaradorligini ta’minlaydigan muhim tizimdir.
Jamiyatda ishlayotgan laborantlar mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi bo‘yicha nazariy darslarda ishtirok etishmoqda.

🔴Tinglovchilarning shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish, tahlil jarayonida belgilangan tartib asosida faoliyat yuritish, xavfsizlik talablariga qat’iy rioya etishga oid ko‘nikmalari mustahkamlanyapti.

🔴Ish joyida xavfsiz muhit tashkil etish, faoliyat davomida jarohatlanish, baxtsiz hodisa, kasb kasalliklarining oldini olish uchun shaxsiy himoya vositalarida bo‘lish hamda korxona hududida belgilangan qoidalariga amal qilish katta ahamiyatga ega.

📱Kanalga ulanish:
https://t.me/navoiyazot_uz

Bizni kuzatib boring⬇️
🌐Web-site 🌐instagram |🌐facebook|🌐youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
👍👍👍👍👍
#xavfsiz_mehnat
🟥LIVE

XAVFSIZ MEHNAT SANOAT RIVOJI ASOSI

🟢Ayni vaqtda korxonaning faollar zalida “Xavfsiz mehnat asoslari” mavzusida seminar-trening boʻlib oʻtmoqda.

🟢Unda Kimyo va farmatsevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi respublika Kengashi, Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi viloyat kengashi, Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi viloyat hududiy boshqarmasi, davlat mehnat inspeksiyasi vakillari ishtirok etishmoqda.

🟢Seminarda mehnat munosabatlarida normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etilishi: muammo va yechimlar, bu jarayonda kasaba uyushmalarining oʻrni, xavfli ishlab chiqarish obyektlarida sodir boʻladigan baxtsiz hodisalarning oldini olish singari mavzularda ma’lumot berilyapti.

🟢Shuningdek, mehnat munosabatlarida yoshlar va xotin-qizlarga beriladigan imtiyozlar, sohaga oid me’yoriy hujjatlar ijrosi haqida soʻz yuritilmoqda.

🟢Tadbir davomida korxona xodimlari mutaxassislardan mavzuga oid oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olishadi.

📱Kanalga ulanish:
https://t.me/navoiyazot_uz

Bizni kuzatib boring⬇️
🌐Web-site 🌐instagram |🌐facebook|🌐youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21