"NAVOIYAZOT" AJ | Rasmiy kanali
4.99K subscribers
14K photos
1.05K videos
92 files
4.41K links
Kimyo sanoati mahsulotlarini ishlab chiqaradigan yirik korxona.
Matbuot xizmati bilan aloqa: @Navoiyazot_AJ_Press
Manzil: Navoy shahri, Navoiy-5
Telefon: (+998 436) 229 22 00
Facebook: https://www.facebook.com/profile.php?id=61554202743028
Download Telegram
#sayyor_seminar

🏆Seminar doirasida tashkilot xotin-qizlari o‘rtasida ikki yirik ko‘rik-tanlov tashkillashtirildi.

🌹"Kasbidan baxt topgan ayol" tanlovini Respublika Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi bo‘lim boshlig‘i Nodira Karimova hamda "O‘zkimyosanoat" AJ Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Sanobarxon Abduraxmanovalar kirish va yaqinlashib kelayotgan Kimyogarlar kuniga bag‘ishlangan tabrik so‘zlari bilan boshlab berdilar. Tanlovda korxonaning turli sexlarida faoliyat olib borayotgan turfa kasb egalari o‘zaro bellashdilar.

🪡🧶🧵"Hunar - tuganmas xazina" ko‘rik-tanlovi kimyogar xotin-qizlarning hunarmandchilik iqtidori namoyishini rejalashtirgandi. Boshqaruv binosi kirish zalida tayyorlangan manzara ushbu reja to‘laqonli amalga oshirilganligini ko‘rsatdi.

🥇🎁Har ikkala ko‘rik-tanlov hakamlar hay'ati tomonidan baholanib, tanlovlar g‘oliblari kasaba uyushma qo‘mitasining qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

———————————————————
Веб-сайт | Telegram | Facebook | Instagram
BUGUN - BUTUNJAHON METROLOGLAR KUNI!

📐 "Navoiyazot" AJ jamoasi Butunjahon metrologlar kuni bilan mazkur kasb egalarini qizg‘in muborakbod etadi.

📏Oʼlchovlar haqidagi taʼlimot mutaxassislarining kuni qariyb 24 yildirki, ushbu sanada keng nishonlanadi. Umrimizning har bir jabhasi o‘lchog‘lik ekan, mazkur kasb egalari, ularning xizmatiga ehtiyojmandmiz.

📜Aziz metrologlar, garchi o‘lchov sizga doimo hamroh bo‘lsa-da, hayotingiz davomida hamisha kasbingizda rivoj, umringizda baraka, ishlaringizda omad, sog‘lik, baxt o‘lchab bo‘lmas darajada mo‘l bo‘lsin. Kasb bayramingiz muborak!

———————————————————
Веб-сайт | Telegram | Facebook | Instagram
#sayyor_seminar

🌎NAVOIY VILOYATINING MUQADDAS QADAMJOLARIGA SAYOHAT TASHKILLASHTIRILDI

Ichki turizmni rivojlantirish maqsadida sayyor seminarning ikkinchi kunida ishtirokchilar uchun 🇺🇿«O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil» dasturi asosida Navoiy viloyatining ziyoratgoh hamda tarixiy qadamjolariga sayohat tashkillashtirildi.

Mehmonlar ushbu sayohat davomida qadim Nurotaning Chilustun jome masjidi, Chashma oʻlkashunoslik muzeyi, baliqli bulog‘i, Xalq amaliy sanʼat va hunarmandchiligi namunalari namoyish etilgan rastalari, shuningdek Sarmishsoy darasining qoyatosh suratlari, so‘lim maskanlari bilan yaqindan tanishdilar. Sayohat seminar ishtirokchilarida ijobiy taassurotlar va viloyat to‘g‘risida yaxshi xotiralar qoldirdi.

———————————————————
Веб-сайт | Telegram | Facebook | Instagram
#Seminar

🔰“Navoiyazot” AJ sayyor seminar va yangi kitoblar taqdimoti o‘tkazildi.

🔰Navoiy viloyati “Navoiyazot” AJda “O‘zkimyosanoat” AJ tizimidagi tarmoq korxonalarning ma’naviy-ma’rifiy ishlarga mas’ul xodimlari, Xotin-qizlar va kasaba uyushma qo‘mitalari rahbarlari, Yoshlar ittifoqi yetakchilari ishtirokida sayyor seminar bo‘lib o‘tdi.

🔰O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 20-oktabrdagi “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PF-6084-son Farmonining 2-ilovasi 9-, 12- bandlariga asosan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan chop etilgan yangi kitoblarning taqdimoti o‘tkazildi.

👉Batafsil

Bizning manzil:

Veb-sahifa | Telegram
#bellashuv

🧑‍🚒KO‘NGILLI O‘T O‘CHIRUVCHILAR MUSOBAQASI

«Navoiyazot» АJning Mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi boshqarmasi hamda Harbiylashgan yong‘in xavfsizligi otryadi tomonidan an‘anaviy tarzda tashkillashtiriladigan Ko‘ngilli o‘t o‘chirish drujinalari musobaqasi joriy yilning g‘oliblarini aniqladi. Mazkur bellashuvda 39 ta jamoa, jumladan 2 ta ayollar guruhi (131 va 701-sexlar) ishtirok etdi. Tadbirda sex va ishlab chiqarishlarning ko‘ngilli o‘t o‘chiruvchi drujinalarining favqulodda holatlarga shayligi darajasi sinovdan o‘tkazildi.
Yuqori tayyorgarlikda va murosasiz o‘tgan musobaqada umumjamoa hisobida 34,7 soniyalik rekord natija bilan 909-sex vakillari g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi. Ta'kidlash joizki, bu natija o‘tgan yilgi rekord natijadan deyarli 1 soniyaga farq qilib, rekord yangilanganini anglatadi. 35,6 soniyalik natija bilan 7-11-sex drujinasi 2-o‘rinni, ulardan 0,6 soniya ortda qolgan 913-sex xodimlari 3-o‘rinni egalladi.

———————————————————
Веб-сайт | Telegram | Facebook | Instagram