"NAVOIYAZOT" AJ | Rasmiy kanali
5.26K subscribers
14.6K photos
1.07K videos
93 files
4.54K links
Kimyo sanoati mahsulotlarini ishlab chiqaradigan yirik korxona.
Matbuot xizmati bilan aloqa: @Navoiyazot_AJ_Press
Manzil: Navoy shahri, Navoiy-5
Telefon: (+998 436) 229 22 00
Facebook: https://www.facebook.com/profile.php?id=61554202743028
Download Telegram
📌#Rahbar_va_yoshlar
#Live

🖊Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, muammolariga yechim topish hamda takliflarni ishlab chiqarishga tadbiq etishni tizimli yo‘lga qo‘yish maqsadida tashkil etilgan ushbu uchrashuv davomida boshqaruv raisi yoshlar bilan do‘stona suhbatga kirishib, ularning avvalo ish sharoitlari bo‘yicha fikrlari bilan qiziqdi. Yangi ishlab chiqarishlarda faoliyat yuritayotgan yoshlarning texnologiyalarni o‘zlashtirish darajasi, salohiyat va qiziqishlari bilan tanishdi. Yosh xodimlarning aksariyati mavjud muammolarni ko‘tarayotganligi va mutanosib ravishda yechimlar taklif etayotganligi rahbarda yaxshi taassurot qoldirdi. Tushayotgan talab va takliflar yuzasidan yig‘ilishning o‘zidayoq reja tuzilib, masʼul mutaxassislar bilan birgalikda ularning yechimi yuzasidan ishlar belgilab olindi.

🎁Eng tashabbuskor yoshlar tadbir so‘ngida boshqaruv raisi tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

🌎Batafsil👈

———————————————————
Веб-сайт | Telegram | Facebook | Instagram
Forwarded from TB RCTU MENDELEEVA (Зиёд)
😀 D.I.Mendeleyev nomidagi RKTUning Toshkentdagi filialida yangi 2023/2024-o‘quv yili uchun abituriyentlarni bakalavriat va magistratura yo'nalishlariga qabul davom etmoqda.

2023/2024
-o‘quv yili uchun bakalavriatga qabul quyidagi ta'lim yo‘nalishlari bo‘yicha amalga oshiriladi:
Kimyoviy texnologiya;
Texnosfer xavfsizligi;
Materialshunoslik va materiallar texnologiyasi;
Materiallarga badiiy ishlov berish texnologiyasi.

Ta'lim shakllari:
🟠kunduzgi (ta'lim muddati 4 yil);
🟠sirtqi (ta'lim muddati 4,6 yil)

2023/2024-o‘quv yili uchun magistraturaga qabul quyidagi ta'lim yo‘nalishlari bo‘yicha amalga oshiriladi:
Materialshunoslik va materiallar texnologiyasi;
Nanomateriallar.

Ta'lim shakllari:
🟠kunduzgi (ta'lim muddati 2 yil);
🟠sirtqi (ta'lim muddati 2 yil)

‼️SHOSHILING QABUL 17-AVGUSTGA QADAR DAVOM ETADI

Batafsil ma'lumot uchun:
https://t.me/RXTU2023

Murojaat uchun telefonlar:
+998-55-503-30-45
+998-55-503-30-54

🌎Web-site🕊Telegram📱Instagram📱Facebook📺YouTube 📱TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
✏️MA’NAVIYAT SOATI TASHKILLASHTIRILDI

«Navoiyazot» AJ da 🇺🇿Oʼzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 32 yilligiga bag‘ishlangan maʼnaviyat soati tashkil etildi. Unda korxona boshqaruvi raisi maslahatchisi Z.Egamov yig‘ilganlarga davlat tilining ahamiyati, unda ish yuritish asoslari, tilimizning mustaqillik ramzlaridan biri ekanligi, uning nufuzini oshirish borasida olib borilayotgan ishlar va oldimizga qo‘yilgan vazifalar to‘g‘risida gapirib o‘tdi.

Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazining Navoiy viloyat hududiy bo‘linmasi tomonidan joriy yilning boshidan buyon korxona ishchi-xodimlaridan jami 45 nafariga “O‘zbek adabiy tili me’yorlari va davlat tilida ish yuritish kursi”da saboq berilgan bo‘lib, tadbir so‘ngida ularning 32 nafariga sertifikatlar topshirildi. Tinglovchilar tomonidan kurslarning buyuk maqsadga yo‘naltirilganligi, natijadorligi e’tirof etilib, o‘qituvchilarga minnatdorchiliklari bildirildi.

———————————————————
Веб-сайт | Telegram | Facebook | Instagram
🇺🇿“Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!”

Bugun «Navoiyazot» AJning Ammiak va karbamid ishlab chiqarishida Respublika Mustaqilligining 32 yilligini munosib nishonlash, shuningdek ishchi-xodimlar o‘rtasida “Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!” degan bosh g‘oyani o‘zida mujassam etgan tashkiliy-amaliy, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar hamda targ‘ibot-tashviqot ishlari, ochiq muloqot va suhbatlar, adabiy-badiiy kechalar, madaniyat va sport tadbirlarini samarali o‘tkazish maqsadida tashkil etilgan targ‘ibot guruhining xodimlar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Unda komplayens va kadrlar boshqarmalari, kasaba uyushma qo‘mitasi, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha mas’ullar, murojaatlar bilan ishlash va yuridik bo‘limlari, yoshlar ittifoqi mutasaddilari xodimlar muammolarini o‘rganib, yangilangan Konstitusiya mazmun-mohiyati va “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining asosiy ustuvor yo‘nalishlari doirasida belgilangan tub islohotlar haqida suhbat o‘tkazdilar.

Veb-sayt | Telegram | Facebook | Instagram