NAVOIY VILOYATI MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI BOSHQARMASI
4.54K subscribers
46.4K photos
5.37K videos
511 files
9.57K links
Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining telegram tarmog'idagi rasmiy kanali

🌍Veb sayt: navai.uzedu.uz

Facebook: facebook.com/navoiy.mmtb.3

Instagram: https://www.instagram.com/navoiy_mmt_boshqarmasi/

Ishonch telefoni: 792201281
Download Telegram
#Xushxabar
#Attestatsiya_2025

🔴 Yurtimiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan malaka test sinovlarida navoiylik pedagoglar yuqori natijalarni qayd etishmoqda:

🔹Xatirchi tumani 89-maktabning Boshlangʻich taʼlim fani oʻqituvchisi Eʼtiborxon Toshtemirova 88 ball;

🔹Karmana tumani 22-maktab kimyo fani o‘qituvchisi Nafisa Hamdamova 90 ball bilan attestatsiya jarayonida oliy toifani munosib himoya qildi.

O‘qituvchilarimizning kelgusi pedagogik faoliyatiga muvaffaqiyat tilaymiz!

🇺🇿Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati

Navai.uzedu.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
MAKTABGACHA TA’LIM TIZIMIDAGI MUHIM MASALALAR MUHOKAMA QILINDI

Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Ra’no Hayitova, bo‘lim boshlig‘i U.Kamolovlar tomonidan bo‘lim tasarrufidagi mavjud davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktori, metodist hamda hamshiralari bilan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur yig‘ilishda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarni kun tartibi, sog‘lom ovqatlantirish, majburiy ta’lim guruhlari faoliyati, mashg‘ulot va ta’lim jarayonlarini tashkil etilishi ishlari holati tanqidiy-tahliliy ravishda ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, boshqarma boshlig‘i tomonidan faoliyati davomida qo‘pol kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan bir qator soha xodimlariga intizomiy choralar qo‘llanildi.

🇺🇿Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati

Navai.uzedu.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
VAZIR O‘RINBOSARI UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA...

Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Farhod Boqiyev, Mudofaa vazirligi departamenti boshlig‘i Bahrom Zulfiqorovlar viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Ra’no Hayitova hamrohligida Navoiy shahridagi umumta’lim maktablariga tashrif buyurishdi.

Tashrif davomida, muassasalarning ta’lim sifati, o‘quvchi-yoshlarga yaratib berilgan sharoitlar, kutubxona hamda CHQBT xonalari faoliyati bilan yaqindan tanishib, mas'ul xodimlar bilan suhbatlashdi.

Tanishish asnosida, bir muncha yo‘nalishlarda amalga oshirilayotgan ishlar e’tirof etilgan bo‘lsa, ayrim sohalarda kelgusida qilinishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan tegishli taklif va ko‘rsatmalar belgilab berildi.

🇺🇿Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati

Navai.uzedu.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube