NAVOIY VILOYATI MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI BOSHQARMASI
4.54K subscribers
46.4K photos
5.37K videos
511 files
9.57K links
Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining telegram tarmog'idagi rasmiy kanali

🌍Veb sayt: navai.uzedu.uz

Facebook: facebook.com/navoiy.mmtb.3

Instagram: https://www.instagram.com/navoiy_mmt_boshqarmasi/

Ishonch telefoni: 792201281
Download Telegram
#tanlov

"Mening innovatsion g‘oyam" ko‘rik-tanlovi


🔰 Uchquduq tuman MMTBga qarashli 10-sonli DMTTda 2-may kuni "Yillik ish reja" ijrosini ta’minlash maqsadida pedagog xodimlar o‘rtasida "Mening innovatsion g‘oyam" mavzusida ko‘rik-tanlov bo‘lib o‘tdi.

🔸 Tanlovda pedagoglar o‘z qo‘l mehnati bilan tayyorlagan ijodiy ishlari, innovatsion ko‘rgazmalari bilan faol ishtirok etdilar. Har bir g‘oya – farzandlarimiz tarbiyasi va ta’limi yo‘lida yangi yondashuvlar, samarali natijalar sari qo‘yilgan navbatdagi dadil qadam bo‘ldi.

🔹 Bunday tashabbuslar pedagoglar ijodkorligini oshirib, metodik yondashuvlarni boyitishda muhim ahamiyat kasb etadi.

🇺🇿Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati

Navai.uzedu.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#XUSHXABAR

MALIKAXON "SHAXMAT FESTIVALI" RESPUBLIKA BOSQICHIDA SOVRINDOR!


Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari o‘rtasida "Shaxmat festivali” tadbirining Respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Qayd etish lozim, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2026-yil O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasiga kompleks tayyorgarlik ko‘rish hamda shaxmatni ommaviy harakatga aylantirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2023-yil 8-maydagi PQ–150-son qaroriga muvofiq maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari o‘rtasida “Shaxmat festivali” musobaqalarini tashkil etish vazifasi belgilangan.

Mazkur bellashuvlar nihoyasida, Navoiy shahridagi 19-son davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchisi Malika Murtazayeva faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Gʻolibamizni ushbu yutuq bilan samimiy qutlab, kelgusi faoliyatiga ulkan omadlar tilaymiz!

Navai.uzedu.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#LIVE

🔴 Ayni vaqtda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Xorazm viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalariga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtmoqda.

Unda Urganch tumanidagi Adolat, Qoʻshkoʻpirdagi Iftixor, Hazoraspdagi Yangibozor mahallalaridagi maktablar ikkidan yuqori koeffitsiyentda faoliyat yuritayotgani koʻrsatib oʻtildi. Mutasaddilarga bu yerda xususiy maktab ochish yoki qoʻshimcha bino qurish boʻyicha taklif kiritish topshirildi.

Bu yili viloyatdagi 359 ta bogʻchani suv isitish tizimi geliokollektorlar bilan jihozlanishi, 420 ta ijtimoiy obyektdagi mingdan ortiq eskirgan isitish qozonlari yangilanishi belgilandi.

Navai.uzedu.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Jarayon

9-SINF O‘QUVCHILARI UCHUN YAKUNIY DAVLAT IMTIHONLARI BO‘LIB O‘TMOQDA

Ayni vaqtda viloyatimizdagi umumta’lim maktablarining 9-sinf o‘quvchilari jismoniy tarbiya fanidan davlat imtihonini topshirishmoqda.

Fotolavhalarda maktablarda o‘tayotgan imtihon jarayonlari aks etgan.

🇺🇿Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati

Navai.uzedu.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
“Xotira – abadiy, qadr-muqaddas”

Inson, millat va xalq tarixiy xotira tuyg‘usi bilan barhayotdir. Xotira – kechagi o‘tmishni, ajdodlar o‘gitini, milliy merosimizni anglatib turuvchi – muqaddas kitob zarvaraqlaridek hayotimizni yoritib turadi.

Bugun Navoiy shahridagi 13-umumiy o‘rta ta’lim maktabida gi “Xotira - abadiy, qadr- muqaddas” nomi ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Mazkur tadbirda Veteran jangchi faxriylar kengashi, Milliy gvardiya jamoasi, chavandozlar maktabi jamoasi, 20022-harbiy qism orkestr jamoasi, faxriy qarovul jamoasi hamda "Nastarin" guruhi ishtirokida milliy ruhda madaniy tadbir tashkil etildi.

Tadbirni tashkil etishdan maqsad o‘quvchi yoshlar o‘rtasida Vatanga bo‘lgan muhabbat, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdan iboratdir. Tadbir so‘ngida hamkor tashkilotlarga maktab jamoasi nomidan esdalik sovg‘alar ulashildi.

Navai.uzedu.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube