NAVOIY VILOYATI MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI BOSHQARMASI
4.51K subscribers
46.1K photos
5.33K videos
511 files
9.48K links
Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining telegram tarmog'idagi rasmiy kanali

🌍Veb sayt: navai.uzedu.uz

Facebook: facebook.com/navoiy.mmtb.3

Instagram: https://www.instagram.com/navoiy_mmt_boshqarmasi/

Ishonch telefoni: 792201281
Download Telegram
#tashabbus

Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamda Navoiy davlat universiteti hamkorligida “Bugungi talaba – ertangi ustoz” mavzusida master-klass haftaligi davom etmoqda.

Bugun Navoiy shahar Alisher Navoiy nomidagi IDUMda mazkur haftalikning 3-kuni maktabda “Tajribamning sehrli sirlari” ko‘rgazmalar taqdimoti, mahorat darslari, talabalar uchun uslubiy taqdimotlar, iqtidorli o‘quvchilar bilan to‘garak mashg‘ulotlari, “Baxtli bolalik” festivali, "Zakovat" intellektual o‘yini, ijodiy ishlar ko‘rik-tanlovlari o‘tkazildi.

Tadbir davomida Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Z.Niyazov, MMTB bosh metodisti Sh.Rahmonova, Navoiy davlat universiteti “Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim” fakulteti dekani G.Shamsiddinova boshchiligidagi universitet professor o‘qituvchilari, Navoiy viloyat pedagogik mahorat markazi direktori U.Mardonov boshchiligidagi tegishli mas’ullar hamda universitet talabalar qatnashdi.

Navai.uzedu.uz | Telegram | Facebook | Instagram
📖Korrupsiyasiz kelajak sari

📝Navbahor tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 9-umumiy o‘rta ta’lim maktabida Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasi professor-o‘qituvchilari tomonidan muassasa pedagog xodimlari hamda bitiruvchi sinf o‘quvchilari bilan davra suhbati tashkil etildi.

Mazkur uchrashuvda korrupsiyaning jamiyat hayotiga salbiy ta’siri, uning oldini olish yo‘llari, bu borada yoshlarning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish lozimligi xususida to'xtalib o'tildi.

Tadbir qatnashchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mas’ullardan atroflicha javob olishdi.

🇺🇿Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati

Navai.uzedu.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#oav_nigohida

"Diyor 24". Jizzax viloyati hamda Navoiy viloyati Nurota tumanidagi ta’lim tojik tilida olib boriladigan maktab o‘quvchilari o‘rtasida «Yosh bilimdon» tanlovi bo‘lib o‘tdi. Abdurahmon Jomiy ilmiy merosini o‘rganishga bag‘ishlangan mazkur bilimlar bellashuvi Nurota tumanining «Sentob» mahallasida tashkil etildi.

🇺🇿Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati

Navai.uzedu.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Jarayon

Qiziltepa tumani hokimi Bekzod Bobomurodov tegishli mas’ullar bilan birgalikda hududdagi 32-umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo‘ldi.

Maktabga tashrif maqsadi ushbu maktabning qo‘shimcha o‘quv binosi qurilishiga ehtiyoji mavjudligi bo‘lib, tuman hokimi qurilish ishlarini amalga oshirilishi uchun mavjud imkoniyatlar va maydonni ko‘zdan kechirdi.

🇺🇿Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati

Navai.uzedu.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kun_iqtibosi

Agar yon atrofing bo‘lsa qorong‘u,
Diqqat qil, ehtimol o‘zingsan - yog‘du!


Jaloliddin Rumiy

🇺🇿Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati

Navai.uzedu.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
LOGOPEDIYA SHOXOBCHALARI FAOLIYATI O‘RGANILDI

Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015- yil 26-oktyabrda ro‘yxatdan o‘tkazilgan 2722-sonli "Umumiy o‘rta ta’lim muassasasi qoshidagi logopediya shoxobchasi to‘g‘risida"gi Nizomda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida umumta’lim maktablarida logopediya shoxobchalar  faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

Logopediya shoxobchalarini tashkil etishdan ko‘zlangan asosiy maqsad o‘quvchilar nutq nuqsonlarini oldini olish va ularni bartaraf etishdan iborat.

Viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining mas’ul xodimlari Zarafshon shahridagi ta’lim muassasalarida tashkil etilgan shoxobchalar ish faoliyati o‘rganilib, ularga metodik yordam ko‘rsatildi.

🇺🇿Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati

Navai.uzedu.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM