NAVOIY VILOYATI MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI BOSHQARMASI
4.5K subscribers
46.1K photos
5.33K videos
511 files
9.48K links
Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining telegram tarmog'idagi rasmiy kanali

🌍Veb sayt: navai.uzedu.uz

Facebook: facebook.com/navoiy.mmtb.3

Instagram: https://www.instagram.com/navoiy_mmt_boshqarmasi/

Ishonch telefoni: 792201281
Download Telegram
#seminar

MEZONLARGA ASOSLANGAN YANGI BAHOLASH TIZIMI IJODKORLIK VA IZLANUVCHANLIKNI TA’MINLAYDI.


Bugun Qiziltepa tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidsagi 27-umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Mezonlarga asoslangan yangi baholash tizimi ijodkorlik va izlanuvchanlikni ta’minlaydi” mavzusida o‘quv–amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

O‘quv-seminarida viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi mas’ul xodimlari G.Sagdullayeva, M.Ergasheva, yangi baholash tartibi joriy etilgan hamda kelgusi o‘quv yilida mazkur ta’lim tartibi joriy etiladigan umumiy o‘rta ta’lim maktablarining direktorlari hamda o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari ishtirok etishdi.

Mazkur seminardan ko‘zlangan asosiy maqsad yangi baholash tizimi, uning afzalliklari, ta’lim tizimi, o‘quvchilar bilimini jahon standartlariga moslashtirish hamda bu borada tajriba almashishdan iborat.

🇺🇿Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati

Navai.uzedu.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM