NAVOIY SHAHAR HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI 🇺🇿
4.97K subscribers
80.1K photos
9.64K videos
46 files
23.7K links
Download Telegram
⁉️⁉️⁉️⁉️⁉️
#Yoshlar_va_sport_festivali
#Navoiy_shahri

▶️Ayni damda "YOSHLAR VA SPORT" festivali doirasida Navoiy sharidagi sportning "Olimpia va paralimpia sport turlariga tayyorlash maktabi" da sportchi yoshlar ishtirokida sportning "Stol tennisi" turi bo'yicha musobaqalar bo‘lib o‘tmoqda.

🇺🇿Navoiy shahar hokimligi
Axborot xizmati

🌐Veb Sayt |Telegram |Facebook | 🌐Instagram | 📹You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇷🇺1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣
🗺#NAVOIY_SHAHRI
📹#Markaz_24_Uz

ROSSIYA DELEGATSIYASINING NAVOIY SHAHRIGA TASHRIFI TAFSILOTLARI

🇺🇿🇷🇺Rossiya Federatsiyasi delegatsiyasi rasmiy tashrif bilan Navoiy shahriga keldi.

🇺🇿🇷🇺Delegatsiya a'zolarini Navoiy temir yo‘l vokzalida shahar hokimi Dilmurod Ergashev hamda “Navoiy Ishonch Gilamlari” MCHJ QK direktori Shavkat Xolnazarovlar kutib oldi.

🇺🇿🇷🇺Tashrifning asosiy maqsadi – O‘zbekiston, xususan Navoiy shahrining eksport va import salohiyatini o‘rganish, shuningdek, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning faoliyati, imkoniyatlari hamda xalqaro hamkorlik istiqbollari bilan yaqindan tanishishdan iborat.

🇺🇿🇷🇺Delegatsiya a’zolari “Navoiy Ishonch Gilamlari” MCHJ QK korxonasiga tashrif buyurib, gilam mahsulotlari ishlab chiqarish jarayoni, qo‘llanilayotgan texnologiyalar, mahsulot sifati va tashqi bozorga yo‘naltirilgan eksport salohiyati haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Korxonada Rossiya bilan savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish istiqbollari yuzasidan samarali muzokaralar olib borildi.

🇺🇿🇷🇺Shuningdek, Navoiy shahar hokimi va korxona direktori tomonidan bugungi kunda O‘zbekistonda, ayniqsa iqtisodiyot, tadbirkorlik va sanoat sohalarida Muhtaram Prezidentimiz rahbarligida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar, qulay biznes muhiti, investorlar uchun yaratilgan sharoit va imtiyozlar, jumladan soliq yengilliklari haqida ham batafsil ma’lumotlar berildi.

"NAVOIY ISHONCH GILAMLARI" MCHJ QK

Navoiy Ishonch Gilamlari" MCHJ QK Navoiy shahrida joylashgan gilam ishlab chiqarishga ixtisoslashgan qo'shma korxona. 2003-yilda tashkil etilgan bu korxona yuqori sifatli gilamlar ishlab chiqarish bilan shug'ullanadi. Korxonada 3 smenada 500 nafargda yaqin ishchi faoliyat yuritadi va yillik aylanmasi qariyb 130 milliard so'mni tashkil etadi.

Faoliyat yo'nalishlari:
1️⃣🔘Gilam ishlab chiqarish: Korxona Yevropa standartlariga mos zamonaviy gilamlar ishlab chiqaradi. Asosiy xomashyo sifatida neylon, polipropilen va jut aralashmalari ishlatiladi. Paxta xomashyosidan foydalanilmaydi.
2️⃣🔘Gilamlarni kimyoviy tozalash: 2015-yilda gilamlarni kimyoviy tozalash sexi ishga tushirilgan bo'lib, mijozlarga qo'shimcha xizmatlar ko'rsatadi.
3️⃣🔘Qurilish materiallari ishlab chiqarish: Korxona temir-beton plitalar ishlab chiqarishni ham yo'lga qo'ygan bo'lib, bu qurilish sohasida qo'llaniladi.
4️⃣🔘Texnologik yangilanishlar: Korxona ishlab chiqarish quvvatini oshirish maqsadida samaradorligi yuqori bo'lgan ikki rapirali to'quv dastgohi — Carpet Rug Pioneer CRT ni xarid qilgan. Ushbu dastgoh yiliga 1 120 000.m² gilam ishlab chiqarish imkonini beradi va energiya sarfini sezilarli darajada kamaytiradi.
5️⃣🔘Eksport faoliyati: "Navoiy Ishonch Gilamlari" MChJ QK mahsulotlariga bo'lgan talab ortib bormoqda. Korxona Rossiya va boshqa MDH davlatlariga eksport qiladi va yillik ishlab chiqarish quvvati 4 mln.m² dan ortiq tayyor mahsulotni tashkil etadi.

"Navoiy Ishonch Gilamlari" MChJ QK yuqori sifatli mahsulotlari va zamonaviy texnologiyalari bilan O'zbekiston gilam ishlab chiqarish sanoatida yetakchi o'rinlardan birini egallab kelmoqda.

🇺🇿🇷🇺Mutaxassislar tomonidan delegatsiya a’zolariga dastlabki xom ashyoni qayta ishlash, ip yigirish, rang berish, naqshlar tushirish, gilam to‘qish hamda tayyor mahsulotni qadoqlashgacha bo‘lgan to‘liq ishlab chiqarish zanjiri haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Jarayonlarda zamonaviy texnologiyalar va yuqori unumdor avtomatlashtirilgan uskuna va liniyalardan foydalanilayotgani, bu esa mahsulot sifatini oshirish va ishlab chiqarish hajmini kengaytirish imkonini berayotgani alohida ta’kidlandi.

Batafsil: Videoda👆

🇺🇿Navoiy shahar hokimligi
Axborot xizmati

🌐Veb Sayt |Telegram |Facebook | 🌐Instagram | 📹You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⁉️⁉️⁉️⁉️⁉️
#Yoshlar_va_sport_festivali
#Navoiy_shahri

▶️Ayni damda "YOSHLAR VA SPORT" festivali doirasida Navoiy sharidagi 1-sonli sport maktabida sportchi yoshlar ishtirokida sportning " Milliy Kurash" turi bo'yicha musobaqalar bo‘lib o‘tmoqda.

🇺🇿Navoiy shahar hokimligi
Axborot xizmati

🌐Veb Sayt |Telegram |Facebook | 🌐Instagram | 📹You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⁉️⁉️⁉️⁉️⁉️
#Yoshlar_va_sport_festivali
#Navoiy_shahri

▶️Ayni damda "YOSHLAR VA SPORT" festivali doirasida Navoiy sharida sportchi yoshlar ishtirokida sportning "Gimnastrada" turi bo'yicha musobaqalar bo‘lib o‘tmoqda.

🇺🇿Navoiy shahar hokimligi
Axborot xizmati

🌐Veb Sayt |Telegram |Facebook | 🌐Instagram | 📹You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM