NAVOI.UZ | Navoiy viloyati hokimligi
15.9K subscribers
67.7K photos
8.82K videos
30 files
25K links
Veb-sayt: navoi.uz

Instagram: instagram.com/navoi_uz_official

Youtube: https://www.youtube.com/channel/UCTLuoWSOfJAjI9YSB52ja5Q

Manzil:Navoiy viloyati, Navoiy shahri, Islom Karimov ko‘chasi 77-uy

Ishonch telefoni: +998792201020

e-manzil:info@navoi.uz
Download Telegram
#BILASIZMI?

Qonunchilikka ko‘ra, “O‘zbekiston Respublikasi faxriy donori” ko‘krak nishoni bilan o‘z qonini kamida 40 marta yoki uning tarkibiy qismlaridan bir qismini kamida 60 marta bepul topshirgan fuqarolar mukofotlanadi.

Mazkur ko‘krak nishoni bilan taqdirlanganlar BHMning 15 baravarigacha (4 mln 950 ming so‘mgacha) miqdorda biryo‘la pul mukofoti oladi.

Shuningdek, ularga quyidagi huquqlar beriladi:

▫️ular uchun qulay bo‘lgan vaqtda yillik asosiy mehnat ta’tiliga chiqish;

▫️shahar jamoat transportining barcha turlaridan (yo‘nalishli va yo‘nalishsiz taksilardan tashqari) bepul foydalanish;

▫️davlat sanatoriy-kurortlarida davolanish uchun yo‘llanmalarni navbatsiz olish.

Kanalimizni kuzatib boring.
#BILASIZMI?

🔰 Qonunchilikka ko‘ra, pensiya, nafaqa va boshqa to‘lovlar to‘lanishi kerak bo‘lgan oyning birinchi sanasi uzoq muddatli dam olish yoki bayram kunlariga to‘g‘ri kelganida avvalgi oy yakuniga qadar muddatidan avval pensiya, nafaqa va boshqa to‘lovlarning to‘lov qaydnomalari shakllantiriladi, pensiya to‘lash vakolati yuklatilgan tashkilotga qaydnomalar taqdim etiladi va to‘lovlarni boshlash uchun yetarli mablag‘lar moliyalashtiriladi.

Kanalimizni kuzatib boring.
#BILASIZMI?

"Yоshlar daftari"ga kiritilgan dehqon xo'jaligi faoliyati bilan shug'ullanayotgan yoshlarga "Yoshlar daftari", "Temir daftar" hamda "Ayollar daftari" jamg'armalari hisobidan urug'liklar va ko'chatlarni xarid qilish uchun BHMning 8 baravari miqdorigacha (2 mln 640 ming so'mgacha) subsidiya ajratilishi belgilangan.

Kanalimizni kuzatib boring.
#BILASIZMI?

❗️Oylik (ish haqi) to'lanadigan kun dam olish kuniga yoki ishlanmaydigan bayram kuniga to'g'ri kelib qolganda ish haqi ushbu kunlar arafasida to'lanishi kerak.

▶️ Oylik olish vaqti kechiktirilsa kechiktirilgan har bir kun uchun Markaziy bank qayta moliyalash stavkasining 10 foizi miqdorida kompensasiya to'lanishi kerak.

Kanalimizni kuzatib boring.
#Bilasizmi

Dam olish kunlari yoki ishlanmaydigan bayram kunlari uchun kamida ikki hissa haq to'lanadi.

Ichki hujjatlarda ikki hissadan ko'proq haq to'lanishi belgilanishi mumkin.

➡️ Dam olish kunidagi yoki ishlanmaydigan bayram kunidagi ish xodimning xohishiga ko'ra boshqa dam olish kunini berish bilan kompensatsiya qilinishi mumkin.

📌 Dam olish yoki ishlanmaydigan bayram kunidagi ish uchun xodimga o'zining xohishiga ko'ra boshqa dam olish kuni berilishi mumkin. Bunda xodimga bir hissa haq to'lanadi.

⚠️ Xodim jadvalga yoki mehnat shartnomasiga muvofiq umumiy belgilangan dam olish kunlarida (besh kunlik ish haftasida shanba yoki yakshanba kunlari yoki olti kunlik ish haftasida yakshanba kuni) ishlasa, dam olish kunlari esa unga boshqa kunda berilsa, umumiy dam olish kunlaridagi ish uchun bir hissa haq to'lanadi.

Kanalimizni kuzatib boring.
#BILASIZMI?

🔰 Umumiy qurilish ishlarini bajarish faoliyati bilan shug'ullanayotgan hamda kamida 3 nafar xodimni yollagan yakka tartibdagi tadbirkorga mehnat qurollari va asbob-uskunalar sotib olishga subsidiya ajratilishi belgilangan.

Bunda, subsidiya miqdori bitta xodim uchun BHMning 15 baravaridan (4 mln 950 ming so'mdan) oshmasligi lozim.

☑️ Shuningdek, YTTlarga umumiy qurilish ishlarini bajarish uchun 5 nafargacha xodim yollashga ruxsat etilgan.

Kanalimizni kuzatib boring.
#BILASIZMI?

🔰Qonunchilikka ko'ra, transport vositalari tezligini:

aholi punktlarida soatiga 70 kilometrdan;

maktab va maktabgacha ta'lim tashkilotlari atrofidagi yo'llarda 300 metrgacha bo'lgan masofada 30 kilometrdan;

turar joy dahalari va yondosh hududlarda (uy-joy binolari orasidagi yer uchastkasida) soatiga 20 kilometrdan;

Nukus va Toshkent shaharlarida, viloyatlar va tumanlarning markazlarida, shuningdek shaharlar hududlarida transport vositalarining tezligini soatiga 60 kilometrdan  oshirmasdan harakatlanishga ruxsat etiladi.

Kanalimizni kuzatib boring.
#BILASIZMI?

Shifoxonalarda davolanayotgan nogironligi boʻlgan bolaga gʻamxoʻrlik qilayotgan shaxslarga:

🔹bolaning yonida boʻlish uchun sharoit yaratiladi;

🔹mazkur davr uchun mehnatga layoqatsizlik varaqasi va bepul ovqat beriladi.

Kanalimizni kuzatib boring.
#Bilasizmi

❗️Qonunchilikda o‘qituvchilarga berilgan ayrim imtiyozlar

🔹1 oktyabr “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” etib belgilangan hamda ushbu kun bayram (dam olish) kuni hisoblanadi.

🔹Bolalarga taʼlim-tarbiya beradigan barcha pedagog xodimlar doimiy ravishda bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi.

🔹Pedagoglar uchun 56 kunlik yillik haq to‘lanadigan uzaytirilgan taʼtillar beriladi.

🔹Pedagoglar xodimlar uchun ish vaqtining davomiyligi haftasiga ko‘pi bilan 36 soat qilib belgilanadi.

🔹Maktab o‘qituvchilariga faoliyatni baholash mezonlari asosida 10 foizdan 40 foizgacha, kutubxonachi va psixologlarga 10 foizdan 20 foizgacha ustama belgilanadi.

🔹Fan olimpiadasi g‘olibini tayyorlagan o‘qituvchilar rag‘batlantiriladi.

🔹O‘qituvchilar kasal bo‘lib qolganida moddiy yordam beriladi.

🔹Olimpiada g‘olibi bo‘lgan o‘qituvchilarga 150 foizgacha ustama beriladi.

🔹O‘zi dars beradigan fani bo‘yicha xalqaro tan olingan va milliy sertifikatga ega bo‘lgan o‘qituvchilarga ularning tarif stavkasiga nisbatan 50 foiz miqdorida har oylik qo‘shimcha ustama to‘lanadi.

🔹“Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovi g‘olibi bo‘lgan maktabga yarim milliard so‘m beriladi.

🔹Inklyuziv sinf o‘qituvchilariga 40 foizgacha ustama beriladi.

🔹Olis hududlarda dars berayotgan o‘qituvchilarga 50 foizgacha ustama beriladi.

🔹Matematika, fizika, kimyo va biologiya fanlari bo‘yicha xalqaro va respublika olimpiadalari g‘oliblarini tayyorlagan professor-o‘qituvchilarga pul mukofoti beriladi.

🔹Ko‘p yillik stajga ega pedagoglar majburiy attestatsiyaga jalb qilinmaydi.

🔹Xalqaro fan olimpiadalarini tayyorlagan o‘qituvchilarga malaka toifasi attestatsiyasiz beriladi.

🔹Respublika fan olimpiadasi g‘oliblarini tayyorlagan o‘qituvchilar malaka toifasi bir pog‘ona oshiriladi.

🔹Tibbiyot sohasi professor-o‘qituvchilariga davolash-tashxis ishlarini bajarganliklari uchun qo‘shimcha haq to‘lanadi.

🔹Taʼlim muassasalarining chet tillar fanlari o‘qituvchilariga oylik ustamalar beriladi.

🔹O‘qituvchilarning faoliyatiga aralashganlik uchun javobgarlik bor.
#Bilasizmi

✔️Davlat organlari rahbarlari raqamli texnologiyalar bo‘yicha qisqa muddatli kurslarda o‘qitiladi

🔰 Qonunchilikka ko'ra, davlat organlarining birinchi rahbarlari raqamli texnologiyalarni keng joriy etish va loyihalarni samarali amalga oshirish bo'yicha Davlat boshqaruvi akademiyasida qisqa muddatli kurslarda o'qitilishi belgilangan.

🌍Navoiy viloyati hokimligi
Axborot xizmati

💬💬💬

#Биласизми

Давлат органлари раҳбарлари рақамли технологиялар бўйича қисқа муддатли курсларда ўқитилади

🔰 Қонунчиликка кўра, давлат органларининг биринчи раҳбарлари рақамли технологияларни кенг жорий этиш ва лойиҳаларни самарали амалга ошириш бўйича Давлат бошқаруви академиясида қисқа муддатли курсларда ўқитилиши белгиланган.

🌍Навоий вилояти ҳокимлиги
Ахборот хизмати
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

🔰 Qonunchilikka ko'ra, bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta'minlash hamda himoya qilish, uning jismoniy, aqliy va madaniy jihatdan to'laqonli rivojlanishi uchun eng yaxshi shart-sharoitlarni yaratish davlatning majburiyatidir.

✔️ Bolalik davlat tomonidan muhofaza qilinadi.

▶️ Shuningdek, davlat va jamiyat bolalarda hamda yoshlarda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlikni, mamlakatidan hamda xalqning boy madaniy merosidan faxrlanishni, vatanparvarlik va Vatanga bo'lgan mehr-muhabbat tuyg'ularini shakllantirish to'g'risida g'amxo'rlik qiladi.