Navoiy viloyati pedagogik mahorat markazi/Rasmiy kanal
1.4K subscribers
7K photos
753 videos
58 files
3.35K links
Veb-sayt: http://navoiymoi.uz
Masofadan malaka oshirish veb-sayti: http://masofa.navoiymoi.uz
Telegram: http://t.me/navmohm
Facebook: https://www.facebook.com/navoimohm
Kanal mas'uli bilan aloqa telefoni:
Download Telegram
📌 METODIK MAHORAT DARSI BO‘LIB O‘TDI

📍 Navoiy viloyati Pedagogik mahorat markazida navbatdagi metodik mahorat darsi bo‘lib o‘tdi. Unda o‘qituvchilar o‘z tajribalarini o‘rtoqlashib, amaliyotga tatbiq etiladigan metodik yondashuvlar haqida fikr almashdilar.

Metodik mashg‘ulot quyidagi yo‘nalishlar asosida tashkil etildi:

🔹 Huquqiy me’yoriy hujjatlar sharhi – sohadagi dolzarb hujjatlar amaliy nuqtai nazardan ko‘rib chiqildi;
🔹 Zamonaviy metodik tadqiqotlar tahlili – yangi ilmiy maqolalar, uslubiy qo‘llanmalar va tadqiqotlar muhokama qilindi;
🔹 Innovatsion texnologiyalar bilan ishlash – dars jarayonida interaktiv vositalardan foydalanish bo‘yicha amaliy tajribalar almashildi;
🔹 Kitob sharhi – ta’limda ilhom, motivatsiya va kreativ yondashuvni oshiruvchi asarlar tavsiya qilindi.

Navoiy viloyati PMM matbuot xizmati

🔈
Telegram 🌍Veb-sayt
📱
Instagram 💻YouTube
O’qituvchining kasbiy rivojlanishi - sıfatli ta’lim asosi

Biz sizni kutamiz…


Navoiy viloyati PMM matbuot xizmati

🔈
Telegram 🌍Veb-sayt
📱
Instagram 💻YouTube
#kun_hikmati

“Agar sen o‘zing bo‘lmasang, boshqa hech kim sening o‘rningni to‘ldira olmaydi.”

— Gabriel Garcia Marquez

Navoiy viloyati PMM matbuot xizmati

🔈 Telegram 🌍Veb-sayt
📱 Instagram 💻YouTube
QIZIQARLI FAKT

Dunyoda eng motivatsion kasb bu — o‘qituvchilik ekan.

Tadqiqotlarga ko‘ra, 70% inson hayotida unga eng kuchli ta’sir qilgan inson — ustoz bo‘lgan!

Demak, siz nafaqat bilim, balki hayot sabog‘ini ham berayotganingizni unutmang!

Navoiy viloyati PMM matbuot xizmati

🔈
Telegram 🌍Veb-sayt
📱
Instagram 💻YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ayni damda Navoiy viloyati pedagogik mahorat markazi “O’qituvchilarning kasbiy rivojlanishi - sifatli ta’lim asosi” YIL SARHISOBI bo’lib o’tmoqda
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O’qituvchining kasbiy rivojlanishi - sıfatli ta’lim asosi

Yil sarhisobi

Navoiy viloyati PMM matbuot xizmati

🔈
Telegram 🌍Veb-sayt
📱
Instagram 💻YouTube
So‘nggi yillarda O‘zbekiston umumta’lim maktablarida xalqaro tajribaga asoslangan, adolatli va shaffof baholash tizimi bosqichma-bosqich joriy etilmoqda. Bu islohotlar ta’lim sifatini oshirish, o‘qituvchilarning zamonaviy kompetensiyalarini rivojlantirish hamda o‘quvchilarning bilimlarini chuqur va izchil baholashga xizmat qilmoqda.

2023/2024-o‘quv yilidan boshlab yangi mezonlarga asoslangan baholash tizimi tajriba tariqasida 500 ta maktabda joriy etilgan edi. Bir yil davomida o‘tkazilgan tahlillar ushbu tizim o‘quvchilarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichini o‘rtacha 6% ga oshirganini ko‘rsatdi. 2025-yilga kelib esa bu raqam 1500 maktabga yetdi.

2025-yil 4-iyun kuni Navoiy viloyati pedagogik mahorat markazida “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlarining yakuni hamda ommalashtirishga bag‘ishlangan katta anjuman bo‘lib o‘tdi.

Navoiy viloyati PMM matbuot xizmati

🔈
Telegram 🌍Veb-sayt
📱
Instagram 💻YouTube
Ijtimoiy himoya chorasi: 1,2 million oila moddiy yordam bilan qo‘llab-quvvatlandi

Energetika tariflari islohotlarining kam ta’minlangan oilalarga ta’sirini yumshatish maqsadida 2024-2025-yilgi isitish mavsumida 313,6 mlrd so‘m bir martalik moddiy yordam va kompensatsiya to‘lovlari to‘lab berildi.

Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali 2024-yilning noyabr oyida 1,1 mlnta oilaga 290 mlrd so‘m – bir martalik 270 ming so‘m yordam to‘lab berildi. Bu ijtimoiy reyestrdagi 950 ming oila va mahalla yettiligining 15 foizgacha qo‘shimcha ro‘yxati asosida to‘lab berildi.

Shuningdek, isitish mavsumida tabiiy gaz va elektr quvvatining bazaviy me’yor doirasidagi hamda bazaviy me’yordan oshgan narxlar o‘rtasidagi farq uchun (2024-2025-yil dekabr-aprel) 207 962 nafar oilalarga 23,3 mlrd. so‘m kompensatsiya to‘lovlari ajratildi.

Kompensatsiya va moddiy yordam ajratishda ulushi eng yuqori bo‘lgan hududlar:

Farg‘ona viloyatida 40,6 mlrd. so‘m;
Qashqadaryo viloyatida 37,3 mlrd. so‘m;
Namangan viloyatida 35,2 mlrd. so‘m yordamlar ajratilgan;

Ushbu yordamlar orqali oilalarning  elektr va tabiiy gaz resurslaridan foydalanganlikdagi xarajatlarini kamaytirishga hamda moliyaviy muammolarni kamaytirishga yordam beradi.

📝 telegram    💻 instagram  
📝
facebook   🐧 xcom
🎞 youtube     🎖 ihma.uz