Navoiy viloyati pedagogik mahorat markazi/Rasmiy kanal
1.43K subscribers
6.93K photos
743 videos
57 files
3.31K links
Veb-sayt: http://navoiymoi.uz
Masofadan malaka oshirish veb-sayti: http://masofa.navoiymoi.uz
Telegram: http://t.me/navmohm
Facebook: https://www.facebook.com/navoimohm
Kanal mas'uli bilan aloqa telefoni:
Download Telegram
🟢 “Energiya sarfi savodxonligi” bo‘yicha seminar-trening

📅 2025-yil 21-may kuni Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasida “Energiya sarfi savodxonligi” mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi. Tadbir Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi hamda Yaponiya yoshlar innovatsiya markazi hamkorligida amalga oshirilayotgan loyiha doirasida tashkil etildi.

📚 Treningda Navoiy shahar, G‘ozg‘on, Nurota, Navbahor, Konimex, Qiziltepa va Xatirchi tumanlarining boshlang‘ich ta’lim va tabiiy fan o‘qituvchilari ishtirok etdi. Mashg‘ulotlar o‘zbek, rus va ingliz tillarida olib borildi.

🎙 Seminarni boshqarma boshlig‘i
Hayitova Ra’no Zokirovna ochib berdi. Tadbirda boshqarma mas’ullari va metodistlar qatnashdi. Unda energiyadan oqilona foydalanish, ekologik ongni shakllantirish va xalqaro tajriba asosida yaratilgan amaliy qo‘llanma mazmuni muhokama qilindi.

Navoiy viloyati PMM matbuot xizmati

🔈
Telegram 🌍Veb-sayt
📱
Instagram 💻YouTube
🔹 Navoiy viloyati Pedagogik mahorat markazida tashkil etilgan ona tili kursi tinglovchilari ishtirokida navbatdagi amaliy mashg‘ulot yuqori saviyada o‘tkazildi.

🗓 Tadbir doirasida
Buxoro davlat universiteti professori, psixologiya fanlari doktori Nazarov Akmal tomonidan “Ta’lim nazariyalarini bola intellektini rivojlantirish amaliyotiga tadbiqi” mavzusida ochiq dars o‘tkazildi.

🧠 Mashg‘ulot davomida:
• zamonaviy ta’lim nazariyalari va ularning asosiy tamoyillari,
• bu nazariyalarni o‘quv jarayonida qo‘llash imkoniyatlari,
• bola tafakkuri va intellektual salohiyatini rivojlantirishdagi o‘qituvchining roli,
• ona tili fani orqali mantiqiy fikrlashni shakllantirish usullari haqida atroflicha fikr yuritildi.

🎓 Tinglovchilar dars davomida nazariy bilimlar bilan bir qatorda, amaliy misollar asosida o‘z kasbiy ko‘nikmalarini mustahkamlash imkoniga ega bo‘ldilar.

Navoiy viloyati PMM matbuot xizmati

🔈
Telegram 🌍Veb-sayt
📱
Instagram 💻YouTube
🔺🔺🔺 “Tanlov sinflarda yangi g‘oyalar – yangi natijalar” seminari: ilhom, tajriba va rivoj uchun yangicha maydon 🔺🔺🔺

Ayni damda Uchkuduq tumani 10-maktabi mezbonlik qilayotgan viloyat miqyosidagi seminar ta’lim sohasidagi yangicha yondashuvlar, samarali g‘oya va tajribalarni muhokama qilish uchun muhim maydonga aylanmoqda.

🟢 Tadbirda viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi xodimlari hamda tuman va shaharlardan tashrif buyurgan ilg‘or pedagoglar ishtirok etmoqda.

Seminar doirasida maxsus tanlov sinflarida o‘tkazilayotgan ochiq darslar, fanlararo integratsiya, ilmiy tahlillar, mutaxassislar ishtirokidagi mahorat darslari hamda o‘qituvchilar uchun tashkil etilgan treninglar asosiy mazmunni tashkil etmoqda.

Seminarda Navoiy viloyati Pedagogik mahorat markazi vakillari P. Jo‘rayeva va J. Boboqulovlar ham faol ishtirok etmoqda.

Navoiy viloyati PMM matbuot xizmati

🔈
Telegram 🌍Veb-sayt
📱
Instagram 💻YouTube
#kun_hikmati

Axborot ichida cho‘kmoqdamiz, lekin donolikdan ochmiz.

— E.O. Uilson

Navoiy viloyati PMM matbuot xizmati

🔈 Telegram 🌍Veb-sayt
📱 Instagram 💻YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Navoiy viloyati pedagogik mahorat markazi huzuridagi o‘quv-metodik kengashning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Navoiy viloyati PMM matbuot xizmati

🔈 Telegram 🌍Veb-sayt
📱 Instagram 💻YouTube
Shoshiling! Muddat oz qoldi!

Ayni vaqtda mutaxassisligi bo‘yicha kamida 5 yil mehnat staji mavjud, biroq oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan xotin-qizlarga tavsiyanoma masalasini ko‘rib chiqish bo‘yicha tuman (shahar) Ishchi guruhlari tomonidan murojaat qilgan xotin-qizlarning arizalari talabgorlar ishtirokida Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining elektron axborot tizimi orqali qabul qilinayotganini ma’lum qilamiz.
- Muddat 1-iyungacha ekanligini eslatib o‘tamiz.
- Bunda staj bo‘yicha my.mehnat.uz YMMT da hamda o‘rta maxsus diplomini Diplom.EDO.uz sayti orqali tekshirtirib olishi kerak.
- Ariza va hujjatlar 7-iyungacha ko‘rib chiqiladi va ishchi guruh xulosasi 10-iyungacha Qo‘mitaga taqdim qilinadi.
- Hujjatlar Qo‘mita tomonidan 14-iyungacha ko‘rib chiqilib, tavsiyanoma berish yoki uni rad etish to‘g‘risida buyruq chiqariladi.
- 15-iyungacha tavsiyanoma talabgorlarga yetkazilishi ta’minlanadi.

🌎 Batafsil: https://gov.uz/oz/wcu/news/view/47927

#5yil #Tavsiyanoma #OTM