Navoiy viloyati pedagogik mahorat markazi/Rasmiy kanal
1.37K subscribers
6.73K photos
724 videos
57 files
3.24K links
Veb-sayt: http://navoiymoi.uz
Masofadan malaka oshirish veb-sayti: http://masofa.navoiymoi.uz
Telegram: http://t.me/navmohm
Facebook: https://www.facebook.com/navoimohm
Kanal mas'uli bilan aloqa telefoni:
Download Telegram
Qayta tayyorlov “Tarbiya” kursi tinglovchilariga diplomlar topshirildi

Navoiy viloyati Pedagogik mahorat markazida qayta tayyorlov “Tarbiya” kursi tinglovchilariga tantanali ravishda diplomlar topshirildi.

Mazkur tadbirda markaz rahbariyati, malaka oshirish kursi o‘qituvchilari hamda kurs tinglovchilari ishtirok etdi.

Tinglovchilar ushbu kurs davomida ta’lim-tarbiya jarayonidagi zamonaviy yondashuvlar, pedagogik psixologiya, innovatsion metodlar hamda tarbiyaviy ishlarni tashkil etishning samarali usullari bo‘yicha chuqurlashtirilgan bilimlarga ega bo‘lishdi.

Tadbir so‘ngida tinglovchilar o‘z minnatdorchiliklarini bildirib, olgan bilimlarini amaliyotda qo‘llashga tayyor ekanliklarini ta’kidladilar.

Navoiy viloyati PMM matbuot xizmati
👇

🔈 Telegram 🌍Veb-sayt
📱 Instagram 💻YouTobe
“Dars kuzatish va tahlil qilish” mavzusida amaliy mashg‘ulot tashkil etildi

Navoiy viloyati Pedagogik mahorat markazida kafedra dotsenti P.S. Djurayeva tomonidan Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi tinglovchilari uchun “Dars kuzatish va tahlil qilish” mavzusida amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi.

Mashg‘ulot davomida tinglovchilarga dars jarayonini samarali kuzatish, muhim jihatlarni tahlil qilish, o‘qituvchining metodik yondashuvlarini baholash hamda o‘quvchilarning faolligini aniqlash bo‘yicha nazariy va amaliy ko‘nikmalar berildi.

Tinglovchilar amaliy topshiriqlar asosida real darslarni tahlil qilish orqali o‘z pedagogik kuzatuv va tahlil qilish malakalarini mustahkamlashdi.

Mazkur mashg‘ulot tinglovchilarda metodik savodxonlikni oshirish va kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirishga xizmat qildi.

Navoiy viloyati PMM matbuot xizmati
👇

🔈 Telegram 🌍Veb-sayt
📱 Instagram 💻YouTobe
Malaka oshirish kurslarida har bir dars – ilhom manbai!

Murabbiylik faqat bilim berish emas, balki qalbga yetib borish, o‘qituvchini yangi g‘oyalar bilan ruhlantirishdir. Mana shuni inobatga olgan holda, malaka oshirish kurslarida har bir darsni faol, interaktiv va qiziqarli tarzda tashkil etmoqdaman.

Darslarda:
• Amaliy mashg‘ulotlar, jamoaviy vazifalar va rolli o‘yinlar;
• Zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llash;
• Ta’limda innovatsion yondashuvlar bilan tanishish;
• Ustozlar o‘rtasida tajriba almashinuvi va ochiq muloqot…

Bunday darslar nafaqat yangi bilim beradi, balki ilhom bag‘ishlaydi, o‘qituvchining kasbiy o‘sishiga turtki beradi. Axir, zamonaviy dars – bu hayot bilan bog‘langan jarayon!

O‘qituvchi o‘zi rivojlansa, shogirdlari ham charog‘on bo‘ladi!

Navoiy viloyati PMM matbuot xizmati
👇

🔈 Telegram 🌍Veb-sayt
📱 Instagram 💻YouTobe
#kun_hikmati

O‘qituvchi bolaning ichidagi olovni yoqadigan kishidir, faqat ma’lumot beradigan emas.

— Suqrot

Navoiy viloyati PMM matbuot xizmati

🔈 Telegram 🌍Veb-sayt
📱 Instagram 💻YouTobe
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bilim – eng katta boylik.
U insonni yuksaklik sari yetaklaydi, tafakkurini charxlaydi va har qanday eshikni ochadi. Hayotda haqiqiy o‘zgarish istagan har bir kishi avvalo bilim olishga intilishi kerak.

Navoiy viloyati PMM matbuot xizmati


🔈 Telegram 🌍Veb-sayt
📱 Instagram 💻YouTobe