Milliy kutubxona | Rasmiy
9.91K subscribers
12.7K photos
1.92K videos
467 files
6.36K links
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining telegramdagi rasmiy sahifasi

Bizni ijtimoiy tarmoqdagi boshqa sahifalarimizni ham kuzatib boring 👉 https://natlib.taplink.ws

Murojaat uchun: @infonatlib_bot
Download Telegram
"Kitobxonlik haftaligi" doirasida sayyor tadbir

💢 “Mehr kutubxonasi” loyihasi doirasida O‘zbekiston Milliy kutubxonasi mutaxassislari sayyor tadbir bilan Yakkasaroy tumanidagi 25-sonli alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktabda bo'ldi.

👉 Batafsil

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling👇

Telegram l Instagram l YouTube l Facebook l Twitter l Web Sayt
👍8
📌Hurmatli hamkasblar, o‘qituvchilar, tadqiqotchilar, doktorantlar, ilmiy markazlar xodimlari!📌

📚Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi tomonidan hamkor tashkilotlar bilan 2023-yil 12-aprel kuni “Ilmiy ma'lumotlardan foydalanish va nashr etish faolligi” mavzusidagi VII Milliy ilmiy-ta'limiy forum o‘tkazilishini ma’lum qilamiz!

🔖Tadbirning maqsadi - forum ishtirokchilarini elektron resurslarni yaratish texnologiyalari va jahon ilmiy-ta'limiy ma'lumotlarning manbalari bilan tanishtirish orqali O‘zbekiston Respublikasida innovasion faoliyat, ilmiy tadqiqotlarning sifati va noshir faolligini oshirish.

📍O‘TKAZISH JOYI: Forumning yalpi majlisi - WYNDHAM TASHKENT mehmonhonasi anjumanlar zalida (o‘tkazish shakli: oflayn va onlayn) soat 9:00-13:00

Forumning mahorat darslari - Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida soat 15:00-18:00

Forum ishtirokchilari uchun xorijiy yetakchi nashriyotlar, dunyoning axborot kompaniyalar va agregatorlari (EBSCO Information Services, Clarivate, ProQuest Dissertations & Theses Clobal, Antiplagiat, INFRA-M EaZy Solutions, MIKRO Information Handling and Distribution FZE va boshq.) vakillari tomonidan ilg‘or xorijiy ilmiy-ta'limiy resurslarning taqdimotlarini o‘tkazish ko‘zda tutilgan.

O‘qituvchilar, tadqiqotchilar, doktorantlar yetakchi jahon nashriyotlari va agregatorlarning elektron ilmiy ta’lim resurslaridan foydalanish va yuqori reytingli jurnallarda ilmiy maqolalarni nashr etish imkoniyatlari, shuningdek dissertatsiya ishlarini yuqori darajada tayyorlash bo‘yicha tushunchaga ega bo‘ladilar.

Axborot kutubxona muassasalari (AKM) va nashriyotlarning xodimlari elektron resurslarning xilma-xilligi va ularning boshqaruvi, ilmmetrik koʻrsatkichlar va ulardan foydalanishda AKMning roli, foydalanuvchilarni qo‘llab-quvvatlash va o‘qitishni tashkil etish, ilmiy ta’lim muassasalarda axborot-kutubxona xizmatining yangi vositalari va usullarini rivojlantirish, shuningdek ilmiy ma’lumotlarni saqlash va ulardan foydalanish bo‘yicha yangi texnologik yechimlar to‘g‘risida bilib oladilar.

‼️Ro‘yxatdan o‘tish havolasi‼️

Barchani mazkur forumda faol ishtirok etishga chorlab qolamiz.
👍5😁1
#Top10

👤Adabiyotlarni berish kafedralarida kitobxonlar tomonidan 2023-yil mart oyida eng ko‘p buyurtma berilgan kitoblar TOP 10taligi.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling👇

Telegram l Instagram l YouTube l Facebook l Twitter l Web Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍83🤔1
"Kitobxonlik haftaligi" doirasida "Konstitusiya mening taqdirimda" mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi

💢Tadbirda Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumani 2-son kasb-hunar maktabi o‘quvchilari ishtirok etdilar. Ularga O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tizimi xodimlari O‘zbekiston Respublikasi yangi Konstitusiyasini qabul qilish bo‘yicha o‘tkaziladigan referendum, fuqarolarning huquqiy savodxonligini oshirishga doir ma'lumotlar berdilar.

👉 Batafsil

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling👇

Telegram l Instagram l YouTube l Facebook l Twitter l Web Sayt
👏51👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Kitobsevar millat" shiori ostidagi III Respublika Kitobxonlik haftaligiga start berildi

💢Alisher Navoiy nomidagi O'zberkiston Milliy kutubxonasida 10-aprel kuni 10-15-aprel kunlari uchun rejalashtirilgan "Kitobsevar millat" shiori ostidagi III Respublika "Kitobxonlik haftaligi" ning ochilish marosimi bo'lib o'tdi.

🎥 YouTubeda tomosha qiling

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling👇

Telegram l Instagram l YouTube l Facebook l Twitter l Web Sayt
👏3
“Kitobxonlik haftaligi” doirasida kitoblardan illyustratsiyalar ko‘rgazmasi

💢 “Kitobxonlik haftaligi” doirasida bir qator parallel tadbirlar ham tashkil etilgan. Bular: ekskursiyalar, ko‘rgazmalar, Gyote Institutining O‘zbekistondagi filiali tomonidan Germaniyaning Myunchen Xalqaro yoshlar kutubxonasining ,,Bularning barchasi oila!" nomli ko'chma rasmli ko'rgazmasi ochildi. Ko'chma ko'rgazmada oila qadr-qimmatini aks ettirgan rang-barang tasvirli, nemis tilidagi kichik hikoyalar berilgan kitoblar va ushbu kitoblarni yanada boyitgan illyustratsiyalar o‘rin olgan.

👉 Batafsil

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling👇

Telegram l Instagram l YouTube l Facebook l Twitter l Web Sayt
👍7
Bugun Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumani 2-son kasb-hunar maktabi o‘quvchilari uchun ekskursiya tashkil etildi.

💢 Ekskursiyada O'zbekiston Milliy kutubxonasi direktor o‘rinbosari S.Jampulatov Milliy kutubxona tarixi, xizmat turlari, kitob fondi va ulardan foydalanish qoidalari haqida atroflicha ma’lumot berdi.

👉 Batafsil

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling👇

Telegram l Instagram l YouTube l Facebook l Twitter l Web Sayt
👍6🔥2