Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#bugun
Muhitdin Qoriyoqubov 1896-yil 1-may kuni dunyoga kelgan. Ashulachi, opera xonandasi, aktyor, oʻzbek musiqali teatri asoschilaridan. Turkiston Respublikasining birinchi xalq hofizi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi, Oʻzbekiston xalq artisti. Oʻzbek davlat filarmoniyasi tashkil etilishida ham Qoriyoqubovning xizmati katta. U 1936 va 1946—50 yillarda filarmoniyaning direktori va badiiy rahbari boʻlib, oʻzbek xalq, mumtoz va yangi janrlarni targʻib etuvchi ijodiy jamoalar ashula va raqs ansambli, xor kapellasi, xalq cholgʻularini yuzaga keltirgan.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l Instagram l YouTube l Facebook l Twitter l Website
🔥7👍4❤1👏1😍1
2026-yil 1-may kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida jurnalist, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Yangiboy Qo‘chqorovning “Qallibeknoma” kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar Kamolovning chorak asrlik rahbarlik faoliyati, yurt ravnaqiga qo‘shgan hissasi, insoniy fazilatlari va el-yurt orasidagi obro‘-e’tiborini yodga oldilar. Kitobda uning hayoti, oilasi hamda zamondoshlari bilan bog‘liq xotiralar va fotosuratlar jamlangan.
Shuningdek, muallif avval Kamolovning 95 yilligiga bag‘ishlab “Burgutga bosh egmagan bars” hujjatli romanini ham taqdim etgan.
Asar qoraqalpoq xalqining atoqli arbobi Qallibek Kamolov va uning zamondoshlari hayotiga bag‘ishlangan.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar Kamolovning chorak asrlik rahbarlik faoliyati, yurt ravnaqiga qo‘shgan hissasi, insoniy fazilatlari va el-yurt orasidagi obro‘-e’tiborini yodga oldilar. Kitobda uning hayoti, oilasi hamda zamondoshlari bilan bog‘liq xotiralar va fotosuratlar jamlangan.
Shuningdek, muallif avval Kamolovning 95 yilligiga bag‘ishlab “Burgutga bosh egmagan bars” hujjatli romanini ham taqdim etgan.
📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l Instagram l YouTube l Facebook l Twitter l Website
❤5🔥5👍3👏1💯1
Aziz kitobxonlar!
Sizlarni 2026-yil 5-may kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasining katta majlislar zalida olim, professor, filologiya fanlari doktori, Beruniy nomidagi Davlat mukofoti laureatli, xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, navoiyshunoslik fanining asoschilaridan biri Hamid Sulaymonov tavalludining 115 yilligi munosabati bilan bo‘lib o‘tadigan xotira kechasiga taklif etamiz.

👍4❤2🔥2👌2
2026-yil 3-may kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida shoir va yozuvchi, O‘zbekiston xalq yozuvchisi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Mirmuhsin tavalludining 105 yilligiga bag‘ishlab “Yillar yoshingizni yetaklab ketmish” deb nomlangan kitob-rasmli ko‘rgazma qo‘yildi.
Ko‘rgazmada Mirmuhsin Mirsaidovning hayoti, faoliyati va ijodi haqida hikoya qiluvchi kitoblar va davriy nashrlar, uning she'rlari, balladalari, dostonlari, romanlari, hikoyalari, qissalari, tarjimalari hamda publisistik maqolalari va ocherklarini o‘z ichiga olgan uch va to‘rt jildlik tanlangan asarlar to‘plami taqdim etilgan.
Ko‘rgazmaga tashrif buyurgan kutubxona foydalanvchilari Mirmuhsinning “Jaloliddin va Oyto‘lin”, “Me'mor”, “Temur Malik” tarixiy romanlari, “Ildizlar va yaproqlar”, “Chodrali ayol” romanlari, “Mening ertam”, “Bir xumcha tilla” hikoya va qissalari va lirik she'rlar to‘plamlari bilan yaqindan tanishdilar.
BATAFSIL

🔥9👍3❤2