Milliy kutubxona | Rasmiy
9.93K subscribers
12.7K photos
1.91K videos
467 files
6.35K links
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining telegramdagi rasmiy sahifasi

Bizni ijtimoiy tarmoqdagi boshqa sahifalarimizni ham kuzatib boring 👉 https://natlib.taplink.ws

Murojaat uchun: @infonatlib_bot
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#AMIR_TEMURNING_687_YILLIGI

⭕️⭕️⭕️⭕️⭕️

👑Buyuk sarkarda va davlat arbobi, Temuriylar davlatining asoschisi Amir Temur tavalludining 687-yilligiga bag‘ishlangan virtual ko'rgazma.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling👇

Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Web Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11
#Bugun

🟦🟦🟦🟦

📆10 - aprel Abdulla Qodiriy tavallud topgan kun

Abdulla Qodirbobo o‘g‘li [Qodiriy] (1894-1938) - yozuvchi, shoir, publitsist, tarjimon. O‘zbek romanchiligining asoschisi.

💫1894-yil 10-aprel Toshkent shahrida tavallud topgan. Dastlab, musulmon, so‘ngra rus-tuzem maktabida ta’lim oladi. So‘ngra, Shayx Abulqosim madrasasi va Moskvadagi adabiyot kursida tahsil olib o‘z bilimlarini boyitgan.

📰 Mehnat faoliyati davomida Toshkentning Eski shahar qismidagi oziqa qo‘mitasida sarkotib (1918), «Oziq ishlari» gazetasining muharriri (1919), Kasabalar sho‘rosining sarkotibi (1920), «Mushtum» jurnalida tahrir hay’ati a’zosi (1923-1926) kabi lavozimlarda mehnat qilgan.

📚 Abdulla Qodiriy o‘zining «Uloqda» hikoyasi, «O‘tgan kunlar» va «Mehrobdan chayon» romanlari, «Obid ketmon» qissasi bilan o‘zbek adabiyoti rivojiga munosib hissa qo‘shgan.

Shuningdek, «To‘y», «Ahvolimiz», «Millatimga», «Fikr aylag‘il» kabi she’rlari, «Baxtsiz kuyov» dramasi, «Juvonboz» hikoyalari bilan jamiyatda uchrovchi illatlar haqida fikr yuritadi.

🧡1937-yilning 31-dekabrida “xalq dushmani” sifatida hibsga olinadi, bunga hasadgo‘y “qalamkash hamkasblari” qo‘l urgan.
1938-yilning 4-oktyabr kuni yozuvchi otib tashlangan, o‘limidan so‘ng oqlangan.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling👇

Telegram l Instagram l YouTube l Facebook l Twitter l Web Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
#Kitobsevar_millat_III_Respublika_haftaligi

"Kitobxonlik haftaligi" doirasida “ZAKOVAT” intellektual o‘yini

💢2023-yil 10-aprel' kuni "Kitobxonlik haftaligi-2023" doirasida O‘zbekiston Milliy kutubxonasi mutaxassislari sayyor tadbir o‘tkazdilar. Navbatdagi tashrif Yunusobod tumanidagi 327-umumtalim maktabiga amalga oshirildi. Kutubxona mutaxassislari o‘quvchilar bilan adabiyot, tarix, matematika sohalari hamda mantiqiy savollar bo‘yicha “ZAKOVAT” intellektual o‘yini o‘tkazdilar.
G‘olib jamoalar O‘zbekiston Milliy kutubxonasi sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling👇

Telegram l Instagram l YouTube l Facebook l Twitter l Web Sayt
👍71
Abdulla Qodiriy – lug‘atshunos

🖊 Shoir va yozuvchi, dramaturg va publisist, o‘zbek adabiyotida roman janri asoschisi, tilshunos olim Abdulla Qodiriy lug‘atchilik bilan ham shug‘ullangan. O‘zbekiston Milliy kutubxonasida saqlanayotgan “Ruscha-o‘zbekcha to‘la so‘zlik” nomli lug‘atning 2-jildi, “P” harfi bilan boshlanadigan so‘zlarni ishlab chiqishida ishtirok etgan. Abdulla Qodiriy turkiy lug‘atchilik va rus lug‘atchiligining nazariy va amaliy masalalarini puxta egallagan.

📖 Abdulla Qodiriy lug‘atda mumtoz adabiyot tilida faol ishlatilgan an'anaviy poetik so‘zlarni mahorat bilan qo‘llagan va o‘ziga xos izohlash usulidan foydalangan.

📚Abdulla Qodiriy, Abdulla Sagidov va Saxi Rahmatiylar hammuallifligida yaratilgan «Ruscha-o‘zbekcha to‘la so‘zlik» lug‘ati (2-jild, 34ming so‘z,Toshkent–Qozon,1934) XX asr boshlaridagi o‘zbek lug‘atchiligining yetakchi xususiyatini o‘zida ifodalagan.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling👇

Telegram l Instagram l YouTube l Facebook l Twitter l Web Sayt
👍5
#Kitobsevar_millat_III_Respublika_haftaligi

“Kitobxonlik xaftaligi” doirasida buyuk mutafakkir Abu Rayhon Beruniy tavalludining 1050 yilligiga bag‘ishlangan davra suhbati

“Kitobxonlik xaftaligi” doirasida “Biz buyuk davlat, buyuk tarix, buyuk madaniyat yaratgan xalqmiz!” nomli davra suhbatida tarix fanlari doktori, professor Mirsodiq Ishoqov Birinchi Renessansning yirik namoyandalaridan biri Abu Rayxon Beruniyning hayoti, ilmiy salohiyati va asarlari haqida batafsil ma'lumot berdi.
Hozirgi kunda astronomiya va matematika, astrologiya va jo‘g‘rofiya, antropologiya va etnografiya, arxeologiya va falsafa, botanika va minerologiya sohalari Beruniy nomi bilan bog‘liq.
U mukammal qomusiy va falsafiy bilimlarga ega edi. Uning 151ta fan bo‘yicha yozib qoldirgan fixristi bunga dalildir. Al Beruniyning tilshunoslik sohasida arab grafikasi asosida yaratilgan transkripsiya tizimi ko‘p jihatdan hind tilidagi so‘zlarni urdu tiliga o‘girish bo‘yicha zamonaviy tizimidan ilgarilagani ma'lum.
👍17
#Kitobsevar_millat_III_Respublika_haftaligi

III Respublika “Kitobxonlik haftaligi”doirasida Ahmad Farg‘oniy nomidagi Farg‘ona viloyat axborot-kutubxona markazida “Haq olinur, berilmas” rukni ostida ma’rifatparvar adib, pedagog, jamoat arbobi Abdulla Avloniy hayoti va ijodiga bag‘ishlangan onlayn va oflayn tarzda adabiy suhbat bo‘lib o‘tdi.

💢Tadbirda Farg‘ona Davlat Universiteti tilshunoslik kafedrasi mudiri Nizomiddin Qo‘ldoshev, filologiya fakulteti o‘zbek tili yo‘nalishi 3-bosqich talabalari Sitoraxon Axmadjonova, Yoqutxon Yo‘ldoshevalar hamda 529-safarbarlik chaqiruv rezervi bataloni askarlari ishtirok etdilar. Shuningdek, mazkur tadbirda tuman (shahar) axborot-kutubxona markazlari xodimlari onlayn qatnashdilar.

💢Nizomiddin Qo‘ldoshev o‘z so‘zida: “Adib ilmning jamiyat taraqqiyotidagi rolini yaxshi tushunadi. Shuning uchun ham u yoshlarni ilm sirlarini o‘rganishga, hodisalar mohiyatini anglashga chaqiradi. U, ayniqsa, mutolaada hikmat ko‘pligini, kitobdan yaxshi do‘st yo‘qligini ta’kidlaydi”, -dedi.
👍11🥰1