Milliy kutubxona | Rasmiy
9.93K subscribers
12.7K photos
1.91K videos
467 files
6.35K links
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining telegramdagi rasmiy sahifasi

Bizni ijtimoiy tarmoqdagi boshqa sahifalarimizni ham kuzatib boring 👉 https://natlib.taplink.ws

Murojaat uchun: @infonatlib_bot
Download Telegram
#AMIR_TEMURNING_687_YILLIGI

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida "Ulug‘ zakovat va saltanat sohibi" deb nomlangan ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi

💢Joriy yilning 7 aprel kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi, Milliy gvardiya 98151-harbiy qism va 324-sonli maktab hamkorligida Amir Temur tavalludining 687 yilligiga bag‘ishlangan "Ulug‘ zakovat va saltanat sohibi" deb nomlangan ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

📝Tadbirda tarixchi olim, publitsist va mohir tarjimon Hakim Sattoriy, Yozuvchi, adabiyotshunos olim, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi Bahodir Qobul va Milliy gvardiya hodimlari ishtirok etishdi. Tadbir davomida Amir Temur siymosi, qudratli davlat boshqaruvidagi salohiyati va hayot yo‘li haqida suhbatlashildi. Maktab o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan sahna ko‘rinishlari tomoshabinlar e'tiboriga havola etildi.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling👇

Telegram l Instagram l YouTube l Facebook l Twitter l Web Sayt
👍11
Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy kutubxonasiga kelgan yangi nashrlar

👉 Yangi nashrlar bilan tanishing

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling👇

Telegram l Instagram l YouTube l Facebook l Twitter l Web Sayt
👍11
🧡Risolei isti'orei Abu-l-Qosim Samarkandiy Xo‘ja Abulqosim Samarqandiy istiora haqidagi risolasi

💸 Xo‘ja Abulqosim Samarqandiyning istiora haqidagi risolasida Muallif Amir Temurning huzurida bo‘lib o‘tgan mashhur olimlar Sa’diddin Taftazoni va Sharif Jurjoniylar ishtirokidagi istioraga bag‘ishlangan anjuman haqida xabar beradi.

👑Sohibqiron Amir Temur Ko‘ragoniy, hamda Samarqandning ko‘zga ko‘ringan olimlari takliflariga binoan, Taftazoniy XIV asrning ikkinchi yarmida Amir Temur saroyiga tashrif buyuradi. Amir Temur olimga ijodiy faoliyatini rivojlantirish uchun barcha sharoitlarni yaratib beradi. Muallif asarlarining asosiy qismi Amir Temur saroyida yaratilgan.

📝Ushbu qo‘lyozmada ta’kidlanishicha, Amir Temur tashkil qilgan notiqlik haqidagi ilmiy munozaralarda, Buyuk Sulton Amir Temur Ko‘ragoniyning o‘zi ham qatnashgan. Bu haqida (240a) metafora (istiora, majoz) (استعارة) haqidagi qo‘lyozma yakunidagi ma’lumot guvohlik beradi; asar XVI asrda yaratilgan bo‘lib, 1227/1812 yilda kotib محمد  امين  Muhammad Amin tomonidan ko‘chirilgan.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling👇

Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Web Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#AMIR_TEMURNING_687_YILLIGI

⭕️⭕️⭕️⭕️⭕️

👑Buyuk sarkarda va davlat arbobi, Temuriylar davlatining asoschisi Amir Temur tavalludining 687-yilligiga bag‘ishlangan virtual ko'rgazma.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling👇

Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Web Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11
#Bugun

🟦🟦🟦🟦

📆10 - aprel Abdulla Qodiriy tavallud topgan kun

Abdulla Qodirbobo o‘g‘li [Qodiriy] (1894-1938) - yozuvchi, shoir, publitsist, tarjimon. O‘zbek romanchiligining asoschisi.

💫1894-yil 10-aprel Toshkent shahrida tavallud topgan. Dastlab, musulmon, so‘ngra rus-tuzem maktabida ta’lim oladi. So‘ngra, Shayx Abulqosim madrasasi va Moskvadagi adabiyot kursida tahsil olib o‘z bilimlarini boyitgan.

📰 Mehnat faoliyati davomida Toshkentning Eski shahar qismidagi oziqa qo‘mitasida sarkotib (1918), «Oziq ishlari» gazetasining muharriri (1919), Kasabalar sho‘rosining sarkotibi (1920), «Mushtum» jurnalida tahrir hay’ati a’zosi (1923-1926) kabi lavozimlarda mehnat qilgan.

📚 Abdulla Qodiriy o‘zining «Uloqda» hikoyasi, «O‘tgan kunlar» va «Mehrobdan chayon» romanlari, «Obid ketmon» qissasi bilan o‘zbek adabiyoti rivojiga munosib hissa qo‘shgan.

Shuningdek, «To‘y», «Ahvolimiz», «Millatimga», «Fikr aylag‘il» kabi she’rlari, «Baxtsiz kuyov» dramasi, «Juvonboz» hikoyalari bilan jamiyatda uchrovchi illatlar haqida fikr yuritadi.

🧡1937-yilning 31-dekabrida “xalq dushmani” sifatida hibsga olinadi, bunga hasadgo‘y “qalamkash hamkasblari” qo‘l urgan.
1938-yilning 4-oktyabr kuni yozuvchi otib tashlangan, o‘limidan so‘ng oqlangan.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling👇

Telegram l Instagram l YouTube l Facebook l Twitter l Web Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
#Kitobsevar_millat_III_Respublika_haftaligi

"Kitobxonlik haftaligi" doirasida “ZAKOVAT” intellektual o‘yini

💢2023-yil 10-aprel' kuni "Kitobxonlik haftaligi-2023" doirasida O‘zbekiston Milliy kutubxonasi mutaxassislari sayyor tadbir o‘tkazdilar. Navbatdagi tashrif Yunusobod tumanidagi 327-umumtalim maktabiga amalga oshirildi. Kutubxona mutaxassislari o‘quvchilar bilan adabiyot, tarix, matematika sohalari hamda mantiqiy savollar bo‘yicha “ZAKOVAT” intellektual o‘yini o‘tkazdilar.
G‘olib jamoalar O‘zbekiston Milliy kutubxonasi sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling👇

Telegram l Instagram l YouTube l Facebook l Twitter l Web Sayt
👍71
Abdulla Qodiriy – lug‘atshunos

🖊 Shoir va yozuvchi, dramaturg va publisist, o‘zbek adabiyotida roman janri asoschisi, tilshunos olim Abdulla Qodiriy lug‘atchilik bilan ham shug‘ullangan. O‘zbekiston Milliy kutubxonasida saqlanayotgan “Ruscha-o‘zbekcha to‘la so‘zlik” nomli lug‘atning 2-jildi, “P” harfi bilan boshlanadigan so‘zlarni ishlab chiqishida ishtirok etgan. Abdulla Qodiriy turkiy lug‘atchilik va rus lug‘atchiligining nazariy va amaliy masalalarini puxta egallagan.

📖 Abdulla Qodiriy lug‘atda mumtoz adabiyot tilida faol ishlatilgan an'anaviy poetik so‘zlarni mahorat bilan qo‘llagan va o‘ziga xos izohlash usulidan foydalangan.

📚Abdulla Qodiriy, Abdulla Sagidov va Saxi Rahmatiylar hammuallifligida yaratilgan «Ruscha-o‘zbekcha to‘la so‘zlik» lug‘ati (2-jild, 34ming so‘z,Toshkent–Qozon,1934) XX asr boshlaridagi o‘zbek lug‘atchiligining yetakchi xususiyatini o‘zida ifodalagan.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling👇

Telegram l Instagram l YouTube l Facebook l Twitter l Web Sayt
👍5