✅Yangi Konstitutsiya-xalq dardiga quloq soluvchi davlat asosi!
💢"Yangi Konstitutsiya-xalq dardiga quloq soluvchi davlat asosi!" shiori ostidagi targ‘ibot tadbirlari Namangan viloyatida katta uyushqoqlik bilan boshlandi. Viloyatga biriktirilgan ishchi guruhi a’zolari ishtirokida Namangan shahar hokimligida viloyatdagi faol va rahbar ayollar, "Oqila ayollar" harakati a’zolari, viloyat targ‘ibot guruhi a’zolari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazilib, targ‘ibot tadbirlarini yuqori darajada o‘tkazish masalalari muhokama etildi.
👉 Batafsil
📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling👇
Telegram l Instagram l YouTube l Facebook l Twitter l Web Sayt

👍15👏2
#Muvaffaqiyat_sirlari
📚 Qanday qilib bir yilda boy bo‘lish mumkin, Napoleon Xill
⏩ Kitobdagi tavsiyalarga qat’iy amal qiling va tez orada hayotingiz qanchalik yaxshilanganidan hayratga tushasiz.
✅ Tavsiyalar yordamida siz "ko‘rinmas hamkor" ga ega bo‘lasiz va bu hamkor yo‘lingizdagi to‘siqlarni bartaraf etadi, hamda siz kutmagan yaxshi imkoniyatlarni paydo qiladi.
📱 Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling👇
Telegram l Instagram l YouTube l
Facebook l Twitter l Web Sayt
Telegram l Instagram l YouTube l
Facebook l Twitter l Web Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7
✅1783-yilda Oksford universitetida chop etilgan "Tuzuklar" O‘zbekiston Milliy kutubxonasi fondida saqlanmoqda
💢O‘zbekiston Milliy kutubxonasi fondida saqlanayotgan mashhur kitoblardan biri sohibqiron Amir Temurning "Institutes political and military" ("Tuzuklar")idir.
💢Bu asar 1783-yil Londondagi Oksford universiteti nashriyotiida Mayor Devi va arab tili mutaxassisi, professor Uayt tomonidan nashr etilgan. Kitob fors va ingliz tillarida bo‘lib, 408 sahifadan iborat. "Temur tuzuklari" asli turkiy tilda yozilgan va u XVII asr boshida Yaman podshosi Ja'far kutubxonasida saqlangan”, deb yozadi tarjimon Abutolib Husayn. "Tuzuklar" 1610-1612-yillarda fors tiliga, so‘ng ingliz tiliga tarjima qilingan.
📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling👇
Telegram l Instagram l YouTube l Facebook l Twitter l Web Sayt
💢O‘zbekiston Milliy kutubxonasi fondida saqlanayotgan mashhur kitoblardan biri sohibqiron Amir Temurning "Institutes political and military" ("Tuzuklar")idir.
💢Bu asar 1783-yil Londondagi Oksford universiteti nashriyotiida Mayor Devi va arab tili mutaxassisi, professor Uayt tomonidan nashr etilgan. Kitob fors va ingliz tillarida bo‘lib, 408 sahifadan iborat. "Temur tuzuklari" asli turkiy tilda yozilgan va u XVII asr boshida Yaman podshosi Ja'far kutubxonasida saqlangan”, deb yozadi tarjimon Abutolib Husayn. "Tuzuklar" 1610-1612-yillarda fors tiliga, so‘ng ingliz tiliga tarjima qilingan.
📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling👇
Telegram l Instagram l YouTube l Facebook l Twitter l Web Sayt
👍9😢1
#Oltin_sandiq_javohirlari
📝 "To‘nqatar" — Amir saroyida ulug‘larni otdan tushiruvchi lavozimli kishi.
⏺ Sharxi:
Yasovullar...dehqonni yoqasidan ushlab, ark darvozasiga sudrab olib bordilar va to‘nqatarning buyrug‘i bilan uni o‘n besh tayoq urib, undan xizmatona va janobi oliy haqida duo olgandan keyin qo‘yib yubordilar.
S.Ayniy, Qullar
⚜️ O‘zbek tilining izohli lug‘ati: 4-jild, 368-sahifa
📱 Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling👇
Telegram l Instagram l YouTube l Facebook l Twitter l Web Sayt
Yasovullar...dehqonni yoqasidan ushlab, ark darvozasiga sudrab olib bordilar va to‘nqatarning buyrug‘i bilan uni o‘n besh tayoq urib, undan xizmatona va janobi oliy haqida duo olgandan keyin qo‘yib yubordilar.
S.Ayniy, Qullar
Telegram l Instagram l YouTube l Facebook l Twitter l Web Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8
#Yoshlar_ijodi
📝 Navbatdagi mehmonimiz ijodkor, shoir Iftixor Xonxo‘jayev. Uning qalamiga mansub quyidagi ijod namunasi bilan bo‘lishamiz.
Ma’lumot uchun:
Iftixor Xonxo‘jayev 1991-yil 24-oktyabrda Samarqand viloyati Oqdaryo tumanida tug‘ilgan. “Birinchi kitobim” loyihasida “Uyg‘oq yurak”, so‘ngra “Hayot kuyi” nomli kitoblari nashr qilingan.
🗣 O‘qing, bahoni o‘zingiz bering...
* * *
Chiptasiz yo‘lovchi
Vagon-vagon odamni ortib,
Yelib borar hayot poyezdi.
Kimdir kular qahqaha otib,
Kimning ohi dilimni ezdi.
Ana, xurrak otmoqda kimdir,
Joy talashib kimdir qilar do‘q.
Bu poyezdda faqat men jimdir,
Manzil olis, chiptam esa yo‘q.
Vagon-vagon odamni ortib,
Yelib borar hayot poyezdi.
Bir burchakda o‘zimni tortib
Turganimni kimlardir sezdi.
Qattiq urma, bas yuragim, jim,
Kim ham senga baxt tilab o‘tar.
Chiptasizdan kim yuz burib, kim
Ermak uchun turtkilab o‘tar.
Ana, kelar kamzulli odam,
Yelkasida yaltiroq pagon.
– Qani, uka, chiptangni ol-chi,
Ko‘raylik-chi, nechinchi vagon.
Vagon-vagon odamni ortib,
Yelib borar hayot poyezdi.
Bir burchakda o‘zimni tortib
Turishimdan yuragim bezdi.
Aytgin, qaysi bekatda axir
Senga borar yo‘lim, Xudojon.
Bu poyezdda bormoqlik og‘ir,
Tushib qolish o‘lim, Xudojon.
✍️ Iftixor Xonxo‘jayev
📱 Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling👇
Telegram l Instagram l YouTube l Facebook l Twitter l Web Sayt
Ma’lumot uchun:
Iftixor Xonxo‘jayev 1991-yil 24-oktyabrda Samarqand viloyati Oqdaryo tumanida tug‘ilgan. “Birinchi kitobim” loyihasida “Uyg‘oq yurak”, so‘ngra “Hayot kuyi” nomli kitoblari nashr qilingan.
* * *
Chiptasiz yo‘lovchi
Vagon-vagon odamni ortib,
Yelib borar hayot poyezdi.
Kimdir kular qahqaha otib,
Kimning ohi dilimni ezdi.
Ana, xurrak otmoqda kimdir,
Joy talashib kimdir qilar do‘q.
Bu poyezdda faqat men jimdir,
Manzil olis, chiptam esa yo‘q.
Vagon-vagon odamni ortib,
Yelib borar hayot poyezdi.
Bir burchakda o‘zimni tortib
Turganimni kimlardir sezdi.
Qattiq urma, bas yuragim, jim,
Kim ham senga baxt tilab o‘tar.
Chiptasizdan kim yuz burib, kim
Ermak uchun turtkilab o‘tar.
Ana, kelar kamzulli odam,
Yelkasida yaltiroq pagon.
– Qani, uka, chiptangni ol-chi,
Ko‘raylik-chi, nechinchi vagon.
Vagon-vagon odamni ortib,
Yelib borar hayot poyezdi.
Bir burchakda o‘zimni tortib
Turishimdan yuragim bezdi.
Aytgin, qaysi bekatda axir
Senga borar yo‘lim, Xudojon.
Bu poyezdda bormoqlik og‘ir,
Tushib qolish o‘lim, Xudojon.
Telegram l Instagram l YouTube l Facebook l Twitter l Web Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9👏3
✅O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Turki aleminin detektivi janrin darabozi” mavzusida davra suhbati va kitob ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi
💢2023-yil 7-aprel kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida taniqli qozoq yozuvchisi, qozoq adabiyotining detektiv janri asoschisi, dramaturg, jamoat arbobi Kemel Tokayev tavalludining 100 yilligiga bag‘ishlangan davra suhbati va “Turki aleminin detektivi janrin darabozi” kitob ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Qozog‘iston Respublikasi Milliy kutubxonasi va O‘zbekistonning Olmaotadagi Bosh konsulligi bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbirda ziyolilar, shoir va yozuvchilar, adabiyotshunoslar, jamoat arboblari, qozoq diasporasi va ommaviy axborot vositalari vakillari, kitobxonlar va boshqalar ishtirok etdilar.

👍22👏3