Milliy kutubxona | Rasmiy
9.91K subscribers
12.7K photos
1.91K videos
467 files
6.36K links
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining telegramdagi rasmiy sahifasi

Bizni ijtimoiy tarmoqdagi boshqa sahifalarimizni ham kuzatib boring 👉 https://natlib.taplink.ws

Murojaat uchun: @infonatlib_bot
Download Telegram
🟦🟦🟦🟦🟦

🌿Insonlardagi go‘zallik - bu yuzdir, yuzdagi go‘zallik esa - ko‘zdir. Ammo, insonni inson qilgan bu uning tilidan chiqadigan - so‘zdir🌱

© Jaloliddin Rumiy

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling👇

Telegram l Instagram l YouTube l Facebook l Twitter l Web Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7👍4
#Yoshlar_ijodi

📝Navbatdagi mehmonimiz ijodkor, shoir Nasrullo Ergash. Uning qalamiga mansub quyidagi ijod namunasi bilan bo‘lishamiz.

🗣O‘qing, bahoni o‘zingiz bering...

* * *

BOYCHECHAK QO‘SHIG‘I

Mart yaqin. Bahorni qarshilar qushlar,
Soylarda suvlarga evrilar tushlar,
Tilimning uchida boychechak nishlar,
Yolg‘on qo‘shiq aytsam tilimdan tishlar.

Men shu boychechakka umid bog‘ladim,
Tunlar shudringlarni quchib yig‘ladim,
Kuyladim, bir ozod qo‘shiq kuyladim:
«Boychechagim boylandi,
Boychechagim boylandi...»

Ay, manim boylangan tilim – boychechak!
Manim mungliqqina singlim – boychechak!
Bag‘rimda ochilgan qizim – boychechak,
Hali tug‘ilmagan ulim – boychechak!

Kuyla endi, gulim, to‘lib kuylagin,
Yig‘lab kuylagin sen, kulib kuylagin!
Istasang, arslonday o‘kirib kuyla,
Istasang, bo‘riday ulib kuylagin!

Tinmasdan kuylayver, faqat to‘xtama,
Manim tinmas tilim bo‘lib kuylagin!
Tinmasdan kuylayver, gulim, to‘xtama,
Manim qizim kuyla!
Ulim kuylagin!..

✍️Nasrullo Ergash, 2023.07.02

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling👇

Telegram l Instagram l YouTube l Facebook l Twitter l Web Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8👏3
❗️E’LON

Hurmatli kutubxonamiz foydalanuvchilari, 2023-yil 31-mart kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida «Tozalik kuni» deb e’lon qilinadi.

Shu sababli 31-mart soat 8:00 dan 1-aprel soat 8:00 ga qadar foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatilmaydi.

Ma’muriyat

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling ⬇️

Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Web Sayt
👍9😢6👏1
O'tgan 2022- yil faoliyati bo'yicha hisobotlar boshlandi

💢
Tadbirda hududiy axborot-kutubxona markazlarining 2022-yil faoliyati bo‘yicha hisobotlari tinglandi.

👉 batafsil

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling👇

Telegram l Instagram l YouTube l Facebook l Twitter l Web Sayt
👍8
O'tgan 2022- yil faoliyati bo'yicha hisobotlar davom etmoqda


📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling👇

Telegram l Instagram l YouTube l Facebook l Twitter l Web Sayt
👍15
Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy kutubxonasiga kelgan yangi nashrlar

👉 Yangi nashrlar bilan tanishing

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling👇

Telegram l Instagram l YouTube l Facebook l Twitter l Web Sayt
👍7
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi "Istiqbol" o'quv zalida 2-aprel "Xalqaro bolalar kitobi" kuniga bag'ishlangan "Kitobxon bolalar-yurt kelajagi" nomli kitob-rasmli ko'rgazma tashkil etildi.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling👇

Telegram l Instagram l YouTube l Facebook l Twitter l Web Sayt
👍10👌2😍1
#Kutubxona_OAV_nigohida

O‘zbekiston Milliy kutubxonasi Elektron buyurtmalarni muvofiqlashtirish va resurslarni masofadan yetkazib berish xizmati rahbari Farida Asanovaning Rossiyada chiqadigan “Biblioteka” jurnalining 2023-yil 3-sonida “Продвигаясь от простого к сложному” (Oddiydan murakkab tomon) nomli maqolasi chop etildi.

📝Maqolada O‘zbekistonda hukumatimiz tomonidan olib borilayotgan madaniy-ma'rifiy siyosat, uning doirasida amalga oshirilayotgan islohotlar, respublika miqyosida ochilgan yangi kutubxonalar, bolalar nashriyotlariga qaratilayotgan e'tibor, O‘zbekiston Milliy kutubxonasida yosh avlodni mutolaaga jalb qilish maqsadida tashkil etilayotgan tadbirlar haqida ma'lumot berilgan.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling👇

Telegram l Instagram l YouTube l Facebook l Twitter l Web Sayt
👍96
#Buyuk_mutafakkir
#Beruniy_1050

⚜️Yolg‘onchilikdan chetlanib, rostgo‘ylikka yopishgan kishini boshqa odam u yoqda tursin, yolg‘onchining o‘zi ham sevib maqtaydi⚜️

* * *

⚜️Bilim - qaytarish va takrorlash mevasidir. Bilimsiz kishilarning ko‘ngli xurofotga moyil bo‘ladi⚜️


© Abu Rayhon Beruniy

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling👇

Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Web Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍92
‼️DIQQAT TANLOV

🚌 AVTOBUSDA KUTUBXONANI TOPING!


Toshkent shahri bo‘ylab harakatlanayotgan 150 ta avtobusda o‘rnatilgan monitorlar orqali ijtimoiy roliklarimiz nomoyish etilmoqda. Bu esa fuqarolarni kutubxona bilan tanishishga, kitoblarni ommalashtirishga yordam beradi.
Shu munosabat bilan tanlov e’lon qilamiz!

👉 Tanlov NIZOMI

Ushbu tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lsangiz avtobus monitorlarida kutubxonaning video roliklari nomoyish etilayotgan vaqtda monitordagi rolik bilan (selfi) suratga tushing, O‘zbekiston Milliy kutubxonasining telegramdagi rasmiy sahifasi hamda Kitob o‘qi sahifalariga obuna bo‘ling va botimizga (selfi) suratingizni yuboring.

👉 Botga kirish

Tanlov 3-apreldan 30-aprelga qadar davom etadi, belgilangan muddat tugaganidan so‘ng, biz onlayn generator orqali tanlovda ishtirok etgan fuqarolarimiz orasidan 5 nafar g‘oliblarni aniqlab olamiz (g‘oliblarni aniqlash jarayonini 5-may kuni telegram va instagramdagi rasmiy sahifalarimiz orqali jonli efirda kuzatishingiz mumkin) va estalik sovg‘alarimizni topshiramiz.

‼️ESLATMA

Bu tanlovda ishtirok etish imkoniyati faqatgina Toshkent shahri avtobuslaridan foydalanuvchi fuqarolarimizga berilgan.

🚌 Avtobusdagi roliklar bilan tanishing👇

🎞 1-rolik

🎞 2-rolik

🎉Endi esa avtobusga shoshiling va g‘olib bo‘ling!🏆

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling👇

Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Web Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM