Milliy kutubxona | Rasmiy
9.9K subscribers
12.7K photos
1.92K videos
467 files
6.36K links
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining telegramdagi rasmiy sahifasi

Bizni ijtimoiy tarmoqdagi boshqa sahifalarimizni ham kuzatib boring 👉 https://natlib.taplink.ws

Murojaat uchun: @infonatlib_bot
Download Telegram
🔴SUHBAT

📎2023-yil 23-yanvar kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida AQSh Davlat departamentining Markaziy Osiyodagi Amerika burchaklarida jamoatchilik bilan aloqalar dasturlari bo‘yicha mas’ul xodimi R.Ernest hamda madaniy masalalar bo‘yicha mas’ul S.Talalay ishtirokida suhbat bo‘lib o‘tdi.

📎Milliy kutubxona qoshidagi ingliz tili so‘zlashuv klubi a'zolari bilan bo‘lib o‘tgan mazkur suhbatda xorijda ta'lim olish imkoniyatlari va shartlari, xorijiy davlatlar ta'lim tizimi bilan tanishtiruvchi va u yerda ta'limni tugatgach istiqboldagi imkoniyatlar bilan tanishdilar va o‘zlarini qiziqtirga savollar bilan murojaat etdilar.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling ⬇️

Telegram l Instagram l YouTube l Facebook l Twitter l Web Sayt
👍12
🔴 Ozarbayjon madaniyat markazining O‘zbekiston Milliy kutubxonasiga sovg‘asi

Haydar Aliev nomidagi Ozarbayjon madaniyat markazi O‘zbekiston Milliy kutubxonasiga kitoblar hadya etdi.

📚 Hadya etilgan kitoblar kutubxona fondiga hamda respublikaning 14 ta AKMlariga topshirildi. Ushbu sovg‘a ikki qardosh - Ozarbayjon va O‘zbekiston o‘rtasidagi madaniy aloqalarni mustahkamlash, madaniyat va tarixni targ‘ib qilishga xizmat qiladi.

📌 Ozarbayjon tilida va o‘zbek tiliga tarjima qilingan kitoblarni o‘z ichiga olgan ushbu to‘plam javonlardan munosib o‘rin egallaydi va o‘zbek kitobxonlarini ozarbayjon xalqi tarixi, iqtisodiyoti, madaniyati va hayoti bilan tanishtiradi.
📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling ⬇️

Telegram l Instagram l YouTube l Facebook l Twitter l Web Sayt
👍23
#Muvaffaqiyat_kaliti

Shavkat Razzaqov
 
O‘zlikni anglash zavqi yoxud Sizni o‘zgartiradigan kitob

💢Aziz kitobxon! O‘ylaymizki, Siz so‘nggi yillarda olamga mashxur mutafakkirlar, donishmandlar hamda psixolog olimlarning ilmiy tavsiyalari, hayotiy tajribalari asosida tayyorlanayotgan, inson shaxsiyati, ruhiy olami, ijtimoiy munosabatlarining shakllanishi va umuman borliqqa  munosabati borasidagi kitoblarni kuzatib  bormoqdasiz.

🟢Binobarin, har bir kishi muayyan yoshga kirib, aqlini tanigandan so‘ng, o‘z tuyg‘ularini, tafakkur tarzini, tegrasidagi kishilarga,  oilasiga, yaqinlariga munosabatlarini bir qur nazardan o‘tkazib olishga ehtiyoj sezadi.

🔵Amaliyotchi psixolog Shavkat Razzoqovning "O‘zlikni anglash zavqi yohud Sizni o‘zgartiradigan kitob" nomli ushbu kitobi Siz azizlarga o‘z-o‘zingizni, aniqrog‘i o‘zligingizni tanib olishingizda beg‘araz ko‘makchi va dasturulamal bo‘ladi, degan umiddamiz.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling ⬇️

Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Web Sayt
👍20
#Oltin_sandiq_javohirlari

Aziz kitobxonlar, biz Sizlarni #Oltin_sandiq_javohirlari xeshtegi ostida kutubxona kitob javonlaridan o'rin olgan "O‘zbek tilining izohli lug‘ati"da ona tilimizda uchraydigan jozibador so‘zlarning sharhi bilan tanishtirib borishda davom etamiz.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling ⬇️

Telegram l Instagram l YouTube l Facebook l Twitter
👎2
🗓 2022-yilda O‘zbekiston Milliy kutubxonasi foydalanuvchilari tomonidan eng ko‘p buyurtma qilingan nashrlar tahlili

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling ⬇️

Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Web Sayt
👍21
#Qutlov

Respublika markaziy ko‘zi ojizlar kutubxonasi direktori Djurayev Farxod Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligining «Yangi Oʻzbekiston yulduzlari» madaniyat va sanʼat milliy mukofotiga sazovor bo‘ldi.

O‘zbekiston Milliy kutubxonasi jamoasi Farxod Djurayevni mukofot bilan samimiy qutlaydi.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling ⬇️

Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Web Sayt
👍38
#Navoiy_582
#Kutubxona_va_Navoiy

🗓 Buyuk mutafakkir, g‘azal mulkining sultoni, atoqli davlat va jamoat arbobi hazrat Alisher Navoiy tavalludiga 582 yil to‘lishi munosabati bilan telegram kanalimizda #Navoiy_582 hamda #Kutubxona_va_Navoiy xeshteglari ostida Alisher Navoiyning g‘azal va ruboiylari, mutafakkir haqida ulug‘ shaxslar tomonidan aytilgan fikr va mulohazalarni berib boramiz.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling 👇

Telegram l Instagram l YouTube l Facebook l Twitter l Web Sayt
👍26👎4
❗️Islom Karimov 85 yoshni qarshi olgan bo‘lar edi...

Bugun, 30 yanvar O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning tavallud kunlari.

Eslatib o‘tamiz, Islom Karimov 1938-yilning 30-yanvar kuni Samarqandda tug‘ilgan. 2016-yilning 2-sentyabr kuni Toshkentda vafot etgan.

O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov asarlari jamlangan ko‘rgazma tashkil etildi.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling ⬇️

Telegram l Instagram l YouTube l Facebook l Twitter l Web Sayt
👍28👎7
🎗Milliy kutubxonada ham Mustaqilligimiz asoschisi xotirasi yod etilmoqda!

Bugun osmon dod soldi, zamin titradi, nainki zamin, butun O'zbek xalqining yuraklari larzaga keldi, chunki bugun barchamiz uchun aziz bo'lgan Bobomiz Islom Karimov hayot bo'lganlarida qutlug' 85 yosh bilan shaxsan o'zlarini muborakbod etgan bo'lar edik...

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling ⬇️

Telegram l Instagram l YouTube l Facebook l Twitter l Web Sayt
👍21👎7
❗️E’LON

Hurmatli kutubxonamiz foydalanuvchilari, 2023-yil 31-yanvar kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida «Tozalik kuni» deb e’lon qilindi.

Shu sababli, 31-yanvar soat 8:00 dan 1-fevral soat 8:00 ga qadar foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatilmaydi.

Ma’muriyat

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling ⬇️

Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Web Sayt
👎29👍23
#Navoiy_582
#Kutubxona_va_Navoiy

🗓 Buyuk mutafakkir, g‘azal mulkining sultoni, atoqli davlat va jamoat arbobi hazrat Alisher Navoiy tavalludiga 582 yil to‘lishi munosabati bilan telegram kanalimizda #Navoiy_582 hamda #Kutubxona_va_Navoiy xeshteglari ostida Alisher Navoiyning g‘azal va ruboiylari, mutafakkir  haqida ulug‘ shaxslar tomonidan aytilgan fikr va mulohazalar, qolaversa, kutubxonamiz fondidan joy olgan adabiyotshunos olim Berdaq Yusuf qalamiga mansub "Navoiy tili lug‘ati" da uchraydigan ba’zi so‘zlarning talqinlarini berib boramiz.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling 👇

Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Web Sayt
👍43👎5
#Navoiy_582
#Kutubxona_va_Navoiy

Kamoliddin Husayn al-Koshifiy Navoiy haqida "Javohir ut-tafsir" asarida yuqoridagilarni bitgan.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling👇

Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Web Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍28👎5