Milliy kutubxona | Rasmiy
9.89K subscribers
12.7K photos
1.92K videos
467 files
6.36K links
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining telegramdagi rasmiy sahifasi

Bizni ijtimoiy tarmoqdagi boshqa sahifalarimizni ham kuzatib boring 👉 https://natlib.taplink.ws

Murojaat uchun: @infonatlib_bot
Download Telegram
#Muvaffaqiyat_sirlari
#Muvaffaqiyat_kaliti
Mazkur xeshteg ostida tanishtirib borayotgan ma'lumotlarimizning bugungisi Deyl Karnegining “Qanday qilib hayotdan zavqlanish va ishdan rohatlanish mumkin” kitobidir.
Kitob zerikish, qo‘rquv, umidsizlik, charchoqni yengishga, ishonch, ko‘ngil xotirjamligi tuyg‘usiga ega bo‘lib, hayotinini baxtli qilishga muvaffaq bo‘lgan turli yoshdagi va sinfdagi odamlar bilan sodir bo‘lgan juda ko‘p qiziqarli va ibratli hikoyalar bilan to‘ldirilgan. Deyl Karnegining usullari va maslahatlari bugungi kunda o‘nlab yillar oldin, ularni birinchi marta to‘plagan va nashr etganida bo‘lgani kabi samarali. Ular sira eskirmaydi!
Keng kitobxonlar ommasi uchun mo‘ljallangan.
👍21
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi raqamlarda
👍22
Mazkur infografikada O‘zbekiston Milliy kutubxonasidagi xorijiy davlatlarning O‘zbekistondagi elchixonalari bilan hamkorlikda tashkil etgan zallariga kelib tushayotgan resurslar statistikasi yillar kesimida berilgan.
👍21
“Kitobsevar millat” umummilliy g‘oyasini amalga oshirish borasida tashkil etilgan loyihalar va ular doirasida o‘tkazilgan tadbirlar statistikasi.
👍26
2022-yilda dissertasiyalar fondida berilgan buyurtmalarning fanlar kesimida ko‘rsatkichlari
👍21
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi Umumiy fondlar, Ixtisoslashtirilgan fond va majburiy nusxalarni saqlash xizmatining 2022-yil ko‘rsatkichlari
👍15
O‘zbekiston Milliy kutubxonasining 2022-yil davomida olib borgan ilmiy-metodik faoliyati
👍15
2023-yil 16-yanvar kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida faylasuf, matematik olim al-Farobiy hayotiga bag‘ishlangan “Sharqning ikkinchi muallimi” deb nomlangan ko‘rgazma qo‘yildi. Unda Sharq qomusshunos-olimi, musiqa nazariyotchisi, faylasuf, mutafakkir, Arastu asarlari sharhlovchisi al-Farobiyning serqirra ijodini yorituvchi kitoblar o‘rin oldi.
870 yilda tug‘ilgan Abu Nasr Muhammad ibn Muhammad ibn Tarxon ibn O‘zlug‘ al-Farobiy turli tillarini mukammal darajada o‘zlashtirdi va ilm istab Samarqand, Buxoro, Bog‘dod, Hirot, G‘azna, Harron, Damashq, Shom va yana ko‘plab shaharlarda yashadi. U falsafa, mantiq, ilohiyot, ahloq, siyosat, falakiyot, kimyo, tibbiyot, musiqa va boshqa ilmlarga chuqur qiziqib, shu sohalarda ilmiy izlanishlar olib borgan.
260 dan ziyod ilmiy asarlar yozgan Abu Nasr Farobiy Arastu asarlarini tarjima qilib, o‘z sharhlari bilan boyitdi. Buning uchun unga «al-muallim as-soniy» («Ikkinchi muallim») va Sharq Arastusi unvoni berildi. Shuningdek, u qonun musiqa asbobi ixtirochisi sanaladi.
👍20
#Muvaffaqiyat_kaliti

Saidmurod Davlatov
Boy va kambag‘al odamlarning fikrlash strategiyasi.

"Agar men shunchalik aqlli bo‘lsam, nega boy emasman?" Kim bu savolni o‘ziga berib ko‘rmagan? Buning javobi aniq: gap fikrlash tarzida. Saidmurod Davlatov yigirma yildan ortiq vaqt davomida boy odamlarning tafakkurini tahlil qildi. U ko‘pchiligimizning farovonlikning yangi bosqichiga chiqishimizga to‘sqinlik qiladigan 32 ta farqni aniqladi. Ushbu kitob sizning moliyaviy fikringizni o‘zgartirish borasida haqiqiy mahorat darsi bo‘ladi. U sizga turli cheklovlardan qutilish uchun yordam beradi, daromadning yangi manbalarini ko‘rishni va pul to‘plashga to‘g‘ri munosabatda bo‘lishni o‘rgatadi.
👍15
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Alisher_Navoiy_nomidagi_Ozbekiston_milliy_kutubxonasi

Kitob mutolasi insoniyatni kamolotga yetaklaydi, biz sizni kutubxonada kutamiz!

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling ⬇️

Telegram l Instagram l YouTubeFacebook l Twitter
👍12
E’LON

Yurtimizda joriy yil yanvar oyining uchinchi o‘n kunligida havo haroratining keskin pasayib ketishi munosabati bilan, O‘zbekiston Milliy kutubxonasida foydalanuvchilarga
soat 9:00 dan soat 20:00 ga qadar xizmat ko‘rsatiladi.
Tungi ish rejimida vaqtincha xizmat ko‘rsatilmaydi.
           
Ma’muriyat

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling ⬇️

Telegram l Instagram l YouTubeFacebook l Twitter
👎24👍22
O‘zbekiston Milliy kutubxonasining 2022-yil davomida olib borgan bibliografik faoliyati

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling ⬇️

Telegram l Instagram l YouTube l Facebook l Twitter
👍16👎1
Joriy yil 19-yanvar kuni Haydar Aliev nomidagi Ozarbayjon madaniyat markazida “Turk dunyosidan Shushagacha, Shushadan Turk dunyosigacha” deb nomlangan kitob taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Taqdimotida ozarbayjon va o‘zbek adiblari, professor va o‘qituvchilar bilan bir qatorda O‘zbekiston Milliy kutubxonasi vakillari ham ishtirok etdilar.
“Turk dunyosidan Shushagacha, Shushadan Turk dunyosigacha” deb nomlangan kitobdan Ozarbayjon, O‘zbekiston, Turkiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston Respublikalari yozuvchi va shoirlari tomonidan Shusha shahriga bag‘ishlangan she'rlar, maqolalar, esse va hikoyalar o‘rin olgan.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling ⬇️

Telegram l Instagram l YouTube l Facebook l Twitter
👍13