Siz sevgan adiblar necha yoshdaligini bilasizmi?
O‘zbekiston Milliy kutubxonasida 2023-yilda o‘z yubileyini nishonlayotgan adiblar asarlari ko‘rgazmasi ochildi. Yangi yilni boshlar ekan, har bir kitobxonda qaysi kitoblarni o'qishni rejaga kiritsam ekan, degan savol tug'iladi. Kutubxonamizning 3-qavatida tashkil etilgan "Yubilyar adiblar" ko'rgazmasida Shuhrat (105), G‘ofur G‘ulom (120), Pirimqul Qodirov (95), Abu Rayhon Beruniy (1050), Zahiriddin Muhammad Bobur (540) kabi adiblar asarlari joy olgan.
Xo'sh, siz ayni damda mutolaa qilayotgan asaringiz muallifi necha yoshdaligini bilasizmi? 2023-yilda o'qishni rejalashtirgan ro'yxatingizda qaysi adiblar kitoblarini o'qimoqchisiz?
Bu savollarga javob topishingizga sizga "Yubilyar adiblar" javonimizdan joy olgan asarlar yordam berishiga ishonamiz.

👍30👎2
O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Umniy rasskazchik i dobriy skazochnik” deb nomlangan ko‘rgazma ochildi
O‘zbekiston Milliy kutubxonasida 1883 yilda 10 yanvarda Saratov viloyatida tug‘ilgan yozuvchi, jamoat arbobi, graf Aleksey Nikolaevich Tolstoy tavalludining 140 yilligiga bag‘ishlangan “Umniy rasskazchik i dobriy skazochnik” (Aqlli hikoyachi va mehribon ertakchi) nomli ko‘rgazma ochildi.
Rus yozuvchisi, publisist, graf, SSSR Fanlar Akademiyasining akademigi Aleksey Nikolaevich Tolstoy nafaqat ijtimoiy-psixologik, tarixiy va ilmiy-fantastik romanlar, qissalar va hikoyalar, publisistik asarlar, balki tarbiyaviy xarakterga ega bo‘lgan yaxshi ertaklar muallifidir. U taniqli va sevimli “Oltin kalit yoki Buratinoning sarguzashtlari” ertagi muallifidir. U “Qarg‘a ertaklari” va “Suv parisi ertaklari” deb nomlangan ikkita ertaklar to‘plamini yozgan, shuningdek, yosh bolalar uchun rus xalq ertaklarining katta termasini yaratgan adib.

👍25
#Muvaffaqiyat_sirlari
#Muvaffaqiyat_kaliti
Mazkur xeshteg ostida tanishtirib borayotgan ma'lumotlarimizning bugungisi Deyl Karnegining “Qanday qilib hayotdan zavqlanish va ishdan rohatlanish mumkin” kitobidir.
Kitob zerikish, qo‘rquv, umidsizlik, charchoqni yengishga, ishonch, ko‘ngil xotirjamligi tuyg‘usiga ega bo‘lib, hayotinini baxtli qilishga muvaffaq bo‘lgan turli yoshdagi va sinfdagi odamlar bilan sodir bo‘lgan juda ko‘p qiziqarli va ibratli hikoyalar bilan to‘ldirilgan. Deyl Karnegining usullari va maslahatlari bugungi kunda o‘nlab yillar oldin, ularni birinchi marta to‘plagan va nashr etganida bo‘lgani kabi samarali. Ular sira eskirmaydi!
Keng kitobxonlar ommasi uchun mo‘ljallangan.

👍21
O‘zbekiston Milliy kutubxonasining 2022-yil davomida olib borgan ilmiy-metodik faoliyati
👍15
https://telegra.ph/Ozbekiston-Milliy-kutubxonasida-Kitobxon-onalar-kuni-loyihasi-davom-etmoqda-01-17
Telegraph
O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Kitobxon onalar kuni” loyihasi davom etmoqda
2023-yil 17-yanvar kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Kitobxon onalar kuni” loyihasining navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda kitobxon onalar, yozuvchi va shoiralar, kutubxona sohasi mutaxassislari va barcha kitobsevar ayollar ishtirok etdilar. O‘zbekiston…
👍9
2023-yil 16-yanvar kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida faylasuf, matematik olim al-Farobiy hayotiga bag‘ishlangan “Sharqning ikkinchi muallimi” deb nomlangan ko‘rgazma qo‘yildi. Unda Sharq qomusshunos-olimi, musiqa nazariyotchisi, faylasuf, mutafakkir, Arastu asarlari sharhlovchisi al-Farobiyning serqirra ijodini yorituvchi kitoblar o‘rin oldi.
870 yilda tug‘ilgan Abu Nasr Muhammad ibn Muhammad ibn Tarxon ibn O‘zlug‘ al-Farobiy turli tillarini mukammal darajada o‘zlashtirdi va ilm istab Samarqand, Buxoro, Bog‘dod, Hirot, G‘azna, Harron, Damashq, Shom va yana ko‘plab shaharlarda yashadi. U falsafa, mantiq, ilohiyot, ahloq, siyosat, falakiyot, kimyo, tibbiyot, musiqa va boshqa ilmlarga chuqur qiziqib, shu sohalarda ilmiy izlanishlar olib borgan.
260 dan ziyod ilmiy asarlar yozgan Abu Nasr Farobiy Arastu asarlarini tarjima qilib, o‘z sharhlari bilan boyitdi. Buning uchun unga «al-muallim as-soniy» («Ikkinchi muallim») va Sharq Arastusi unvoni berildi. Shuningdek, u qonun musiqa asbobi ixtirochisi sanaladi.

👍20