Milliy kutubxona | Rasmiy
9.86K subscribers
12.8K photos
1.92K videos
467 files
6.37K links
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining telegramdagi rasmiy sahifasi

Bizni ijtimoiy tarmoqdagi boshqa sahifalarimizni ham kuzatib boring 👉 https://natlib.taplink.ws

Murojaat uchun: @infonatlib_bot
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Shahar_kochalari_adiblar_nomi_bilan

O‘zbekiston Milliy kutubxonasi Toshkentning adiblar nomi bilan atalgan ko‘chalari haqidagi loyihasini davom ettiradi. Bu safar sayohatimiz buyuk shoir, shoh va sarkarda nomi bilan atalgan Bobur ko‘chasiga bag‘ishlangan. Toshkent xalqaro aeroportiga olib boruvchi asosiy ko‘chalardan biriga 1991 yilda  Bobur nomi berilgan. U XX asrning 30-yilarida Toshkent to‘qimachilik kombinati qurilayotganida yuzaga kelgan. 
Bobur o‘zining ma'lum va mashhur asarlari bilan tarixnavis adib, lirik shoir va ijtimoiy masalalar yechimiga o‘z hissasini qo‘shgan olim sifatida xalqimiz ma'naviy madaniyati tarixida munosib o‘rin egallaydi.
Boburiylar sulolasi asoschisi Bobur tarixda shoir va davlat arbobi sifatida nom qoldirgan bo‘lsa, «Boburnoma» asari bilan tarixnavis olim bo‘lib tanildi. Uning nafis g‘azal va ruboiylari turkiy she'riyatining eng nodir durdonalari hisoblanadi, Aruz haqidagi risolalari esa islom qonunshunosligi, she'riyat va til nazariyasi sohalariga munosib hissasini qo‘shdi.
👍26👎1
Siz sevgan adiblar necha yoshdaligini bilasizmi?

O‘zbekiston Milliy kutubxonasida 2023-yilda o‘z yubileyini nishonlayotgan adiblar asarlari ko‘rgazmasi ochildi. Yangi yilni boshlar ekan, har bir kitobxonda qaysi kitoblarni o'qishni rejaga kiritsam ekan, degan savol tug'iladi. Kutubxonamizning 3-qavatida tashkil etilgan "Yubilyar adiblar" ko'rgazmasida Shuhrat (105), G‘ofur G‘ulom (120), Pirimqul Qodirov (95), Abu Rayhon Beruniy (1050), Zahiriddin Muhammad Bobur (540) kabi adiblar asarlari joy olgan.
Xo'sh, siz ayni damda mutolaa qilayotgan asaringiz muallifi necha yoshdaligini bilasizmi? 2023-yilda o'qishni rejalashtirgan ro'yxatingizda qaysi adiblar kitoblarini o'qimoqchisiz?
Bu savollarga javob topishingizga sizga "Yubilyar adiblar" javonimizdan joy olgan asarlar yordam berishiga ishonamiz.
👍30👎2
O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Umniy rasskazchik i dobriy skazochnik” deb nomlangan ko‘rgazma ochildi

O‘zbekiston Milliy kutubxonasida 1883 yilda 10 yanvarda Saratov viloyatida tug‘ilgan yozuvchi, jamoat arbobi, graf Aleksey Nikolaevich Tolstoy tavalludining 140 yilligiga bag‘ishlangan “Umniy rasskazchik i dobriy skazochnik” (Aqlli hikoyachi va mehribon ertakchi) nomli ko‘rgazma ochildi.
Rus yozuvchisi, publisist, graf, SSSR Fanlar Akademiyasining akademigi Aleksey Nikolaevich Tolstoy nafaqat ijtimoiy-psixologik, tarixiy va ilmiy-fantastik romanlar, qissalar va hikoyalar, publisistik asarlar, balki tarbiyaviy xarakterga ega bo‘lgan yaxshi ertaklar muallifidir. U taniqli va sevimli “Oltin kalit yoki Buratinoning sarguzashtlari” ertagi muallifidir. U “Qarg‘a ertaklari” va “Suv parisi ertaklari” deb nomlangan ikkita ertaklar to‘plamini yozgan, shuningdek, yosh bolalar uchun rus xalq ertaklarining katta termasini yaratgan adib.
👍25
#Muvaffaqiyat_sirlari
#Muvaffaqiyat_kaliti
Mazkur xeshteg ostida tanishtirib borayotgan ma'lumotlarimizning bugungisi Deyl Karnegining “Qanday qilib hayotdan zavqlanish va ishdan rohatlanish mumkin” kitobidir.
Kitob zerikish, qo‘rquv, umidsizlik, charchoqni yengishga, ishonch, ko‘ngil xotirjamligi tuyg‘usiga ega bo‘lib, hayotinini baxtli qilishga muvaffaq bo‘lgan turli yoshdagi va sinfdagi odamlar bilan sodir bo‘lgan juda ko‘p qiziqarli va ibratli hikoyalar bilan to‘ldirilgan. Deyl Karnegining usullari va maslahatlari bugungi kunda o‘nlab yillar oldin, ularni birinchi marta to‘plagan va nashr etganida bo‘lgani kabi samarali. Ular sira eskirmaydi!
Keng kitobxonlar ommasi uchun mo‘ljallangan.
👍21
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi raqamlarda
👍22
Mazkur infografikada O‘zbekiston Milliy kutubxonasidagi xorijiy davlatlarning O‘zbekistondagi elchixonalari bilan hamkorlikda tashkil etgan zallariga kelib tushayotgan resurslar statistikasi yillar kesimida berilgan.
👍21
“Kitobsevar millat” umummilliy g‘oyasini amalga oshirish borasida tashkil etilgan loyihalar va ular doirasida o‘tkazilgan tadbirlar statistikasi.
👍26
2022-yilda dissertasiyalar fondida berilgan buyurtmalarning fanlar kesimida ko‘rsatkichlari
👍21
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi Umumiy fondlar, Ixtisoslashtirilgan fond va majburiy nusxalarni saqlash xizmatining 2022-yil ko‘rsatkichlari
👍15
O‘zbekiston Milliy kutubxonasining 2022-yil davomida olib borgan ilmiy-metodik faoliyati
👍15