Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Sharq xalqlari tillari va adabiyoti instituti “Filologiya va tillarni o‘qitish” yo‘nalishi 1-kurs fors-ingliz guruhi talabalari O‘zbekiston Milliy kutubxonasiga ekskursiyani amalga oshirdi
📖 Mazkur ekskursiya talabalarning kitobxonlik madaniyatini oshirish, mustaqil ta’lim ko‘nikmalarini rivojlantirish va ilmiy manbalardan samarali foydalanishga bo‘lgan qiziqishini yanada kuchaytirdi.
Ekskursiya davomida talabalar kutubxonaning faoliyati, zamonaviy xizmatlari hamda ochiq fondlar bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, ular kitoblar saqlanishi, ulardan foydalanish tartibi va kutubxonaning ilmiy-ma’rifiy imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot oldilar.
📖 Mazkur ekskursiya talabalarning kitobxonlik madaniyatini oshirish, mustaqil ta’lim ko‘nikmalarini rivojlantirish va ilmiy manbalardan samarali foydalanishga bo‘lgan qiziqishini yanada kuchaytirdi.
📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling
Telegram l Instagram YouTube l Facebook l Twitter l Website
👍3
2026-yil 2-iyun kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida "Do‘stlik rishtalari" deb nomlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.
Laurel Grey “O‘zbek raqs va madaniyati jamiyati”, “Markaziy Osiyo raqslar lageri”, AQShdagi "Tanovvpr" raqs dastasiga asos solgan. U “Eng yaxshi xoreograf” (2003) va “Eng yaxshi etnik raqqosa” (1999) xalqaro mukofotlariga sazovor bo‘lgan.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar Lourel Greyning AQShda o‘zbek raqs san'atini targ‘ib etishda va o‘rgatishda qo‘shib kelayotgan xissasini g‘urur bilan e'tirof etdilar.
Tadbir o‘zbek raqs san'atining ikki buyuk darg‘asi - O‘zbekiston xalq artisti Qizlarxon Do‘stmuhammedova hamda amerikalik taniqli raqqosa, olima, “Silk Road Dance Company” raqs kompaniyasi rahbari Laurel Greylarning hamkorligiga bag‘ishlandi.
Laurel Grey “O‘zbek raqs va madaniyati jamiyati”, “Markaziy Osiyo raqslar lageri”, AQShdagi "Tanovvpr" raqs dastasiga asos solgan. U “Eng yaxshi xoreograf” (2003) va “Eng yaxshi etnik raqqosa” (1999) xalqaro mukofotlariga sazovor bo‘lgan.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar Lourel Greyning AQShda o‘zbek raqs san'atini targ‘ib etishda va o‘rgatishda qo‘shib kelayotgan xissasini g‘urur bilan e'tirof etdilar.
O‘z o‘rnida, Grey xonim ham O‘zbekistonning mashhur raqqosalari, "Bahor" raqs ansambli, xususan, Qizlarxon Do‘stmuhammedova bilan hamkorligi haqida so‘zladi. U o‘zbek raqslariga ilk ko‘rishdayoq maftun bo‘lib qolganini ta'kidladi. Tadbir bayramona ruhda o'tdi.
👍7❤2