✅ 2026-yil 1-iyun kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasi “Istiqbol” zalida Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga bag‘ishlangan “Baxtli bola – yorqin kelajak” deb nomlangan kitob-rasmli ko‘rgazma ochildi.
📚Mazkur ko‘rgazmadan dunyo bolalarining hayoti bilan tanishtiruvchi sarguzasht asarlar, bolalar uchun yozilgan ertak, hikoya va she'riy kitoblar o‘rin olgan.
📚 Yosh kitobxonlar bu yerda taqdim etilgan mard, quvnoq va saxiy qahramonlarning hamda tengdoshlarining boshidan kechirgan sarguzashtlari bilan tanishadilar.
📚 Ko‘rgazmaga tashrif buyurgan foydalanuvchilar hozirda bolalar uchun nashr etilayotgan yangi kitoblar bilan tanishish, o‘zlari sevgan kitoblarni varaqlab, beg‘ubor bolalik dunyosiga sayohat qilishlari mumkin.
📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l Instagram l YouTube l Facebook l Twitter l Website

❤10👍5🔥2🤩1
📚 Joriy yilning 2-iyun kuni Yoshlar ishlari agentligi tomonidan “Tashabbuslar marafoni” doirasida “Kitob Hashar” tashkil etildi. “Kitob karvoni” tadbiri doirasida kitobxonlik madaniyatini targ‘ib qilish, aholining mutolaaga bo‘lgan qiziqishini oshirish va jahon adabiyotining sara namunalarini keng jamoatchilikka yetkazishga qaratilgan tadbirlar tashkil etildi.
“Kitob karvoni” esa mazkur nashrlarni hududlarga yetkazish, kitobxonlar bilan bevosita muloqot qilish va mutolaa muhitini yanada mustahkamlash uchun samarali maydon vazifasini o‘tamoqda.
Ushbu tadbirda O‘zbekiston Milliy kutubxonasi Umumiy fondlarni saqlash xizmati rahbari Matluba Mirxodjayeva ishtirok etdi, shuningdek, tadbir davomida “1000 kitob” loyihasi doirasida o‘zbek tiliga tarjima qilingan jahon adabiyoti va ilmiy-ma’rifiy asarlar ham keng namoyish etildi. Loyiha doirasida tarjima qilingan kitoblar ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otib, ularning mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida atroflicha ma’lumotlar berildi.
“Kitob karvoni” esa mazkur nashrlarni hududlarga yetkazish, kitobxonlar bilan bevosita muloqot qilish va mutolaa muhitini yanada mustahkamlash uchun samarali maydon vazifasini o‘tamoqda.
👍5❤2🥰1🤩1
#Ushbu_jurnal_siz_uchun
🎓 "Oʻzbekiston talabasi" jurnalini kitobxonlar uchun tavsiya qilamiz!
Ushbu jurnal yoshlarning ilmiy, ma’naviy va intellektual dunyoqarashini boyitishga xizmat qiluvchi nashrlardan biridir. Jurnal sahifalarida ta’lim va fandagi innovatsiyalar, zamonaviy texnologiyalar, madaniyat va jamiyat hayotiga oid dolzarb mavzular yoritib boriladi.
🔍 Har bir son o‘quvchini fikrlashga, izlanishga va zamon bilan hamnafas bo‘lishga chorlaydi. Talabalar, yosh tadqiqotchilar hamda yangiliklarga qiziquvchan kitobxonlar uchun foydali ma’lumotlar, tahliliy maqolalar va qiziqarli suhbatlar o‘rin olgan.
📖 Bilim olishga intiladigan barcha kitobxonlarni “Oʻzbekiston talabasi” jurnalini mutolaa qilishga taklif etamiz!
📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l Instagram l YouTube l Facebook l Twitter l Website
🎓 "Oʻzbekiston talabasi" jurnalini kitobxonlar uchun tavsiya qilamiz!
Ushbu jurnal yoshlarning ilmiy, ma’naviy va intellektual dunyoqarashini boyitishga xizmat qiluvchi nashrlardan biridir. Jurnal sahifalarida ta’lim va fandagi innovatsiyalar, zamonaviy texnologiyalar, madaniyat va jamiyat hayotiga oid dolzarb mavzular yoritib boriladi.
🔍 Har bir son o‘quvchini fikrlashga, izlanishga va zamon bilan hamnafas bo‘lishga chorlaydi. Talabalar, yosh tadqiqotchilar hamda yangiliklarga qiziquvchan kitobxonlar uchun foydali ma’lumotlar, tahliliy maqolalar va qiziqarli suhbatlar o‘rin olgan.
📖 Bilim olishga intiladigan barcha kitobxonlarni “Oʻzbekiston talabasi” jurnalini mutolaa qilishga taklif etamiz!
📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l Instagram l YouTube l Facebook l Twitter l Website
🔥5❤3👍3🤩1
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Sharq xalqlari tillari va adabiyoti instituti “Filologiya va tillarni o‘qitish” yo‘nalishi 1-kurs fors-ingliz guruhi talabalari O‘zbekiston Milliy kutubxonasiga ekskursiyani amalga oshirdi
📖 Mazkur ekskursiya talabalarning kitobxonlik madaniyatini oshirish, mustaqil ta’lim ko‘nikmalarini rivojlantirish va ilmiy manbalardan samarali foydalanishga bo‘lgan qiziqishini yanada kuchaytirdi.
Ekskursiya davomida talabalar kutubxonaning faoliyati, zamonaviy xizmatlari hamda ochiq fondlar bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, ular kitoblar saqlanishi, ulardan foydalanish tartibi va kutubxonaning ilmiy-ma’rifiy imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot oldilar.
📖 Mazkur ekskursiya talabalarning kitobxonlik madaniyatini oshirish, mustaqil ta’lim ko‘nikmalarini rivojlantirish va ilmiy manbalardan samarali foydalanishga bo‘lgan qiziqishini yanada kuchaytirdi.
📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling
Telegram l Instagram YouTube l Facebook l Twitter l Website
👍3
2026-yil 2-iyun kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida "Do‘stlik rishtalari" deb nomlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.
Laurel Grey “O‘zbek raqs va madaniyati jamiyati”, “Markaziy Osiyo raqslar lageri”, AQShdagi "Tanovvpr" raqs dastasiga asos solgan. U “Eng yaxshi xoreograf” (2003) va “Eng yaxshi etnik raqqosa” (1999) xalqaro mukofotlariga sazovor bo‘lgan.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar Lourel Greyning AQShda o‘zbek raqs san'atini targ‘ib etishda va o‘rgatishda qo‘shib kelayotgan xissasini g‘urur bilan e'tirof etdilar.
Tadbir o‘zbek raqs san'atining ikki buyuk darg‘asi - O‘zbekiston xalq artisti Qizlarxon Do‘stmuhammedova hamda amerikalik taniqli raqqosa, olima, “Silk Road Dance Company” raqs kompaniyasi rahbari Laurel Greylarning hamkorligiga bag‘ishlandi.
Laurel Grey “O‘zbek raqs va madaniyati jamiyati”, “Markaziy Osiyo raqslar lageri”, AQShdagi "Tanovvpr" raqs dastasiga asos solgan. U “Eng yaxshi xoreograf” (2003) va “Eng yaxshi etnik raqqosa” (1999) xalqaro mukofotlariga sazovor bo‘lgan.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar Lourel Greyning AQShda o‘zbek raqs san'atini targ‘ib etishda va o‘rgatishda qo‘shib kelayotgan xissasini g‘urur bilan e'tirof etdilar.
O‘z o‘rnida, Grey xonim ham O‘zbekistonning mashhur raqqosalari, "Bahor" raqs ansambli, xususan, Qizlarxon Do‘stmuhammedova bilan hamkorligi haqida so‘zladi. U o‘zbek raqslariga ilk ko‘rishdayoq maftun bo‘lib qolganini ta'kidladi. Tadbir bayramona ruhda o'tdi.
👍6❤2