Milliy kutubxona | Rasmiy
9.63K subscribers
13.3K photos
1.96K videos
467 files
6.51K links
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining telegramdagi rasmiy sahifasi

Bizni ijtimoiy tarmoqdagi boshqa sahifalarimizni ham kuzatib boring 👉 https://natlib.taplink.ws

Murojaat uchun: @infonatlib_bot
Download Telegram
Prezident Shavkat Mirziyoyev Xalqaro kongress markazida Milliy kitobxonlik harakatiga start berish marosimida ishtirok etdi.

Президент Шавкат Мирзиёев в Международном конгресс-центре принял участие в церемонии запуска Национального движения по чтению книг.

#Mirziyoyev #marosim #kitobxonlik #harakat

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
👍125🔥5
⁉️Siz uni shunchaki direktor deb o‘ylaysizmi?

Yo‘q! U- ming yillik tarix va kelajak o‘rtasidagi eng mustahkam ko‘prik.


Bolalikdagi beg‘ubor orzular qanday qilib jahon e’tirofiga aylandi?

Bir ayol rahbarning yelkasidagi ma’naviyat yuki naqadar og‘ir va naqadar sharafli?

Bugun soat 22:00 da, biz ziyo daryosining bag‘riga sho‘ng‘iymiz.

Umida Teshaboyeva: Kitoblar olamidagi "temir xonim" mi yoki ma’rifat fidoyisi?

Javobni birgalikda topamiz. "El suv ichgan daryolar" ko‘rsatuvi faqat siz uchun taqdim etadi!

📖 Jurnalistikadan kutubxonachilikkacha bo‘lgan sirli yo‘l...

🌍 O‘zbekiston kutubxonashunosligining dunyo sahnasidagi e’tirofi...

Bir ayol qalbiga sig‘gan ma’naviyat ummoni.


"O‘zbekiston tarixi" telekanalida soat 22:00 da "El suv ichgan daryolar" ko‘rsatuvini tomosha qiling.

Telegram I Instagram I Youtube I Facebook I Jonli efir
30🔥7👍4👏2🥰1🤩1👌1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kutubxona_OAV_nigohida

#Maxsus_reportaj

O'zbekiston milliy kutubxonasi: imkoniyat va istiqbol

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling
Telegram l Instagram  YouTubeFacebook l Twitter l Website
👍42🔥1
Bugun Sharqshunoslik universiteti Arab tili filologiyasi yo‘nalishi 1-bosqich talabalari O‘zbekiston Milliy kutubxonasiga ekskursiya amalga oshirdilar
Ekskursiya davomida talabalar kutubxonaning ochiq fondlari, zamonaviy o‘quv zallari hamda boy ilmiy-adabiy manbalari bilan yaqindan tanishdilar. Ayniqsa, arab tili, sharq adabiyoti va tarixiga oid noyob kitoblar talabalarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Ekskursiya davomida mutolaaning ahamiyati, ilmiy izlanish olib borish imkoniyatlari hamda kutubxonadan samarali foydalanish bo‘yicha foydali ma’lumotlar berildi.
📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling
Telegram l Instagram  YouTubeFacebook l Twitter l Website
4👍4🔥3
Joriy yilning 25-may kuni Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekiston xalq yozuvchisi Isajon Sultonning “Muhandis” romani taqdimoti bo'lib o'tdi
Mazkur asarda mamlakatimiz muhandislik sohasining qariyb bir asrlik rivojlanish tarixi, milliy muhandislar avlodining shakllanish bosqichlari hamda ilm-fan yo‘lidagi mashaqqatli izlanishlar badiiy talqinda yoritilgan.

Roman voqealari zamonaviy bilim olishga intilgan, tirishqoqligi va salohiyati bilan yetuk olim hamda ustoz darajasiga ko‘tarilgan Oqil Umurzoqovich Salimov hayoti asosida tasvirlangan.
Asarda ilmiy izlanish, mehnatsevarlik, vatanparvarlik va insoniy matonat g‘oyalari yorqin aks etgan bo‘lib, u ayniqsa yoshlar uchun muhim аhamiyat kasb etadi.

📖 Taqdimotda olimlar, professor-o‘qituvchilar, ziyolilar va kitobxon yoshlar faol ishtirok etdi.
📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling
Telegram l Instagram  YouTubeFacebook l Twitter l Website
👍74🔥4🤩1