Milliy kutubxona | Rasmiy
9.7K subscribers
13.3K photos
1.96K videos
467 files
6.49K links
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining telegramdagi rasmiy sahifasi

Bizni ijtimoiy tarmoqdagi boshqa sahifalarimizni ham kuzatib boring 👉 https://natlib.taplink.ws

Murojaat uchun: @infonatlib_bot
Download Telegram
2026-yil 18-may kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlangan «Ibratli oila» ko‘krak nishonini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2022-yil 7-martdagi PF-87-son Farmoni ijrosini ta'minlash hamda farovon va barqaror oilalarning hayotiy tajribalarini ommalashtirish, oila institutini mustahkamlash, oilaviy qadriyatlarni saqlash va rivojlantirishga munosib hissa qo‘shgan O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktor o‘rinbosari Nasiba Xoldorovalar oilasiga berilgan “Ibratli oila” ko‘krak nishoni tantanali ravishda topshirildi.

Taqdirlash jarayonida kutubxona jamoasi mazkur oilaning sha'niga iliq so‘zlar izhor etdi,bunday yuksak mukofotga haqli ravishda e'tirof etilgani, bu oilaning yutuqlari, bu oilada e'zozlanib kelinayotgan milliy qadriyatlarga sadoqat,hurmat va ma'naviy birlik haqida so‘zladilar.
👍106🔥1🤩1
2026-yil 18-may kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasi “Ijod” o‘qish zalida Xalqaro muzeylar kuni munosabati bilan “Muzeylar — tarix tilsimoti, qadriyatlar beshigi” deb nomlangan kitob-rasmli ko‘rgazma qo‘yildi.
🖼 Xalqaro muzeylar kunini o‘tkazishdan maqsad –jamoat e'tiborini muzey eksponatlarining, milliy madaniy boyliklarning noqonuniy tashilishi, olib o‘tilishidan ogohlantirish, tashrif buyuruvchilarga va sayyohlarga xalqning boy madaniy merosi, mamlakatning yutuqlari bilan tanishtirishdan iborat.

📝 Bugungi muzeylar jamoatchilik uchun hamisha ochiq, jamoatchilik bilan hamkorlikda faoliyat yuritadi, jamoatchilik muzeylar ishida ijodiy yondashgan holda, faol ishtirok etib kelmoqda. Muzeylar ham o‘z o‘rnida xalqning tarixiy-madaniy, ma'naviy merosini asrab-avaylashda, insoniyat sivilizasiyasi davomida yig‘ilib qolgan qadriyatlarni chuqur o‘rganishga va uni kelajak avlodga yangi texnologiyalarni qo‘llagan holda yetkazib berishga katta e'tibor qaratmoqda.
👍123🔥1👏1😍1
18-may — Xalqaro muzeylar kuni munosabati bilan Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi hamda Oʻzbekiston Amaliy san’at muzeyi oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Mazkur hamkorlik milliy madaniy merosni asrash, nodir nashr va qoʻlyozmalarni targʻib qilish, shuningdek, madaniy-ma’rifiy loyihalarni birgalikda amalga oshirishga xizmat qiladi.

Tomonlar kelgusida qoʻshma koʻrgazmalar, tajriba almashish va zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish yoʻnalishlarida hamkorlikni rivojlantiradi.
📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling
Telegram l Instagram  YouTubeFacebook l Twitter l Website
👍9🔥53🎉1🤩1