Milliy kutubxona | Rasmiy
9.74K subscribers
13.3K photos
1.95K videos
467 files
6.49K links
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining telegramdagi rasmiy sahifasi

Bizni ijtimoiy tarmoqdagi boshqa sahifalarimizni ham kuzatib boring 👉 https://natlib.taplink.ws

Murojaat uchun: @infonatlib_bot
Download Telegram
O‘zbekiston Milliy kutubxonasida stol tennisi, mini futbol, shaxmat va shashka bo‘yicha Toshkent shahar bosqichi musobaqalari hamda taqdirlash marosimi yuqori saviyada tashkil etildi. Mazkur sport tadbiri Toshkent shahar Sport boshqarmasi hamda “Nuroniylar” jamiyati hamkorligida o‘tkazildi.
Musobaqalarda nuroniylar faol ishtirok etib, sportga bo‘lgan qiziqishlari, faolligi va sog‘lom turmush tarziga sodiqliklarini namoyon etdilar. Bellashuvlar davomida ishtirokchilar o‘zaro do‘stona muhitda kuch sinashib, sportning inson salomatligi va kayfiyatidagi muhim o‘rni yana bir bor e’tirof etildi.

Ayniqsa, shaxmat va shashka bahslaridagi teran tafakkur, stol tennisidagi chaqqonlik hamda mini futboldagi jamoaviy ruh tadbirga o‘zgacha shukuh bag‘ishladi. Musobaqa nafaqat sport bellashuvi, balki nuroniylarning faol hayot tarzi va jamiyatdagi o‘rnini mustahkamlovchi muhim ma’naviy uchrashuvga aylandi.

Tadbir yakunida faol ishtirokchilar va g‘oliblar munosib taqdirlandi.
👍9🔥31
📚 “Moliyaviy sarguzasht” tanlovi g‘oliblari taqdirlandi
2026-yil 14-may kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Moliyaviy savodxon mahalla” loyihasi doirasida tashkil etilgan “Moliyaviy sarguzasht” tanlovining yakuniy taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tanlov O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tashabbusi bilan “Mahalla kutubxonasi” loyihasi, ANORBANK hamda Farengeyt Press nashriyoti hamkorligida tashkil etildi.
📖 Ishtirokchilar jahonga mashhur Usborne nashriyotining “Pul: Boshlang‘ich saboqlar” kitobi asosida o‘z bilim va ijodkorliklarini namoyon etdilar.

🏆 G‘oliblar quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha aniqlandi: eng yaxshi videorolik, eng yaxshi sahna ko‘rinishi, eng yaxshi rasm,
maxsus test

Tadbir davomida g‘oliblarga esdalik sovg‘alari va sertifikatlar topshirildi.
📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling
Telegram l Instagram  YouTubeFacebook l Twitter l Website
👍103🔥2🎉1😍1
📚 Joriy yilning 15-may kuni Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy kutubxonasida “Jizzax adiblari” ko‘p jildli kitoblar majmuasining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Jizzax adabiy muhitining boy tarixi, vohadan yetishib chiqqan shoir va yozuvchilarning milliy adabiyotimiz taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi haqida fikrlar bildirildi.

Majmuaga XVI asrdan to bugungi kungacha ijod qilgan jizzaxlik ijodkorlar hayoti va asarlaridan namunalar kiritilgan bo‘lib, u adabiy merosimizni asrab-avaylash va keng jamoatchilikka yetkazishda muhim manba sifatida e’tirof etildi.
📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling
Telegram l Instagram  YouTubeFacebook l Twitter l Website
🔥5👍2