Milliy kutubxona | Rasmiy
9.83K subscribers
13.2K photos
1.95K videos
467 files
6.47K links
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining telegramdagi rasmiy sahifasi

Bizni ijtimoiy tarmoqdagi boshqa sahifalarimizni ham kuzatib boring 👉 https://natlib.taplink.ws

Murojaat uchun: @infonatlib_bot
Download Telegram
📚 Taqdimotga taklif etamiz

Axmadjon Muxtorovning “Zamondoshlar xotirasida” nomli kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tadi.


🗓 Sana: 2026-yil 13-may
Soat:15:00
📍 Manzil:
Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy kutubxonasi Toshkent shahri, A. Navoiy ko‘chasi 1-uy, 5-qavat majlislar zali

Barchangizni ushbu unutilmas adabiy-ma’rifiy uchrashuvga taklif etamiz!
📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
👍6🔥2
SAEVER kompaniyasining eng so’nggi rusumdagi kutubxona texnologiyalari asosida loyihalashtirilgan Shenjen ommaviy kutubxonasiga sayohat amalga oshirildi
Shenjen ommaviy kutubxonasi shaharning 20 mln.dan ortiq aholisiga xizmat ko’rsatishni ta’minlash maqsadida kutubxona faoliyatini to’liq avtomatlashtiruvchi barcha maxsus texnikalar va tizimlar bilan jihozlangan. Jumladan, kutubxona tashqarisida o’rnatilgan kitobni oldindan band qilish hamda kitobni qaytarish terminali 24/7 vaqt davomida foydalanuvchilarga xizmat qilmoqda. Kutubxonaning kirishi qismida o’rnatilgan katta LED ekran, AI infokiosklar foydalanuvchilar oqimini boshqarish bilan birga kutubxona haqida batafsil axborot berib borilishini ta’minlamoqda.

O’quv xonalarida aqlli kitob javonlari elektron katalogga integratsiya qilingan, shuningdek, robotlar xizmati orqali kitoblar foydalanuvchilarga kutubxona hududining istalgan nuqtasigacha yetkazib berilmoqda. Kutubxona fondini saqlashda qo’llanilgan konstruksiya orqali 22 metr balandlikga ega 2800 metr kvadrat kattalikdagi xonada 3,6 mln kitob fondi joylashtirilgan va telelift hamda saralash qurilmalariga integratsiya orqali ulangan.
Saqlov xonalaridagi kitoblarni robotlar orqali 10 daqiqa ichida foydalanuvchilarga yetkazib berilishi yo’lga qo’yilgan.

Umuman olganda, ushbu kutubxonada har daqiqada bitta robot qaysidir foydalanuvchi uchun kitob qidirayotganini, telelift tizimi orqali soatiga 40-60 tagacha kitob tashilayotganiga va bundan foydalanuvchilar judayam mamnun ekanligini ko’rishingiz mumkin.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
4👍4🔥2
#Kitobxon_oila
 
💡 Adem Gunesh - Bola nimani nega qiladi?
 
Bu shunchaki quruq nazariyalar to‘plami emas, balki har bir ota-ona kundalik hayotda duch keladigan real vaziyatlar tahlilidir.
📔Kitob orqali siz:
  Bolaning ichki dunyosini: Uning tili bilan aytganda, har bir injiqlik ortida qanday "yordam so‘rab baqirish" yashiringanini;
  Xatolarni tuzatishni: Jazo va baqirishlarsiz, bolaning qalbiga qanday yo‘l topishni;
  Hissiy aloqani: Farzandingiz bilan o‘zaro ishonch va do‘stona munosabatni qanday mustahkamlashni o‘rganasiz.
         
Bu kitob siz uchun eng yaqin ko‘makchi bo‘la oladi deb umid qilamiz.
 
📍 Ushbu turkumdagi barcha kitoblarni Milliy kutubxonamiz fondidan topishingiz va mutolaa qilishingiz mumkin.
📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
👍6🔥21
📚 Samarqand viloyati axborot-kutubxona markaziga Saidmurodova Nargiza Uktamovna rahbar etib tayinlandi.

Saidmurodova Nargiza Uktamovna kutubxonachilik sohasida ko‘p yillik samarali mehnat faoliyatiga ega bo‘lgan tajribali mutaxassis hisoblanadi. U o‘z faoliyati davomida yuksak kasbiy mahorati, mas’uliyati, tashabbuskorligi hamda sohaga bo‘lgan fidoyiligi bilan alohida e’tibor va hurmat qozongan.

Nargiza Uktamovnaning boy tajribasi va salohiyati Samarqand viloyati axborot-kutubxona markazi faoliyatini yanada rivojlantirish, aholiga axborot-kutubxona xizmatlarini ko‘rsatish sifatini oshirish hamda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirishga munosib hissa qo‘shishiga ishonch bildiramiz.

O‘zbekiston Milliy kutubxonasi jamoasi Saidmurodova Nargiza Uktamovnaga mazkur mas’uliyatli lavozimdagi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar, mustahkam sog‘lik va yangi zafarlar tilaydi.
📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
👍93🤩2🔥1
#Oqish_zavqi

Adem Gunesh bilan tarbiya sirlari

💡Farzand tarbiyasibu shunchaki qoidalar majmuasi emas, balki qalb va ruhning o‘zaro muloqotidir. Mashhur pedagog va psixolog Adem Guneshning qarashlari ko‘plab ota-onalar uchun tarbiya borasidagi yangi ufqlarni ochib berdi.

🧲Bugun biz sizlar uchun muallifning eng sara iqtiboslarini jamladik.
Har bir suratda tarbiya jarayonida asqotadigan muhim tavsiya va o‘gitlar mujassam. O‘qing, mulohaza qiling va yaqinlaringiz bilan ulashing!

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
👍3💯32🔥1
Navbatdagi tashrifda RFID chiplarini ishlab chiqaruvchi Xitoyning yirik INVENGO kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan qurilmalar bilan jihozlangan GUANGMIN tuman kutubxonasi faoliyati qisqacha o’rganildi.
Ushbu tuman kutubxonasida foydalanuvchilar uchun qo’shimcha qulayliklar yaratuvchi qurilmalar ko’rib chiqildi.

Jumladan WATERFALL (sharsharani estaluvchi ekran) qurilmasi va unga o’rnatilgan tizim, foydalanuvchilarning xordiq chiqarishini ta’minlovchi audio vositalari bilan jihozlangan o’rindiqlar, bolalar uchun maxsus dizayndagi kitob olish va qaytarish terminallari, telefonda suhbatlashish butkalari, to’lov tizimlari bilan integratsiyalangan o’z-o’ziga xizmat ko’rsatuvchi nusxa ko’chirish qurilmalari, bevosita foydalanuvchilar bilan bevosita muloqot qila oladigan hamda foydalanuvchilar buyurtma qilgan kitoblarni yetkazib beruvchi robot modellari va dasturiy tizimlari batafsil o’rganildi.
📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
5🔥2🤩2