Milliy kutubxona | Rasmiy
9.83K subscribers
13.2K photos
1.95K videos
467 files
6.47K links
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining telegramdagi rasmiy sahifasi

Bizni ijtimoiy tarmoqdagi boshqa sahifalarimizni ham kuzatib boring 👉 https://natlib.taplink.ws

Murojaat uchun: @infonatlib_bot
Download Telegram
O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekistonda zoologiya fani tashkilotchilaridan biri, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan va texnika arbobi, biologiya fanlari doktori, professor Tesha Zohidov tavalludining 120 yilligiga bag‘ishlab "Biologiya fidoiysi"  deb nomlangan ko‘rgazma ochildi.

📝 O‘rta Osiyo universitetini tugatgach uzoq yillar mazkur universitetda, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Zoologiya va parazitologiya institutida, O‘zbekiston Fanlar akademiyasida faoliyat yuritgan T.Zohidovning asosiy izlanishlari umurtqali hayvonlarni o‘rganishga, zoologiya fanini targ‘ibot qilishga bag‘ishlangan. U "Zoologiya entsiklopediyasi" asari uchun Beruniy nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti bilan taqdirlangan.
📚 Ko‘rgazmada yetuk zoolog, biolog olimning O‘zbekistonda shu soha rivojiga qo‘shgan xissasi va uning ilmiy faoliyati bilan tanishtiruvchi adabiyotlar o‘rin olgan.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
👍54🔥4🎉2
O'zbekiston Milliy kutubxonasi Milliy umumta’lim elektron kutubxonasi rahbari Alisher Kattabekov Xitoyning Shenjen provinsiyasiga tashrifning birinchi kunida kutubxonalar uchun zamonaviy texnologiyalar ishlab chiqaruvchi SEAEVER hamda RFID chiplar ishlab chiqaruvchi INVENGO kompaniyalari faoliyati bilan tanishdi
Xitoy Respublikasi Shenjen provinsiyasiga tashrifning birinchi kunida maxsus kutubxonachilik texnikalari va robotlar ishlab chiqaruvchi hamda RFID chiplarini ishlab chiqaruvchi kompaniya vakillari bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.

SEAEVER kompaniyasi kutubxonachilik maxsus texnikalari va kutubxonachi robotlarni ishlab chiqaruvchi yirik kompaniyalardan biri hisoblanadi. U 2007-yildan buyon kutubxonalar uchun zamonaviy texnika va texnologiyalar yetkazib bermoqda va bugungi kunga kelib bu kompaniya Xitoy bozorining qariyb 70 foizini egallagan. Kompaniya o’zida bir nechta kichik kompaniyalarni birlashtirgan bo’lib, kutubxona uchun turli yo’nalishlarda texnologik yechimlar va innovatsiyalarni joriy etib kelmoqda. Jumladan, kompaniya tomonidan kutubxonalarda foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatuvchi qurilmalar, xizmat ko’rsatuvchi robotlarni ham sun’iy intellektga asoslagan tizimlarni yaratgan.
Sun’iy intellekt asosida matnlarni tanib oluvchi robot kutubxonachi kutubxonada mavjud barcha kitoblarni 24 soat davomida invertarizatsiyasini ta’minlamoqda. Kompaniya vakillarining so’zlariga ko’ra ular hozirda dronlar yordamida kutubxona fondlarini invertarizatsiya qiluvchi prototip ustida ishlashayotganligini ma'lum qildi.

Umuman olganda bu kompaniyada kitob fondlarini saqlovchi aqlli javonlar, kitobxonlar oqimini boshqaruvchi monitoring tizimlar, kutubxonachi robotlar, AI infokiosklar va uni boshqaruvchi dasturiy tizimlari, kitoblarni oldindan band qilish stantsiyalari, kitob olish va qaytarish terminallari, invertarizatsiya qiluvchi zamonaviy texnologiyalarni, kitob tashuvchi robotlar ishlab chiqarmoqda.
Kunning ikkinchi yarmida rahbariyat RFID chiplarini ishlab chiqaruvchi INVENGO kompaniyasiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida kompaniya tomonidan ishlab chiqarilayotgan RFID chiplari nafaqat kutubxonalarda, balki temir yo’l sohasida va biznesda ham keng qo’llanilayotganligi aytildi. RFID chiplar kutubxonalar faoliyatini to’liq avtomatlashtirish hamda uni boshqarish imkonini beradi. Ushbu kompaniya 2006-yilda tashkil etilgan bo’lib, bugungi kunga kelib kutubxonalar faoliyati uchun ko’plab texnologik yechimlar berib kelmoqda.

Xususan, invertarizatsiya qurilmalari, elektron ekranlar, AI modullari va elektron kutubxona tizimlarini yaratgan. Ushbu kompaniyalarga amaliy tashrif orqali kutubxonalarda qo’llaniluvchi qurilmalar, ularni texnik qo’llab-quvvatlash va boshqarish borasida tajribalar o’rganildi.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
👍82🔥1
📚 Taqdimotga taklif etamiz

Axmadjon Muxtorovning “Zamondoshlar xotirasida” nomli kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tadi.


🗓 Sana: 2026-yil 13-may
Soat:15:00
📍 Manzil:
Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy kutubxonasi Toshkent shahri, A. Navoiy ko‘chasi 1-uy, 5-qavat majlislar zali

Barchangizni ushbu unutilmas adabiy-ma’rifiy uchrashuvga taklif etamiz!
📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
👍6🔥2
SAEVER kompaniyasining eng so’nggi rusumdagi kutubxona texnologiyalari asosida loyihalashtirilgan Shenjen ommaviy kutubxonasiga sayohat amalga oshirildi
Shenjen ommaviy kutubxonasi shaharning 20 mln.dan ortiq aholisiga xizmat ko’rsatishni ta’minlash maqsadida kutubxona faoliyatini to’liq avtomatlashtiruvchi barcha maxsus texnikalar va tizimlar bilan jihozlangan. Jumladan, kutubxona tashqarisida o’rnatilgan kitobni oldindan band qilish hamda kitobni qaytarish terminali 24/7 vaqt davomida foydalanuvchilarga xizmat qilmoqda. Kutubxonaning kirishi qismida o’rnatilgan katta LED ekran, AI infokiosklar foydalanuvchilar oqimini boshqarish bilan birga kutubxona haqida batafsil axborot berib borilishini ta’minlamoqda.

O’quv xonalarida aqlli kitob javonlari elektron katalogga integratsiya qilingan, shuningdek, robotlar xizmati orqali kitoblar foydalanuvchilarga kutubxona hududining istalgan nuqtasigacha yetkazib berilmoqda. Kutubxona fondini saqlashda qo’llanilgan konstruksiya orqali 22 metr balandlikga ega 2800 metr kvadrat kattalikdagi xonada 3,6 mln kitob fondi joylashtirilgan va telelift hamda saralash qurilmalariga integratsiya orqali ulangan.
Saqlov xonalaridagi kitoblarni robotlar orqali 10 daqiqa ichida foydalanuvchilarga yetkazib berilishi yo’lga qo’yilgan.

Umuman olganda, ushbu kutubxonada har daqiqada bitta robot qaysidir foydalanuvchi uchun kitob qidirayotganini, telelift tizimi orqali soatiga 40-60 tagacha kitob tashilayotganiga va bundan foydalanuvchilar judayam mamnun ekanligini ko’rishingiz mumkin.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
4👍4🔥2
#Kitobxon_oila
 
💡 Adem Gunesh - Bola nimani nega qiladi?
 
Bu shunchaki quruq nazariyalar to‘plami emas, balki har bir ota-ona kundalik hayotda duch keladigan real vaziyatlar tahlilidir.
📔Kitob orqali siz:
  Bolaning ichki dunyosini: Uning tili bilan aytganda, har bir injiqlik ortida qanday "yordam so‘rab baqirish" yashiringanini;
  Xatolarni tuzatishni: Jazo va baqirishlarsiz, bolaning qalbiga qanday yo‘l topishni;
  Hissiy aloqani: Farzandingiz bilan o‘zaro ishonch va do‘stona munosabatni qanday mustahkamlashni o‘rganasiz.
         
Bu kitob siz uchun eng yaqin ko‘makchi bo‘la oladi deb umid qilamiz.
 
📍 Ushbu turkumdagi barcha kitoblarni Milliy kutubxonamiz fondidan topishingiz va mutolaa qilishingiz mumkin.
📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
👍6🔥21