Milliy kutubxona | Rasmiy
9.84K subscribers
13.2K photos
1.95K videos
467 files
6.47K links
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining telegramdagi rasmiy sahifasi

Bizni ijtimoiy tarmoqdagi boshqa sahifalarimizni ham kuzatib boring 👉 https://natlib.taplink.ws

Murojaat uchun: @infonatlib_bot
Download Telegram
2026-yil 8-may  kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Xotira va Qadrlash kuniga bag‘ishlangan “Xotira abadiy  - qadr muqaddas” deb nomlangan kitob-rasmli ko‘rgazma ochildi.

📚 Ko‘rgazmada o‘zbek askarlarining fidokorona jasoratlari, janglarda ko‘rsatgan qahramonliklari, xalqimizning front orti jobozliklari va o‘g‘illarini yo‘qotgan onalarning sabrlari aks ettirilgan asarlar va fotosuratlar o‘rin olgan.


📚 Asarlar o‘zbek xalqining bag‘rikengligi, mehr-muruvvati urush oqibatlaridan aziyat chekkan turli  xalq vakillarini hayotini saqlash bilan bir qatorda, ularga hayotga, kelajakka ishoch bag‘ishlagani haqida hikoya qiladi.

📚 Ko‘rgazmada Ikkinchi jahon urushida halok bo‘lgan va bedarak yo‘qolgan yurtdoshlarimizning familiyasi, ismi, otasining ismi, viloyatlar va tumanlar kesimida alifbo tartibida berilgan “Xotira” kitobi, “Подвиг и память” (Jasorat va xotira) kitoblari alohida o‘rin egallagan.
👍64🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Telefon “YUTGAN” Manqurt…

Ushbu film ota-onalarni sergaklikka chorlaydi. Farzand tarbiyasida e’tiborsizlikka yo‘l qo‘yilsa, ular filmda tasvirlangan xayoliy qahramonning holatiga tushib qolishi mumkinligi haqida ogohlantiradi.

Film 9-may “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasi media studiyasi jamoasi tomonidan tayyorlandi.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
🔥17👍94💯3👏2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM

Chet elga sayohat, pul mukofotlari va kitoblar to‘plamini yutib olishni xohlaysizmi?

📚“Dunyo mamlakatlari” kitobini o‘qib, super sovg‘alar egasiga aylaning! Tanlovda barcha O‘zbekiston fuqarolari qatnashishi mumkin.

G‘oliblar quyidagicha taqdirlanadi:
🥇1-2-o‘rinlarga – 🇹🇷Turkiyaga sayohat;
🥈3-4-o‘rinlarga – 🇪🇬Misrga sayohat;
🥉5-6-o‘rinlarga – 🇻🇳Vetnamga sayohat;
🔸7-o‘ringa – 5 million so‘m pul;
🔸8-o‘ringa – 4 million so‘m pul;
🔸9-o‘ringa – 3 million so‘m pul;
🔸10-15-o‘rinlarga – 1 million so‘mdan;
🔹16-20-o‘rinlarga – 15 tadan kitoblar;
🔹21-50-o‘rinlarga – 10 tadan kitoblar;
🔹51-100-o‘rinlarga – 8 tadan kitoblar;
🎁150 kishiga qo‘shimcha sovg‘alar.

⭐️ Shuningdek, tanlov targ‘ibotida faol bo‘lib, eng ko‘p do‘stlarini taklif qilgan TOP-20 nafar ishtirokchilar ham pul mukofotlari va kitoblar to‘plami bilan taqdirlanadi.
🔖Barcha ishtirokchilariga QR kodli sertifikat beriladi.

Sovg‘alarga ega bo‘lishga tayyormisiz? Unda hoziroq ro‘yxatdan o‘ting va kitob o‘qishni boshlang.
👍1610🔥3
O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekistonda zoologiya fani tashkilotchilaridan biri, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan va texnika arbobi, biologiya fanlari doktori, professor Tesha Zohidov tavalludining 120 yilligiga bag‘ishlab "Biologiya fidoiysi"  deb nomlangan ko‘rgazma ochildi.

📝 O‘rta Osiyo universitetini tugatgach uzoq yillar mazkur universitetda, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Zoologiya va parazitologiya institutida, O‘zbekiston Fanlar akademiyasida faoliyat yuritgan T.Zohidovning asosiy izlanishlari umurtqali hayvonlarni o‘rganishga, zoologiya fanini targ‘ibot qilishga bag‘ishlangan. U "Zoologiya entsiklopediyasi" asari uchun Beruniy nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti bilan taqdirlangan.
📚 Ko‘rgazmada yetuk zoolog, biolog olimning O‘zbekistonda shu soha rivojiga qo‘shgan xissasi va uning ilmiy faoliyati bilan tanishtiruvchi adabiyotlar o‘rin olgan.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
👍54🔥4🎉2
O'zbekiston Milliy kutubxonasi Milliy umumta’lim elektron kutubxonasi rahbari Alisher Kattabekov Xitoyning Shenjen provinsiyasiga tashrifning birinchi kunida kutubxonalar uchun zamonaviy texnologiyalar ishlab chiqaruvchi SEAEVER hamda RFID chiplar ishlab chiqaruvchi INVENGO kompaniyalari faoliyati bilan tanishdi
Xitoy Respublikasi Shenjen provinsiyasiga tashrifning birinchi kunida maxsus kutubxonachilik texnikalari va robotlar ishlab chiqaruvchi hamda RFID chiplarini ishlab chiqaruvchi kompaniya vakillari bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.

SEAEVER kompaniyasi kutubxonachilik maxsus texnikalari va kutubxonachi robotlarni ishlab chiqaruvchi yirik kompaniyalardan biri hisoblanadi. U 2007-yildan buyon kutubxonalar uchun zamonaviy texnika va texnologiyalar yetkazib bermoqda va bugungi kunga kelib bu kompaniya Xitoy bozorining qariyb 70 foizini egallagan. Kompaniya o’zida bir nechta kichik kompaniyalarni birlashtirgan bo’lib, kutubxona uchun turli yo’nalishlarda texnologik yechimlar va innovatsiyalarni joriy etib kelmoqda. Jumladan, kompaniya tomonidan kutubxonalarda foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatuvchi qurilmalar, xizmat ko’rsatuvchi robotlarni ham sun’iy intellektga asoslagan tizimlarni yaratgan.
Sun’iy intellekt asosida matnlarni tanib oluvchi robot kutubxonachi kutubxonada mavjud barcha kitoblarni 24 soat davomida invertarizatsiyasini ta’minlamoqda. Kompaniya vakillarining so’zlariga ko’ra ular hozirda dronlar yordamida kutubxona fondlarini invertarizatsiya qiluvchi prototip ustida ishlashayotganligini ma'lum qildi.

Umuman olganda bu kompaniyada kitob fondlarini saqlovchi aqlli javonlar, kitobxonlar oqimini boshqaruvchi monitoring tizimlar, kutubxonachi robotlar, AI infokiosklar va uni boshqaruvchi dasturiy tizimlari, kitoblarni oldindan band qilish stantsiyalari, kitob olish va qaytarish terminallari, invertarizatsiya qiluvchi zamonaviy texnologiyalarni, kitob tashuvchi robotlar ishlab chiqarmoqda.
Kunning ikkinchi yarmida rahbariyat RFID chiplarini ishlab chiqaruvchi INVENGO kompaniyasiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida kompaniya tomonidan ishlab chiqarilayotgan RFID chiplari nafaqat kutubxonalarda, balki temir yo’l sohasida va biznesda ham keng qo’llanilayotganligi aytildi. RFID chiplar kutubxonalar faoliyatini to’liq avtomatlashtirish hamda uni boshqarish imkonini beradi. Ushbu kompaniya 2006-yilda tashkil etilgan bo’lib, bugungi kunga kelib kutubxonalar faoliyati uchun ko’plab texnologik yechimlar berib kelmoqda.

Xususan, invertarizatsiya qurilmalari, elektron ekranlar, AI modullari va elektron kutubxona tizimlarini yaratgan. Ushbu kompaniyalarga amaliy tashrif orqali kutubxonalarda qo’llaniluvchi qurilmalar, ularni texnik qo’llab-quvvatlash va boshqarish borasida tajribalar o’rganildi.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
👍82
📚 Taqdimotga taklif etamiz

Axmadjon Muxtorovning “Zamondoshlar xotirasida” nomli kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tadi.


🗓 Sana: 2026-yil 13-may
Soat:15:00
📍 Manzil:
Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy kutubxonasi Toshkent shahri, A. Navoiy ko‘chasi 1-uy, 5-qavat majlislar zali

Barchangizni ushbu unutilmas adabiy-ma’rifiy uchrashuvga taklif etamiz!
📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
👍6