Renessans ta’lim Universitetining axborot-resurs markazi xodimlari uchun O‘zbekiston Milliy kutubxonasi Xalqaro aloqalarni tashkil etish xizmati bosh mutaxassisi Husniya Boysunova hamda Elektron buyurtmalarni masofadan yetkazib berish xizmati rahbari Behbudshoh Anvarov tomonidan xorijiy ilmiy-ta’limiy bazalar haqida seminar-trening o‘tkazildi.
Shuningdek, mazkur bazalardan foydalanish, platforma bilan ishlashning samarali usullari, to‘liq matnli resurslarni yuklash, ilmiy ma’lumotlar qidirish, ta’lim va ilmiy-tadqiqot faoliyati uchun platforma imkoniyatlari bilan tanishtirish kabi mavzularda batafsil ma’lumot berildi.
📌Seminarda O‘zbekiston Milliy kutubxonasining EBSCO Information services, ProQuest Dissertations & Theses, PressReader, EastView, CNKI, Wiley, Emerald Publishing hamda EIFL xalqaro konsorsiumining elektron bazalari haqida ma’lumot berildi.
Shuningdek, mazkur bazalardan foydalanish, platforma bilan ishlashning samarali usullari, to‘liq matnli resurslarni yuklash, ilmiy ma’lumotlar qidirish, ta’lim va ilmiy-tadqiqot faoliyati uchun platforma imkoniyatlari bilan tanishtirish kabi mavzularda batafsil ma’lumot berildi.
📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l Instagram l YouTube l Facebook l Twitter l Website
👍8🔥2❤1👏1
✅ 2026-yil 7-may kuni O‘zbekiston Millliy kutubxonasida hind yozuvchisi, shoir, Nobel mukofoti sovrindori Rabindranat Tagor tavalludining 165 yilligiga bag‘ishlangan “Bu ko‘klam qo‘shig‘i egasi menman” deb nomlangan kitob-rasmli ko‘rgazma ko‘rgazmasi ochildi.
📚 Vatanparvarlik va insonparvarlik g‘oyalari ostida tarbiyalangan Tagor sakkizta roman, ko‘plab lirik asarlar, esse, siyosiy va ijtimoiy mavzudagi romanlar yozgan. Bundan tashqari u 2230ta qo‘shiq va 2500ga yaqin suratlar yaratgan. Uning asarlari dunyoning ko‘plab tillariga tarjima qilingan.
📚 Hind yozuvchisi, shoir, bastakor, rassom va jamoat arbobi Rabindranat Tagor o‘z ijodida milliy ozodlik harakatiga e'tibor qaratadi. Tagor ijodi, hozirgi bengal adabiy tilining shakllanishida, she'riyatning yangi shakl va mazmun bilan boyishida hal qiluvchi rol o‘ynagan. U o‘z she'rlariga musiqa bastalab, ommaviy qo‘shiqlar yaratgan. U hind-evropaliklar orasida birinchi bo‘lib Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan
📚 Vatanparvarlik va insonparvarlik g‘oyalari ostida tarbiyalangan Tagor sakkizta roman, ko‘plab lirik asarlar, esse, siyosiy va ijtimoiy mavzudagi romanlar yozgan. Bundan tashqari u 2230ta qo‘shiq va 2500ga yaqin suratlar yaratgan. Uning asarlari dunyoning ko‘plab tillariga tarjima qilingan.
🔥6👍2
✅ 2026-yil 7-may kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “O‘zarxiv” agentligi tomonidan tayyorlangan “O‘zbekiston- Najot yurti” tarixiy-hujjatli to‘plam taqdimoti o‘tkazildi.
📚 Tadbirda so‘zga chiqqanlar, to‘plamning yaratilishi, uning mohiyati va tarixiy voqealar haqida gapirdilar. Shuningdek, mehmonlar e'tiboriga to‘plamdan o‘rin olgan rasmlar ko‘rgazmasi havola etildi.
📝 O‘zbek, rus va ingliz tillarida nashr eitlgan mazkur to‘plam tarixchi, arxivchi, o‘qituvchi, talabalar, o‘quvchilar hamda yurtimiz tarixiga qiziquvchi barcha kitobxonlarga mo‘ljallangan.
BATAFSIL
📚 Tadbirda so‘zga chiqqanlar, to‘plamning yaratilishi, uning mohiyati va tarixiy voqealar haqida gapirdilar. Shuningdek, mehmonlar e'tiboriga to‘plamdan o‘rin olgan rasmlar ko‘rgazmasi havola etildi.
📝 O‘zbek, rus va ingliz tillarida nashr eitlgan mazkur to‘plam tarixchi, arxivchi, o‘qituvchi, talabalar, o‘quvchilar hamda yurtimiz tarixiga qiziquvchi barcha kitobxonlarga mo‘ljallangan.
BATAFSIL
📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l Instagram l YouTube l Facebook l Twitter l Website
🔥4👍3
E'LON!
O'zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 208-moddasiga binoan "9 may-Xotira va qadrlash
kuni". Ishlanmaydigan bayram kuni.
Bayram kuni munosabat bilan esa Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy kutubxonasida
2026-yil 8-may kuni 1 soatga qisqartirilgan ish vaqti belgilanadi.

👍4❤2👏1👌1
📚O‘zbekiston Milliy kutubxonasi Milliy bibliografiya ma’lumotlari bazasini shakllantirish xizmati UzNEL (milliy elektron kutubxona) bazasining Maqolalar bo‘limini O‘zbekiston to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan muntazam ravishda to‘ldirib bormoqda.
Unga quyidagi materiallar kiritib borilmoqda Respublika davriy nashrlari asosida Respublikada chop etiladigan gazeta, jurnallardagi ilmiy ahamiyatga ega bo‘lgan muhim va dolzarb mavzudagi tahliliy, tanqidiy, badiiy, texnikaviy, tibbiy, ijtimoiy-falsafiy, siyosiy-huquqiy materiallar.
Foydalanuvchilar UzNEL bazasining Maqolalar bo‘limida jamlangan ma’lumotlarni Milliy kutubxona portali orqali topishlari mumkin.
📦Baza Milliy kutubxonaga kelib tushgan respublika va xorijiy davriy nashrlari asosida O‘zbekistonga oid matearillar asosida to‘ldirib boriladi.
Unga quyidagi materiallar kiritib borilmoqda Respublika davriy nashrlari asosida Respublikada chop etiladigan gazeta, jurnallardagi ilmiy ahamiyatga ega bo‘lgan muhim va dolzarb mavzudagi tahliliy, tanqidiy, badiiy, texnikaviy, tibbiy, ijtimoiy-falsafiy, siyosiy-huquqiy materiallar.
Xorijiy jurnallarda:O‘zbekistonlik mualliflarning ilmiy, ilmiy-ommabop va tahliliy maqolalari, shuningdek, mamlakatimiz hayotining siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy jabhalarini har tomonlama yorituvchi materiallar.
Foydalanuvchilar UzNEL bazasining Maqolalar bo‘limida jamlangan ma’lumotlarni Milliy kutubxona portali orqali topishlari mumkin.
👍4❤2🔥1👏1🤩1
9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida uzoq yillar samarali faoliyat olib borgan faxriy xodimlar holidan xabar olindi.
Xususan, Xorijiy adabiyotlar bo‘limida faoliyat yuritgan Hamidova Malika, Adabiyotlarni saqlash bo‘limida ishlagan Shomansurova Mastura hamda Mo‘minova Sayyoralar bilan samimiy uchrashuv tashkil etildi.
Bunday uchrashuvlar yillar davomida sharaf bilan xizmat qilgan insonlarni qadrlash, ularga hurmat va e’tibor ko‘rsatishning amaliy ifodasidir.
Kutubxona direktori Umida Teshabayeva, O‘quv zallari xizmati rahbari Odina Karimova hamda Fondlarni saqlash xizmati rahbari Matluba Mirxojayevalar boshchiligida mehnat faxriylari yo‘qlandi, ularga ehtirom ko‘rsatildi.
Xususan, Xorijiy adabiyotlar bo‘limida faoliyat yuritgan Hamidova Malika, Adabiyotlarni saqlash bo‘limida ishlagan Shomansurova Mastura hamda Mo‘minova Sayyoralar bilan samimiy uchrashuv tashkil etildi.
Suhbat davomida faxriylarning kutubxona tizimidagi ko‘p yillik mehnati, soha rivojiga qo‘shgan hissasi va bugungi avlod uchun o‘rnak bo‘ladigan fidoyiligi alohida ta’kidlandi.
Bunday uchrashuvlar yillar davomida sharaf bilan xizmat qilgan insonlarni qadrlash, ularga hurmat va e’tibor ko‘rsatishning amaliy ifodasidir.
📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling
Telegram l Instagram YouTube l Facebook l Twitter l Website
👍4❤3🔥3🤩1