Renessans ta’lim Universitetining axborot-resurs markazi xodimlari uchun O‘zbekiston Milliy kutubxonasi Xalqaro aloqalarni tashkil etish xizmati bosh mutaxassisi Husniya Boysunova hamda Elektron buyurtmalarni masofadan yetkazib berish xizmati rahbari Behbudshoh Anvarov tomonidan xorijiy ilmiy-ta’limiy bazalar haqida seminar-trening o‘tkazildi.
Shuningdek, mazkur bazalardan foydalanish, platforma bilan ishlashning samarali usullari, to‘liq matnli resurslarni yuklash, ilmiy ma’lumotlar qidirish, ta’lim va ilmiy-tadqiqot faoliyati uchun platforma imkoniyatlari bilan tanishtirish kabi mavzularda batafsil ma’lumot berildi.
📌Seminarda O‘zbekiston Milliy kutubxonasining EBSCO Information services, ProQuest Dissertations & Theses, PressReader, EastView, CNKI, Wiley, Emerald Publishing hamda EIFL xalqaro konsorsiumining elektron bazalari haqida ma’lumot berildi.
Shuningdek, mazkur bazalardan foydalanish, platforma bilan ishlashning samarali usullari, to‘liq matnli resurslarni yuklash, ilmiy ma’lumotlar qidirish, ta’lim va ilmiy-tadqiqot faoliyati uchun platforma imkoniyatlari bilan tanishtirish kabi mavzularda batafsil ma’lumot berildi.
📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l Instagram l YouTube l Facebook l Twitter l Website
👍8🔥2❤1👏1
✅ 2026-yil 7-may kuni O‘zbekiston Millliy kutubxonasida hind yozuvchisi, shoir, Nobel mukofoti sovrindori Rabindranat Tagor tavalludining 165 yilligiga bag‘ishlangan “Bu ko‘klam qo‘shig‘i egasi menman” deb nomlangan kitob-rasmli ko‘rgazma ko‘rgazmasi ochildi.
📚 Vatanparvarlik va insonparvarlik g‘oyalari ostida tarbiyalangan Tagor sakkizta roman, ko‘plab lirik asarlar, esse, siyosiy va ijtimoiy mavzudagi romanlar yozgan. Bundan tashqari u 2230ta qo‘shiq va 2500ga yaqin suratlar yaratgan. Uning asarlari dunyoning ko‘plab tillariga tarjima qilingan.
📚 Hind yozuvchisi, shoir, bastakor, rassom va jamoat arbobi Rabindranat Tagor o‘z ijodida milliy ozodlik harakatiga e'tibor qaratadi. Tagor ijodi, hozirgi bengal adabiy tilining shakllanishida, she'riyatning yangi shakl va mazmun bilan boyishida hal qiluvchi rol o‘ynagan. U o‘z she'rlariga musiqa bastalab, ommaviy qo‘shiqlar yaratgan. U hind-evropaliklar orasida birinchi bo‘lib Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan
📚 Vatanparvarlik va insonparvarlik g‘oyalari ostida tarbiyalangan Tagor sakkizta roman, ko‘plab lirik asarlar, esse, siyosiy va ijtimoiy mavzudagi romanlar yozgan. Bundan tashqari u 2230ta qo‘shiq va 2500ga yaqin suratlar yaratgan. Uning asarlari dunyoning ko‘plab tillariga tarjima qilingan.
🔥6👍3
✅ 2026-yil 7-may kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “O‘zarxiv” agentligi tomonidan tayyorlangan “O‘zbekiston- Najot yurti” tarixiy-hujjatli to‘plam taqdimoti o‘tkazildi.
📚 Tadbirda so‘zga chiqqanlar, to‘plamning yaratilishi, uning mohiyati va tarixiy voqealar haqida gapirdilar. Shuningdek, mehmonlar e'tiboriga to‘plamdan o‘rin olgan rasmlar ko‘rgazmasi havola etildi.
📝 O‘zbek, rus va ingliz tillarida nashr eitlgan mazkur to‘plam tarixchi, arxivchi, o‘qituvchi, talabalar, o‘quvchilar hamda yurtimiz tarixiga qiziquvchi barcha kitobxonlarga mo‘ljallangan.
BATAFSIL

👍5🔥4