Milliy kutubxona | Rasmiy
9.92K subscribers
13.1K photos
1.94K videos
467 files
6.46K links
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining telegramdagi rasmiy sahifasi

Bizni ijtimoiy tarmoqdagi boshqa sahifalarimizni ham kuzatib boring 👉 https://natlib.taplink.ws

Murojaat uchun: @infonatlib_bot
Download Telegram
2026-yil 6-may kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida taniqli o‘zbek yozuvchisi Isajon Sulton qalamiga mansub “Botir Tangriqut” nomli tarixiy-badiiy asari taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

📌 Tarixiy mavzudagi mazkur roman asar tarixiy shaxs, turkiy xalqlar tarixidagi muhim siymolardan biri — Botir Tangriqut (taxminan, qadimgi turk xoqonlari yoki sarkardalaridan biri) hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan.
📚 Isajon Sulton o‘zining tarixiy mavzudagi, badiiy tili boy va psixologik tahlillarga boy asarlari bilan tanilgan (masalan, "Abu Rayhon Beruniy", "Boqiy darbadar" romanlari).
📝 "Botir Tangriqut" romani bugungi dunyo taloto‘plariga javoban yozilgan, desak xato bo‘lmaydi. Chunki bir xoqon xarakterida o‘z yeri, hududi, xalqi, kelajagi, qadriyatlari uchun kurash, jang san'ati va strategiyasini mukammal bilish mujassam va bu orqali bugunning har bir vatanparvar insonini ogohlikka chaqiradi.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
🔥52👍2
📚 “Burch, jasorat, matonat!” 📚

Taniqli shoir, “Do‘stlik” ordeni sohibi Zikrilla Ne’mat Vafoiyning “Yovqur o‘g‘lonlar yodi” nomli kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tadi.


🗓 Sana: 2026-yil 8-may
Vaqt: soat 15:00
📍 Manzil:
Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy kutubxonasi Toshkent shahri, A. Navoiy ko‘chasi 1-uy, 5-qavat majlislar zali

Barchangizni ushbu unutilmas adabiy-ma’rifiy uchrashuvga taklif etamiz!
📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
👏72
Renessans ta’lim Universitetining axborot-resurs markazi xodimlari uchun O‘zbekiston Milliy kutubxonasi Xalqaro aloqalarni tashkil etish xizmati bosh mutaxassisi Husniya Boysunova hamda Elektron buyurtmalarni masofadan yetkazib berish xizmati rahbari Behbudshoh Anvarov tomonidan xorijiy ilmiy-ta’limiy bazalar haqida seminar-trening o‘tkazildi.
📌Seminarda O‘zbekiston Milliy kutubxonasining EBSCO Information services, ProQuest Dissertations & Theses, PressReader, EastView, CNKI, Wiley, Emerald Publishing hamda EIFL xalqaro konsorsiumining elektron bazalari haqida ma’lumot berildi.

Shuningdek, mazkur bazalardan foydalanish, platforma bilan ishlashning samarali usullari, to‘liq matnli resurslarni yuklash, ilmiy ma’lumotlar qidirish, ta’lim va ilmiy-tadqiqot faoliyati uchun platforma imkoniyatlari bilan tanishtirish kabi mavzularda batafsil ma’lumot berildi.
📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
👍8🔥21👏1
2026-yil 7-may kuni O‘zbekiston Millliy kutubxonasida hind yozuvchisi, shoir, Nobel mukofoti sovrindori Rabindranat Tagor tavalludining 165 yilligiga bag‘ishlangan “Bu ko‘klam qo‘shig‘i egasi menman” deb nomlangan kitob-rasmli ko‘rgazma ko‘rgazmasi ochildi.
📚 Hind yozuvchisi, shoir, bastakor, rassom va jamoat arbobi Rabindranat Tagor o‘z ijodida milliy ozodlik harakatiga e'tibor qaratadi. Tagor ijodi, hozirgi bengal adabiy tilining shakllanishida, she'riyatning yangi shakl va mazmun bilan boyishida hal qiluvchi rol o‘ynagan. U o‘z she'rlariga musiqa bastalab, ommaviy qo‘shiqlar yaratgan. U hind-evropaliklar orasida birinchi bo‘lib Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan

📚 Vatanparvarlik va insonparvarlik g‘oyalari ostida tarbiyalangan Tagor sakkizta roman, ko‘plab lirik asarlar, esse, siyosiy va ijtimoiy mavzudagi romanlar yozgan. Bundan tashqari u 2230ta qo‘shiq va 2500ga yaqin suratlar yaratgan. Uning asarlari dunyoning ko‘plab tillariga tarjima qilingan.
🔥6👍2
2026-yil 7-may kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “O‘zarxiv” agentligi tomonidan tayyorlangan “O‘zbekiston- Najot yurti” tarixiy-hujjatli to‘plam taqdimoti o‘tkazildi.

📚 Tadbirda so‘zga chiqqanlar, to‘plamning yaratilishi, uning mohiyati va tarixiy voqealar haqida gapirdilar. Shuningdek, mehmonlar e'tiboriga to‘plamdan o‘rin olgan rasmlar ko‘rgazmasi havola etildi.

📝 O‘zbek,  rus va ingliz tillarida nashr eitlgan mazkur to‘plam tarixchi, arxivchi, o‘qituvchi, talabalar, o‘quvchilar hamda yurtimiz tarixiga qiziquvchi barcha kitobxonlarga mo‘ljallangan.

BATAFSIL

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
🔥4👍3