Milliy kutubxona | Rasmiy
9.93K subscribers
13.1K photos
1.94K videos
467 files
6.45K links
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining telegramdagi rasmiy sahifasi

Bizni ijtimoiy tarmoqdagi boshqa sahifalarimizni ham kuzatib boring 👉 https://natlib.taplink.ws

Murojaat uchun: @infonatlib_bot
Download Telegram
📚 “Ma’rifatli ayol – kitobxon ona”

Qo‘qon shahar axborot-kutubxona markazida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbir ayollarning jamiyatdagi o‘rni, ularning ma’naviy-intellektual salohiyatini oshirish hamda yoshlarni kitobxonlik ruhida tarbiyalashga qaratildi.


Tadbirda Milliy kutubxona vakili, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, Ma’naviy-ma’rifiy ishlar targ‘ibotchisi, shoira Gulchehra Shahobiddin, hamda falsafa fanlari doktori, professor Jamila Shermuhamedova so‘zga chiqib, o‘z fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdilar.

Faol kitobxon ayollar va namunali onalar e’tirof etilib, madaniy dastur ham tashkil etildi.
📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
👍125🔥1👏1💯1
2026-yil 6-may kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida taniqli o‘zbek yozuvchisi Isajon Sulton qalamiga mansub “Botir Tangriqut” nomli tarixiy-badiiy asari taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

📌 Tarixiy mavzudagi mazkur roman asar tarixiy shaxs, turkiy xalqlar tarixidagi muhim siymolardan biri — Botir Tangriqut (taxminan, qadimgi turk xoqonlari yoki sarkardalaridan biri) hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan.
📚 Isajon Sulton o‘zining tarixiy mavzudagi, badiiy tili boy va psixologik tahlillarga boy asarlari bilan tanilgan (masalan, "Abu Rayhon Beruniy", "Boqiy darbadar" romanlari).
📝 "Botir Tangriqut" romani bugungi dunyo taloto‘plariga javoban yozilgan, desak xato bo‘lmaydi. Chunki bir xoqon xarakterida o‘z yeri, hududi, xalqi, kelajagi, qadriyatlari uchun kurash, jang san'ati va strategiyasini mukammal bilish mujassam va bu orqali bugunning har bir vatanparvar insonini ogohlikka chaqiradi.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
🔥52👍2
📚 “Burch, jasorat, matonat!” 📚

Taniqli shoir, “Do‘stlik” ordeni sohibi Zikrilla Ne’mat Vafoiyning “Yovqur o‘g‘lonlar yodi” nomli kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tadi.


🗓 Sana: 2026-yil 8-may
Vaqt: soat 15:00
📍 Manzil:
Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy kutubxonasi Toshkent shahri, A. Navoiy ko‘chasi 1-uy, 5-qavat majlislar zali

Barchangizni ushbu unutilmas adabiy-ma’rifiy uchrashuvga taklif etamiz!
📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
👏62
Renessans ta’lim Universitetining axborot-resurs markazi xodimlari uchun O‘zbekiston Milliy kutubxonasi Xalqaro aloqalarni tashkil etish xizmati bosh mutaxassisi Husniya Boysunova hamda Elektron buyurtmalarni masofadan yetkazib berish xizmati rahbari Behbudshoh Anvarov tomonidan xorijiy ilmiy-ta’limiy bazalar haqida seminar-trening o‘tkazildi.
📌Seminarda O‘zbekiston Milliy kutubxonasining EBSCO Information services, ProQuest Dissertations & Theses, PressReader, EastView, CNKI, Wiley, Emerald Publishing hamda EIFL xalqaro konsorsiumining elektron bazalari haqida ma’lumot berildi.

Shuningdek, mazkur bazalardan foydalanish, platforma bilan ishlashning samarali usullari, to‘liq matnli resurslarni yuklash, ilmiy ma’lumotlar qidirish, ta’lim va ilmiy-tadqiqot faoliyati uchun platforma imkoniyatlari bilan tanishtirish kabi mavzularda batafsil ma’lumot berildi.
📱
Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram
l
Instagram
YouTube
Facebook
l
Twitter
l
Website
👍8🔥21👏1