Milliy kutubxona | Rasmiy
9.93K subscribers
13.1K photos
1.94K videos
467 files
6.45K links
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining telegramdagi rasmiy sahifasi

Bizni ijtimoiy tarmoqdagi boshqa sahifalarimizni ham kuzatib boring 👉 https://natlib.taplink.ws

Murojaat uchun: @infonatlib_bot
Download Telegram
📚 2026-yil 5-may kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi bilan hamkorlikda shoir Nasrullo Ergashning “Erk turkulari” kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
“Qanot” loyihasi doirasida “Ijod nashr” nashriyoti tomonidan chop etilgan ushbu kitob taqdimotida shoir va yozuvchilar, adabiyotshunos olimlar, talaba-yoshlar hamda adabiyot ixlosmandlari ishtirok etdilar.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar asarda aks etgan millat va Vatan erkinligi, mangu ozodlik g‘oyalari hamda shoirning o‘ziga xos ijodiy ovozi haqida fikr bildirdilar.

Taqdimot adabiy muhitda muhim voqea sifatida e’tirof etildi.
📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
👍93🔥3👏2
🌐 Oxford University Press

📚 2026-yilda foydalanuvchilar Oxford University Press elektron bazasidan foydalanish imkoniga ega. Nashriyot University of Oxford tarkibiga kiradi va 1478-yildan beri ilm-fanga xizmat qiladi.

📊 375 ta ilmiy jurnal taqdim etiladi, ularning aksariyati Web of Science bazasida indekslangan va Journal Citation Reports orqali tasdiqlangan.

📚 Yo‘nalishlar: tibbiyot, hayot fanlari, gumanitar va ijtimoiy fanlar, texnika hamda huquq.

🔗 https://academic.oup.com

💡 Ishonchli ilmiy manbalarga kirish uchun muhim imkoniyat!
📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
👏5👍2🔥21
2026-yil 5-may kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida taniqli olim, professor, filologiya fanlari doktori, Beruniy nomidagi Davlat mukofoti laureati Hamid Sulaymonov tavalludining 115 yilligi munosabati bilan tadbir o‘tkazildi.

Unda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Galina Dolgaya tomonidan yozilgan “Vsyo, chto sud’boy predresheno” kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.


Mazkur asar o‘z umrini Alisher Navoiy merosini o‘rganish va targ‘ib qilishga bag‘ishlagan Hamid Sulaymonovning hayoti va ilmiy faoliyatiga bag‘ishlangan. Kitobda uning shaxsiyati, hayot yo‘li, ilmiy shakllanishi, shuningdek, Navoiy ijodini tadqiq etishdagi beqiyos hissasi yoritilgan.
📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
👍143🔥3👏1