Milliy kutubxona | Rasmiy
9.8K subscribers
12.9K photos
1.92K videos
467 files
6.39K links
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining telegramdagi rasmiy sahifasi

Bizni ijtimoiy tarmoqdagi boshqa sahifalarimizni ham kuzatib boring 👉 https://natlib.taplink.ws

Murojaat uchun: @infonatlib_bot
Download Telegram
2026-yil 14-aprel kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida VI Respublika kitobxonlik haftaligi doirasida shoir Faxriddin Hayitning “Cho‘g‘” kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

📌 Tadbirda adabiyot ahli va she’riyat ixlosmandlari ishtirok etdi.

🎤 So‘zga chiqqanlar shoir ijodining samimiyligi, o‘ziga xos uslubi va hayotiyligi haqida fikr bildirdilar.

📕 To‘plamda Vatan, istiqlol va insoniy tuyg‘ular aks etgan she’rlar jamlangan. BATAFSIL
📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
🔥6👍3😍2
2026-yil 14-aprel kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida VI Respublika “Kitobxonlik haftaligi” doirasida Mahbuba Bahodir qizining “Quyosh botib borar…” kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

🎤 Tadbirda Kitobxonlik haftaligining ahamiyati va mutolaaning o‘rni ta’kidlandi.

📕 Kitobda ayollar matonati, hayot sinovlari hamda yoshlik xotiralarini aks ettiruvchi hikoyalar jamlangan.

BATAFSIL

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
👍154🔥2
#Kitobsevar_millat

Hurmatli kitobxonlar!

Sizlarni 2026-yil 15-aprel kuni soat 11:00 da O‘zbekiston Milliy kutubxonasida "Kitobsevar millat" shiori ostida o‘tkazilayotgan VI Respublika kitobxonlik haftaligi doirasida Mirzo Ulug‘bek tumani 35-umumta’lim maktabining o‘quvchilari ishtirokida “Ona tabiatni asraylik!” mavzusida bo‘lib o‘tadigan mahorat darsiga taklif etamiz.


📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
🔥82👏1
#Kitobsevar_millat

Hurmatli kitobxonlar!

Sizlarni 2026-yil 15-aprel kuni soat 15:00 da O‘zbekiston Milliy kutubxonasida "Kitobsevar millat" shiori ostida o‘tkazilayotgan VI Respublika kitobxonlik haftaligi doirasida bo‘lib o‘tadigan siyosiy fanlar doktori Qodir Jo‘rayevning “Esimni tanigan kun” kitobi taqdimotiga taklif qilamiz.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
🔥4👍31
#Kitobsevar_millat

Hurmatli kitobxonlar!

Sizlarni 2026-yil 17-aprel kuni soat 11:00 da O‘zbekiston Milliy kutubxonasida "Kitobsevar millat" shiori ostida o‘tkazilayotgan VI Respublika kitobxonlik haftaligi doirasida dietolog, nutritsiolog Osiyo Ismailova bilan bo‘lib o‘tadigan “Sog‘lom hayot sari” mavzusidagi davra suhbatiga taklif qilamiz.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
🔥104👍1
📚 Qashqadaryo viloyatida xizmat safari boshlandi

Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi direktori Umida Teshabayeva, direktor o‘rinbosari Alimardon Raxmonov hamda bir qator xizmat rahbarlari ishtirokida Qashqadaryo viloyatiga xizmat safari amalga oshirildi.

Safar davomida Yakkabog‘ tuman axborot-kutubxona markazi, Qamashi tuman axborot-kutubxona markazi hamda ko‘zi ojizlar uchun ixtisoslashtirilgan kutubxonada o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida quyidagi yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratildi:
Axborot-kutubxona fondlariga ishlov berish tartibi va holati, foydalanuvchilar qatnovi va ularga xizmat ko‘rsatish sifati, foydalanuvchilarni ro‘yxatga olish hamda abonement xizmati faoliyati
fondlarni inventarizatsiyadan o‘tkazish jarayoni, axborot-kutubxona markazlari faoliyatining tahliliy darajasi va uning tartibga solinganligi, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari xizmatining bugungi holati, Kompyuter texnikalari bilan ta’minlanganlik va ularga xizmat ko‘rsatish sifati

O‘rganish natijasida mavjud yutuqlar bilan bir qatorda ayrim kamchiliklar ham aniqlandi hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

📈 Axborot-kutubxona markazlari faoliyatini yanada rivojlantirish, xizmatlar sifatini oshirish hamda zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy etish masalalari ustuvor vazifa sifatida belgilandi.
👍145🔥2👏1😍1